3-maruza O‘zgaruvchan tok mashinalarining umumiy masalalari. Reja


O‘zgaruvchan tok mashinalarining stator chulg‘ami qismlari, sxemalari va EYuK


Download 26.99 Kb.
bet2/6
Sana31.01.2023
Hajmi26.99 Kb.
#1144444
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3- maruza el mash

O‘zgaruvchan tok mashinalarining stator chulg‘ami qismlari, sxemalari va EYuK.
Reja:
Stator chulg‘ami qismlari.
Stator chulg‘ami sxemalari.
Stator chulg‘ami EYuKlari.
Stator chulg‘ami qismlari.
O‘zgaruvchan tok mashinalarida stator chulg‘ami po‘lat o‘zak pazlariga ma’lum tartibda joylashtiriladi. Bir xil pazlarda joylashgan o‘ramlar bir-biri bilan ketma-ket ulanib g‘altak (seksiya)larni hosil qiladi. Qo‘shni pazlarda joylashgan g‘altaklar ketma-ket ulanib g‘altaklar guruhini hosil qiladi. Ular mashinaning bitta fazasi va juft qutbiga to‘g‘ri keladi. Chulg‘amning har bir fazasi AX, VU, SZ bir necha parallel (faza toki katta bo‘lgan hollarda) yoki ketma-ket ulangan g‘altaklar guruhidan tash-kil topadi.
O‘zgaruvchan tok chulg‘amlarini tushuntirishda metodik mulohazalar nuq-tai nazaridan kitobda fazaviy chulg‘am uchlarining boshlari A,V,S, oxirlari esa X,Y, Z lotin harflari bilan belgilanadi. Ta’kidlash lozimki, bunday uslubiy yondashish chulg‘amlarni nazariy o‘rganishda yaqqollikni ta’minlaydi (amalda esa standartda belgilanganlarga rioya qilinadi).
Ilgari uch fazali stator chulg‘amining uchlari quyidagicha: S1–S4 (1-faza), S2–S5 (2-faza), S3–S6 (3-faza) belgilangan. Xalqaro standartga mos-lashtirib ishlab chiqilgan standart (GOST 26772-85)ga muvofiq 1.01.1987 dan boshlab MDH mamlakatlari elektr mashinasozligi zavodlarida ishlab chiqarilayotgan o‘zgaruvchan tok mashinalari stator chulg‘ami fazalarining boshi va oxirlariga ochiq sxema uchun yangicha belgilanish joriy qilingan, ya’ni: U1–U2 (1-faza), V1–V2 (2-faza), W1–W2 (3-faza). Statorning fazaviy chulg‘amlari yulduz (Y) yoki uchburchak () usulida ulanishi mumkin, shu maqsadda klemmalar qutichasida chulg‘am uchlarining boshi va oxiri ma’lum tartibda joylashtiriladi.
Chulg‘amning eng oddiy elementi o‘ram hisoblanadi. O‘ram bir-biridan yakor aylanasida chulg‘am qadami «y» ga teng bo‘lgan masofadagi pazlarda joylashgan ikkita o‘tkazgich (sim)ning ketma-ket ulanishidan hosil bo‘ladi. Bu masofa taxminan qutb bo‘linmasi u   = D/(2r) ga teng bo‘ladi (bu yerda: D – statorning ichki diametri; 2r – qutblar soni).
Qutb bo‘linmasi  ni pazlar soni Z orqali ham aniqlash mumkin, bu
holda chulg‘am qadami:
y =  = Z / (2p),
Agar u =  bo‘lsa, chulg‘am diametral yoki to‘la qadamli, <  bo‘lsa – qisqartirilgan qadamli, y >  bo‘lganda esa uzaytirilgan qadamli chulg‘am deyiladi.
Qo‘shni pazlarda joylashgan bitta g‘altak guruhidagi g‘altak tomonlari q
ta pazlarni egallab fazoviy siljish burchagi  = 2rq / Z bilan faza zonasini hosil qiladi q = Z / (2rm), bu yerda m – fazalar soni.

Download 26.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling