3-Ma’ruza Mavzu Xeksher-Olin modeli, maxsus ishlab
Download 126.23 Kb.
|
3--Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xalqaro savdoda savdo sharti tushunchasi. Mamlakatning iqtisodiy o’sish yo’llari va ularning xususiyatlari
2.3.2.-a rasm 2.3.2.-b rasm.
Shundan keyin talab tahlil qilinadi. Ma’lumki, muvozanatlashgan iqtisodiyotda tovarlar iste’moli ishlab chiqarish hajmiga mos kelishi kerak, ya’ni ular grafik orqali ifodalanganda o’zaro kesishishi kerak. Agar D1 va D2 1- va 2-tovarlar iste’moli bo’lsa, quyidagi tenglik o’rinli bo’ladi: P1xD1+P2D2 = P1xQ1+P2Q2 = V O’zaro savdoda muvozanat narxiga erishilgandan so’ng ixtisoslashni davom ettirish o’zining iqtisodiy mohiyatini yo’qotadi, chunki o’rnini qoplash xarajatlarining ortib borishi tufayli bundan keyingi ixtisoslashuv orqali ishlab chiqarilgan tovarlar ularni xorijdan sotib olishga nisbatan qimmatroqqa tushadi. 3.1.2-a va 3.1.2-b rasmlardan ko’rinib turibdiki, muvozanat narxga RV=RV*=1 nuqtada erishilgan, ya’ni ishlab chiqarish nuqtasi to’liq ixtisoslashuv tomon harakatlangan bo’lsa-da har ikki mamlakat uchun mos ravishda gorizontal va vertikal o’qlarga yetib bormagan. 3. Xeksher-Olin teoremasi. Leontyev statistikasi va uning mazmuni. Leontyev paradoksining asosiy xususiyatlari. Xalqaro savdoda savdo sharti tushunchasi. Mamlakatning iqtisodiy o’sish yo’llari va ularning xususiyatlari Nisbiy narxlarning o’zgarishiga asoslangan o’zaro bog’liqlik savdo shartlari tushunchasi orqali ifodalanadi. @ Savdo shartlari (terms of trade) — ma’lum bir tovarning eksport va import narxlarining, mamlakat bo’yicha yoki mamlakatlar guruhi bo’yicha eksport va import narxlari indekslarining nisbatidir. Agar bizni ma’lum bir tovar qiziqtirsa, narxlar nisbati faqat shu tovarning eksport va import narxlari nisbati orqali ifodalanishi mumkin, barcha tovarlar bo’yicha tashqi savdo o’rganilayotgan bo’lsa, u holda narxlar nisbati barcha tovarlar bo’yicha ifodalanadi. Agar Rx — eksport narxlari indeksi, Rim — import narxlari indeksi, Qx — eksportning miqdoriy hajmi, Qim — importning miqdoriy hajmi, RS — eksport qilinayotgan tovarlar nisbiy taklifi va RD — import qilinayotgan tovarlarga nisbiy talab bo’lsa, savdo shartlari grafikda quyidagicha aks ettiriladi. (2.3.3-rasm). Eksport qilinayotgan tovarlar nisbiy taklifi egri chizig’ining joylashuvi eksport tovarlari jami nisbiy narxi oshganda eksportning nisbiy miqdoriy hajmi importning nisbiy miqdoriy hajmiga nisbatan ortib ketishidan dalolat beradi. Download 126.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling