3-maruza O‘zgaruvchan tok mashinalarining umumiy masalalari. Reja


Ikki fazali chulg‘amning doiraviy aylanma magnit maydoni


Download 26.99 Kb.
bet6/6
Sana31.01.2023
Hajmi26.99 Kb.
#1144444
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3- maruza el mash

Ikki fazali chulg‘amning doiraviy aylanma magnit maydoni. Ikki fazali simmetrik chulg‘amning AX va VU fazalari fazoda bir-biriga nisbatan qutb bo‘linmasi  ning yarmiga siljigan bo‘ladi. Agar bunday chulg‘amning har bir fazasiga bir-biriga nisbatan vaqt bo‘yicha =90 burchakka siljigan (IV  jIA) tok berilsa, u holda aylanma magnit maydon hosil bo‘ladi.
Elliptik maydon. Fazoda bir-biriga nisbatan simmetrik joylashgan
chulg‘amlardan vaqt bo‘yicha o‘zaro mos siljigan toklar o‘tganda aylanma magnit
maydon hosil bo‘ladi. Agarda bu shartlardan birortasi bajarilmasa, aylanma magnit maydon emas, balki elliptik maydon hosil bo‘ladi. Bunday maydon MYuK ning fazoviy vektori ellipsni chizadi.
Ellips shaklidagi aylanma magnit maydonda natijaviy MYuK va induk-siyaning maksimal qiymati vaqtning har xil onida o‘zgaruvchan bo‘ladi (doiraviy aylanma magnit maydonda esa bu qiymat o‘zgarmas bo‘ladi).
Ellips shaklidagi maydonni qarama-qarshi yo‘nalishlarda aylanayotgan ikkita bir xil (ekvivalent) doiraviy maydon ko‘rinishda tasavvur qilish mumkin. Natijaviy elliptik maydon yo‘nalishida aylanayotgan maydonni - to‘g‘ri maydon, qarama-qarshi tomonga aylanayotganni esa teskari maydon de-yiladi. Ellips shaklidagi maydonni to‘g‘ri va teskari doiraviy maydonlarga ajratish simmetrik tashkil etuvchilar metodi bilan amalga oshiriladi va bu orqali to‘g‘ri va teskari ketma-ketliklar MYuK lari aniqlanadi.
Download 26.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling