3-maruza O‘zgaruvchan tok mashinalarining umumiy masalalari. Reja


Download 26.99 Kb.
bet4/6
Sana31.01.2023
Hajmi26.99 Kb.
#1144444
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3- maruza el mash

G‘altaklar guruhining EYuK. Agar g‘altaklar guruhidagi barcha seksiya-lar bir-biridan chulg‘am qadami u =  masofada joylashgan ikkita pazga to‘plansa, u holda EYuK lar faza jihatdan mos tushar, barcha seksiyalar guruhining EYuK esa, shu guruhni hosil qiluvchi seksiyalar EYuK larining arifmetik yig‘indisiga teng bo‘lar edi. Lekin, amalda statorlarning taqsimlangan holdagi, ya’ni g‘altaklar guruhi qo‘shni pazlarda joy-lashgan q ta bir xil g‘altak (seksiya)laridan tashkil topgan chulg‘ami ishlatiladi. Ularda har qaysi g‘altaklar guruhidagi seksiyalarning aktiv tomonlari har bitta qutb ostidagi q  1 pazni egallaydi. Shuning uchun g‘altaklar guruhining seksiyalarida hosil bo‘ladigan EYuK lar faza jihatdan bir-biriga nisbatan qo‘shni pazlar orasidagi e burchakka siljigan bo‘ladi.
Chulg‘am fazasining EYuK. Hozirgi zamonda o‘zgaruvchan tok mashinasi
stator chulg‘ami uchun ikki qatlamli qisqartirilgan qadamli taqsimlangan chulg‘am turi keng qo‘llanilmoqda. Avval ta’kidlab o‘tilganidek, faza chulg‘ami seksiyalar guruhlaridan tarkib topgan; bu guruhlar ham, o‘z navbatida, bitta qutblar jufti ostida joylashgan «q» ta seksiyadan iborat. Demak, barcha guruhlar bir xil magnit sharoitlarda bo‘lgan bir xil sondagi seksiyalardan tashkil topadi.
O‘zgaruvchan tok mashinasi chulg‘amlarining magnit yurituvchi kuchlari (MYuK) va magnit maydonlari.
Reja:
Yig‘ilgan (sosredotochennaya), tarqoq (raspredelennaya) va qadami qisqargan chulg‘amlarning MYuK va magnit maydonlari.
Pulslanuvchi, ellips shaklidagi va aylana shakldagi aylanuvchi magnit maydon.
Yig‘ilgan (sosredotochennaya), tarqoq (raspredelennaya) va qadami qisqargan chulg‘amlarda MYuK taqsimlanishi.
O‘zgaruvchan tok mashinasi havo oralig‘idagi induksiya stator aylanasi bo‘ylab magnit yurituvchi kuchning taqsimlanishi bilan aniqlanadi. Mashinaning statorida yoki rotorida joylashgan barcha o‘zgaruvchan tok chulg‘amlarining natijaviy magnit yurituvchi kuchlari (MYuK) havo oralig‘ida aylanma magnit maydonini hosil qilishi lozim. Shuning uchun sinusoidal kuchlanish berilayotgan har bir chulg‘am, fazoda sinusoidal taqsimlangan MYuK ga ega bo‘lishi kerak. Agar bu shartlar bajarilmasa (berilayotgan kuchlanish nosinusosoidal yoki MYuK nosinusoidal taqsimlangan bo‘lsa), u holda magnit maydoni tarkibida yuqori garmonikalar bo‘lib, ular mashinaning energetik ko‘rsatkichlarini yomonlashtiradi.
O‘zgaruvchan tok mashinasi stator chulg‘amlari MYuKlarini tahlil qi-lishda quyidagi farazlar asos qilib olinadi:
1) o‘zgaruvchan tok chulg‘amining MYuKi vaqt bo‘yicha o‘zgaradi va fazoda (stator aylanasi bo‘ylab) taqsimlangan bo‘ladi, deb faraz qilinadi;
2) stator chulg‘amidagi tokning vaqt bo‘yicha o‘zgarishi sinusoidal shaklda, demak, chulg‘am MYuK ham sinusoidal shaklda o‘zgaradi, deb faraz qilinadi;
3) mashina havo oralig‘i stator perimetri bo‘yicha o‘zgarmas, ya’ni rotor o‘zagi silindrik shaklda, deb hisoblanadi;
4) rotor chulg‘amida tok yo‘q, demak, rotor magnit maydonni hosil qil-maydi, deb faraz qilinadi.

Download 26.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling