Yig‘ilgan chulg‘amning MYuK. MYuK ning taqsimlanishini yig‘ilgan chulg‘amli ikki qutbli mashina misolida ko‘rib chiqamiz.
Bunda AX faza chulg‘amining hamma o‘ramlari diametral yuzada joylash-gan ikkita pazda joylashgan. Agar tok faza chulg‘amining boshi A dan oxiri X ga yo‘nalgan bo‘lsa, kuch chiziqlari rasmda ko‘rsatilgandek yo‘nalgan ikki qutbli magnit oqimi hosil bo‘ladi. Bu oqimning har bitta kuch chizig‘i faza g‘altagining hamma o‘ramlari (w= wg) bilan qurshaladi, shu sababli g‘altak hosil qilgan MYuK Fg Iw ga teng bo‘ladi. Tok maksimal qiymatga ega bo‘lganda MYuK ham maksimal qiymatga erishadi.
Taqsimlangan chulg‘amning MYuK. Magnit maydonning taqsimlanish egri chizig‘ini sinusoidaga yaqinlashtirish maqsadida, har bir faza g‘altak-lari bir nechta pazlarga joylashtiriladi. Bunda chulg‘amning sovitilishi ham yaxshilanadi.
Qadami qisqartirilgan chulg‘amning MYuK. Taqsimlangan chulg‘amda MYuKning 5, 7-garmonikalarning ta’siri ancha kamayadi, lekin ayrim garmonikalar juda oz miqdorda kamayadi. Shuning uchun taqsimlangan chulg‘amda chulg‘am qadami qisqartiriladi (y<). Bu holda chulg‘am ikki qatlamli qilib o‘raladi,har bir seksiyaning bir tomoni pazning pastki qismida, ikkinchi tomoni esa boshqa pazning ustki qismida yotadi.
Pulslanuvchi, elliptik va aylana shakldagi aylanuvchi magnit maydon.
Bir fazali chulg‘amning magnit maydoni. Bir fazali chulg‘am o‘zgaruv-chan tok manbaiga ulansa, vaqt bo‘yicha tok chastotasi f1 bilan o‘zgaradigan pulslanuvchi magnit maydon hosil bo‘ladi. Bu holda MYuK sinusoidal taq-simlangan bo‘lsa chulg‘am o‘qidan biror «x» masofada joylashgan havo oralig‘ining har bir nuqtasiga quyidagi MYuK to‘g‘ri keladi.
bunda - chulg‘am o‘qida joylashgan nuqtadagi MYuK.
Uch fazali chulg‘amning aylanma magnit maydoni. Agarda elektr mashinasining statoriga simmetrik bo‘lgan uch fazali chulg‘am (o‘qlari 120 ga siljigan A–X, V–U va S–Z faza chulg‘amlari) joylashtirilsa va unga uch fazali simmetrik tok berilsa, u holda bu chulg‘amda doiraviy aylanma magnit maydon hosil bo‘ladi. Bunda har bir fazada hosil bo‘lgan MYuK sinusoidal taqsimlangan deb hisoblanadi.
Ko‘rilayotgan chulg‘am fazalarining o‘qlari bir-biriga nisbatan fazoda (2/3) ga siljitilgan, ulardagi toklar esa vaqt bo‘yicha (2/3) burchakka siljiganligidan har qaysi fazaviy chulg‘am o‘qidan «x» uzoqlikdagi nuqtada MYuK tashkil etuvchilar uchun quyidagi ifodalarga ega bo‘lamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |