3-ma’ruza. O’simliklarda suv almashinuvi fiziologiyasi Reja


Sitoplazmadagi suv miqdori


Download 217.53 Kb.
bet9/12
Sana23.04.2023
Hajmi217.53 Kb.
#1386086
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
3-m

Sitoplazmadagi suv miqdori. Sitoplazmadagi suvning miqdori 95% atrofida bo’ladi. Ammo hujayra devori tarkibidagi suvdan farq qilib, o ‘simlikni suv bilan ta ’minlash buzilganda, harorat oshganda va boshqa hollarda o ‘zgarishi mumkin.
Suv sitoplazmaning holatini, y a ’ni suyuq yoki gel holatda bo’lishini belgilaydi. Shuningdek, suv sitoplazmaning cho‘zilishiga, yopishqoq- ligiga va uning tuzilishiga ta’sir qiladi.
Sitoplazma tarkibida asosan oqsillar ko‘p bo’ladi. Ammo uning tarkibiga yog‘lar, qandlar va boshqa birikmalar ham kiradi. Bular ham o ‘z navbatida sitoplazmaning tarkibidagi suv miqdoriga ta’sir qiladi.
Sitoplazmadagi suvning miqdoriga aminokislotalarning gidrofill guruhlari, xususan, kislorod va azot elementlari ham katta ta’sir qiladi. Chunki ular atrofida vodorod bog‘lari hosil qilganligi sababli, avval aytib o ‘tganimizdek kislorod va azot to’longa o ‘girilgan suv molekulalari ko‘p bo’ladi. Oqsil molekulasidan 1 mmk masofadagi suv unga mustahkam bog’langan holatda bo’lib, tuzilishi muz tuzilishiga o‘xshagan bo’ladi. Shuningdek, oqsil molekulasidan 10 mmk masofagacha bo’lgan suv molekulalari ham kam harakatchandir.
Protoplazmaning hajmi doimo vakuol hisobiga oshishi mumkin. Masalan, tashqi muhitdagi eritmada, protoplazmaga yaxshi o ‘tuvchi, ammo tonoplastdan o’lmaydigan yoki o’ta qiyin o’ladigan ionlar ko‘p bo’lsa yuqoridagi holatni kuzatish mumkin.
J. Briggsning (1970) fikricha agar sitoplazmadagi kationlar harakatchanligi tashqi muhit kationlaridan yuqori bo’lsa, bu holatda kationlaming almashinuvi sitoplazmaning osmotik bosimining ortishiga olib keladi. Chunki ionlar almashinuvi molar asosda emas, balki ekvivalent asosda boradi.
Vakuoladagi suv. Suvning vakuoladagi miqdori 98% gacha bo’lishi mumkin. Odatda vakuola hujayraning 50% qismini egallaydi. Ammo bu doimo ham bo’lmasdan ayrim hollarda bu ko‘rsatkich 5-95% atrofida bo’lishi mumkin.
O’simliklarda vakuola oziq moddalaming, metabolitlaming va boshqa zarur moddalaming to ‘planishi hamda tashiluviga xizmat qiladi. Vakuolani hayvonlar hujayrasining tashqi muhiti bilan solishtirish mumkin. Vakuolalar ham xuddi hayvon hujayralari tashqi muhitiga o ‘xshash bo’lib ko‘pgina gidrolitik fermentlami tutadi.
Vakuolalarni funksiyasi juda ko‘p, ammo shulardan ikkitasi, ya’ni nujayrani to’lg‘azib turishi va zaxiralik vazifasi alohida ahamiyatga egadir.
Suv avvalo mayda vakuolchalarda yig’lladi, so‘ngra bu vakuolalar birlashib bitta katta vakuolni hosil qiladi. Bu vakuolni odatda sitoplazmadan hosil bo’lgan va qalinligi 1 mkm bo’lgan tolalar (plazmodesmalar) kesib o’ladi. Ayrim hollarda hujayra yadrosi va sitoplazmaning bir to’lonida vakuola esa ikkinchi to’lonida joylashishi mumkin. Bunday tuzilish ko‘pincha assimetrik bo’linuvchi hujayralarga xosdir.
Barcha hollarda ham vakuola sitoplazmaga fizik ta’sir o ‘tkazmaydi. Vakuolada ko‘p miqdorda suv to‘planganligi sababli uning vazifalari ham har xildir.
Vakuolada hujayra uchun kerakli ammo sitoplazmaga tushsa uning uchun zararli moddalar ham to‘planadi. Masalan, maxsus hujayra vakuolalarida to‘planuvchi kauchuk va afyun moddalari. Ko‘pgina organik birikmalar vakuolada uzoq vaqt saqlanganligi sababli, undagi suv miqdorining ahamiyati ham yanada ortadi. Masalan, o‘simlik urug‘lari hujayralari vakuolalarida oqsillam ing to‘planishi.
Agar vakuolada juda ko‘p kolloid moddalar bo‘lsa, undagi suvning ko‘p qismi shu moddalar yuzasida adsorbsiyalangan bo’ladi va bunday holda vakuola sharbatining suvli eritmaga qiyos qilish mumkin bo’lmaydi.
Noqulay muhit omillari ta’sirida va o‘simliklaming qurishi vaqtida vakuolalarda suvning miqdori kamayadi, kolloid moddalamiki esa oshadi va vakuola suyuqligi gelni eslatadi. Shuni aytib o ‘tish lozimki, o‘sim liklam ing maxsus o‘suvchi qismlaridagi meristema hujayralarining vakuolalari mayda bo‘ladi.
Hujayraning boshqa organoidlaridagi suvning miqdori, ushbu organoidlar sitoplazmadan o‘z membranalari orqali ajralib turganligiga qaramasdan, sitoplazmadagi suvning miqdoriga yaqin bo’ladi. Faqatgina xloroplastlardagi suvning miqdori bundan mustasno.

Download 217.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling