3-ma’ruza. O’simliklarda suv almashinuvi fiziologiyasi Reja


Download 217.53 Kb.
bet5/12
Sana23.04.2023
Hajmi217.53 Kb.
#1386086
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
3-m

Immobillashgan suv. Immobillashish bu makromolekulalaming konformatsion o‘zgarishi vaqtida suvni mexanik ushlab olinishidir. Buning natijasida suv makromolekula ichida yoki ular orasidagi yopiq muhitga tushib qoladi. Immobiliashgan suvning bir qismi g itra ta try a jarayonlarida qatnashsa, qolgan qismi oddiy suv xossalariga ega bo‘ladi. Ammo immobillashgan suv o ‘zining yuqori harakatchanligiga qaramasdan yopiq sistemada bo‘lganligi sababli makromolekulalardan faqatgina katta kuch tufayli uzilishi mumkin. Bu jihatdan immobillashgan suvni bog‘langan suv deb qarash mumkin. Shuni aytib o ‘tish kerakki, moddalar tarkibidagi immobillashgan suvning miqdori haqida aniq-tiniq m a’lumotlar yo‘q. Ammo o‘simliklar ontogenezida immobillashgan suvning fiziologik ahamiyati juda katta.
O’simlik hujayrasi tarkibidagi ionlar bilan bog‘langan suvni osmotik bog'langan suv deyiladi va u hujayra osmotik bosimining asosiy xususiyatini belgilaydi.
Oqsillar eritmasi. Oqsillarning gidratatsiyalanishi suv molekulalarining gidrofil (ionlangan va elektroneytral) va gidrofob (qutbsiz) guruhlar bilan o ‘zaro ta ’siri hamda uning yopiq muhitda makromolekulalaming konformatsiyasi natijasida immobilizatsiyaJanishi (suv makromolekulalaming ichida qolib ketadi) natijasida kelib chiqadi.
Suvning tuzilishiga oqsillar molekulasidagi gidrofob guruhlardan tashqari membrananing lipid fazalari ham ta’sir qilishi mumkin.
Oqsillaming suvda erishi ko‘rsatkichi juda keng. Masalan, quruq kollagen, suvli albuminga nisbatan ko‘proq suv bog’lash xususiyatiga ega, holbuki, kollagen suvda erimaydi, albumin esa yaxshi eriydi. Oqsillaming gidratatsiyalanishi ulaming tarkibidagi peptid bog‘lariga asosan yuz beradi.
Shunday qilib, makromolekulalar uni o ‘rab turgan suvga turlicha ta ’sir qilishi mumkin. Ulaming fizik-kimyoviy xossalariga (qutblangan, qutblanmagan, ionlashgan guruhlaming mavjudligi) asosan hamda konformatsion holati va tashqi muhitga (pH, ionlar tarkibi) qarab suvning k o ‘p yoki kam bog’lanishi yuz berib turg’lin muzsimon tuzilish yuzaga kelishi mumkin.

Download 217.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling