3-maruza O‘zgaruvchan tok mashinalarining umumiy masalalari. Reja
Download 26.99 Kb.
|
3- maruza el mash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Stator chulg‘ami EYuKlari.
- G‘altak o‘ramining EYuK.
Stator chulg‘ami sxemalari
Ikki qatlamli sirtmoqsimon chulg‘amlar turbogeneratorlarda va umu-miy maqsadli o‘zgaruvchan tok elektr mashinalarida keng qo‘llaniladi. Mashinaning har bitta qutbiga va fazasiga to‘g‘ri keladigan pazlar soni q butun songa teng bo‘lgan sirtmoqsimon chulg‘am umumiy maqsadli o‘zgaruvchan tok mashinalarida keng qo‘llanishini e’tiborga olib quyidagi misolda ko‘rib chiqamiz. Stator chulg‘ami EYuKlari. Sinxron va asinxron mashinalarda aylanma magnit maydon hosil qilish usullari har xil bo‘lsa ham (masalan, sinxron generatorda rotor bilan bir-ga aylanadigan qo‘zg‘atish chulg‘amiga o‘zgarmas tok berib aylanma magnit may-don hosil qilinsa, uch fazali asinxron motorda esa bunday maydon stator chulg‘amidan uch fazali tok o‘tganda hosil bo‘ladi), stator chulg‘amida elektro-magnit induksiya qonuniga asosan aylanma magnit maydon tufayli EYuK larning hosil bo‘lish jarayoni bir xil kechadi. Sinxron generatorlarning stator chulg‘ami o‘tkazgichlariga (o‘ramlariga ham) nisbatan har xil qutbiylikdagi (ishoradagi) qutblar navbatma-navbat o‘tishi tufayli hosil bo‘ladigan EYuK o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib turadi, ya’ni o‘zgaruvchan bo‘ladi. Magnit maydon bir marta aylanganida o‘tkazgichdagi EYuK ning davri «r» ga, «n» ta aylanganida esa «rn» ga teng bo‘ladi; demak, uning chastotasi: f1 = rn / 60. G‘altak o‘ramining EYuK. Agar g‘altak o‘ramlari bir-biridan qutb bo‘-linmasiga teng (u = ) bo‘lgan masofadagi pazlarda joylashgan o‘tkazgichlar-dan yasalgan bo‘lsa, ulardagi EYuK lar o‘zaro 180 ga siljigan bo‘ladi, chunki o‘ramning aktiv tomonlari (o‘tkazgichlari) qarshi ulangan, ya’ni chap tomon-dagi o‘tkazgichning oxiri o‘ng tomondagi o‘tkazgich oxiri bilan birlashtirilgan. Shu sababli o‘ramning EYuK (Eor.1) o‘tkazgichlardagi EYuK larning geometrik (vektor) ayirmasiga teng bo‘ladi. Bu vektor diagrammadan ko‘rinishicha, chulg‘am qadami diametral (u = ) bo‘lganda o‘tkazgichlar EYuK larining geometrik ayirmasi (Eor.1(d) – o‘ram EYuK) ularning arifmetik yig‘indisiga teng bo‘ladi, ya’ni Yeor.1(d)= 2 Yeotk.1= 4,44 f F1. Chulg‘am qadami qisqartirilgan (u ) bo‘lganda o‘tkazgichlar EYuK lari-ning geometrik ayirmasi (Eor.1(qis) – o‘ram EYuK), chulg‘am qadami diametral bo‘lgandagi ularning arifmetik yig‘indisidan kichik (Eor.1(qis) Yeor.1(d)) bo‘ladi Yeor.1(qis)= 2 Yeotk.1 sin(/2) = 4,44 f F1 kqis.1, Download 26.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling