3-Ma’ruza Mavzu Xeksher-Olin modeli, maxsus ishlab


Download 126.23 Kb.
bet2/8
Sana19.06.2023
Hajmi126.23 Kb.
#1609359
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3--Mavzu

Leontyev paradoksi (Leontief paradox) — bu Xeksher-Olinning ishlab chiqarish omillari nisbati nazariyasining amalda bajarilmasligi – mehnat serob mamlakatlarning kapital sig’imli, kapital serob mamlakatlarning mehnat sig’imli tovarlarni eksport qilishidir.

O’sha paytda yetakchi bo’lgan yondashuvning inkor etilishi uning tushuntirilishini talab qilardi. Munozaralar Xeksher-Olin nazariyasi to’g’ri, Leontyev tomonidan olingan natijalar noto’g’ri ekanligini isbotlashga harakatlar doirasida bo’ldi. Leontyev paradoksiga qarshi keltirilgan ba’zi dalillar quyidagilar:


Ishchi kuchini malakali va malakasiz ishchi kuchi guruhlariga ajratish kerak hamda eksport tovarlarga sarflangan xarajatlarni har ikki guruh uchun alohida hisoblash kerak.
AQSh qazib olinishida katta miqdorda kapital xarajatlarini talab qiluvchi xomashyoni katta hajmda import qiladi. Shuning uchun AQShning eksport tovarlari katta hajmdagi kapital sig’imli xomashyoni talab qiladi, bu esa eksportni kapital sig’imliga aylantiradi.
Leontyev testi AQShda mavjud bo’lgan import tariflarini inobatga olmagan, bu tariflar AQSh sanoatining mehnat sig’imli tarmoqlarini xorijiy raqobatdan himoyalash uchun joriy qilingan, natijada mehnat sig’imli tovarlar importiga to’siq qo’yilgan.
Amerikaliklarning did va xohishlari an’anaviy ravishda kapital sig’imli texnologik mahsulotlarga qaratilgan bo’lib, AQSh kapital bilan yaxshi ta’minlangan bo’lishiga qaramasdan bu tovarlarni ular xorijdan sotib olishadi.
Ishlab chiqarish omillari reversi: bir tovar mehnat serob mamlakatda mehnat sig’imli, kapital serob mamlakatda kapital sig’imli bo’lishi mumkin. Masalan, kapital serob sanalgan AQShda yetishtirilgan gurunch yuqori texnologiya vositasida ishlab chiqarilgani bois kapital sig’imli hisoblansa, Vyetnamda yetishtirilgan gurunch mehnat sig’imlidir, chunki u asosan qo’l mehnati yordamida tayyorlanadi.


2.Mamlakatning ishlab chiqarish omillari bilan pa’minlanganlik darajasi va uni aniklash.

Download 126.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling