3-ma'ruza: To‘ldiruvchilarning xossalari va ularga qo‘yilgan talablar. G‘ovak to‘ldiruvchining uyilma zichligi Reja


Download 1.15 Mb.
bet1/13
Sana06.02.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1170427
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
3- MA\'RUZA


3-ma'ruza: To‘ldiruvchilarning xossalari va ularga qo‘yilgan talablar. G‘ovak to‘ldiruvchining uyilma zichligi
Reja:

    1. To‘ldiruvchilarning xossalari va ularga qo‘yilgan talablar

    2. Beton xususiyatiga to‘ldiruvchilarning ta'siri

    3. Namuna tanlash

    4. Donalar shakli va tarkibi

1. To‘ldiruvchilarning xossalari va ularga qo‘yilgan talablar
To‘ldiruvchilar uyilma zichligi deb, to‘ldirgich massasining u egallagan xajmga nisbatiga aytiladi (zarrachalar orasidagi bo‘shliq hisobga olinadi) [4]. G‘ovak to‘ldiruvchining uyilma zichligi o‘lchamli idishda aniklanadi, uning o‘lchami to‘ldiruvchining yirikligiga bog‘liq ravishda 3.1-jadvaldan qabul qilinadi.


To’ldiruvchilar yirikligi bo’yicha o‘lchov idishlarining o’lchamlari
3.1-jadval

To’ldiruvchi donalarining eng katta yirikligi, (mm)

O‘lchov idishining sig‘imi,
(l)

O‘lchov idishining ichki o’lchamlari, mm

Diametri

Balandligi

5 va undan kam

10


20

40


1

2


5

10


108

137

185

234


108,5

136,5

186,5

233,8


Doimiy massagacha quritilgan to’ldiruvchi tarozida tortilib, balandligi 100mm bulgan silindr shaklidagi o’lchov idishiga solinadi va ortiqchasi metal chizg‘ich bilan sidirib tashlanadi. Keyin o’lchov idishi torozida tortiladi va o’rtachasi arifmetik usulda aniqlanadi.


Uyma zichlik quyidagi formula bo‘yicha xisoblanadi:
, ( kg/m³) (1)
Bu yerda : m1- o’lchov idishining massasi, kg
m2- o’lchov idishining to’ldiruvchi bilan birgalikda massasi, kg
V- o’lchov idishining hajmi, m³

Shuni ta'kidlash kerakki, to’ldiruvchilar uyilma zichligini aniqlash o’lchov idishi shakli va sig‘imiga, o’lchov idishi o’lchamlariga, to’ldiruvchilar donalariga bog‘liq. Berilgan yiriklikdagi to’ldiruvchilar donalari uchun, idish o’lchami qancha kerak bo’lsa, to’ldirgich xolati (stepen) nisbatan donador material xajmi kichik bo’ladi. Shu sababli normativ bo’yicha standart o’lchov idishlar (3.1-jadval) g‘ovak to’ldiruvchilar uchun qo’llaniladi (Uz RST).


Standart bo’yicha shag‘al va shag‘al(chaqiq tosh) uchun yirikligidan kelib chiqib 2-5-l sig‘imli o‘lchov idishlar, qum uchun 1litrli o‘lchov idishi ishlatiladi. G‘ovak to’ldiruvchilarning markasi ularning mos uyilma zichligi bo’yiga o‘rnatiladi. To’ldiruvchilarning uyilma zichligini aniqlash to’ldiruvchilar massa ulushini xisoblashga (agar hajmi malum bo’lsa), korxona tarkibidagi omborlari sig‘imini, bunkerlar sig‘imini, beton tarkibini xisoblashda, to’ldiruvchilarni betonda to‘g‘ri taqsimlash (dazirovka)da zarurdir.
To’ldiruvchilar donalari zichligi, bu quruq shag‘al yoki shag‘al namunasi massasining uning donalari xajmi yig‘indisiga nisbatan aytiladi. To’ldiruvchilar donalari hajmi, to‘ldiruvchilardan olingan namunalarni suvda va havoda massasini o’lchashdagi farq bilan aniqlanadi. Buning uchun to’ldiruvchilar namunasini suvda o’lchashda undagi g‘ovaklar suv bilan to’ladi, shu sababli to’ldiruvchilar namunasi oldindan suvga solib qo‘yiladi.
To’ldiruvchilar donalari zichligi (g/sm³) quyidagi formula orqali aniqlanadi:
, ( kg/m³) (2)
Bu yerda: m1 - to’ldiruvchi namunasining quruq holatdagi massasi, g
m2 - to’ldiruvchi namunasining suv shimgandan so’ng, havoda o’lchangan massasi, g
m3 - to’ldiruvchi namunasining suv shimgandan so’ng, suvli muhitda o’lchangan massasi, g
ρsuvsuvning zichligi, 1g/sm³ ga teng
To‘ldiruvchilarning dona zichligini aniqlashda, ishni qulay borishi uchun UzRST bo’yicha shag‘al yoki shag‘al namunasi 1l hajimdagi maxsus perforirlangan idishga joylashtiriladi, birgalikda barcha jarayonlar bajariladi. Konteyner bilan to’ldiruvchi namunasining massasini o’lchangandan so‘ng, bo’sh konteynerni suv va xavoda aniqlangan massasi ayriladi.
Keltirilgan izlanishlar olingan to‘ldiruvchi namunasidagi donalarning o’rtacha zichligini aniqlash imkonini berdi. G‘ovak to’ldiruvchilarning aloxida donalarini zichligini aniqlashda to‘ldiruvchi donalari xajmiga nisbatan yuqori dispers sochiluvchan muxitda o’lchanadi. UzRST ga bo‘yicha qizdirilgan kvars qumi ishlatiladi. Bunda qum idishga yuqorisigacha to’ldiriladi, so’ngra galma-gal to’ldiruvchi donasi qo’shiladi, idish yana qum bilan to’ldiriladi va qolgan suv xajmi o’lchanadi. Bu oxirgisi esa to’ldiruvchi donasi xajmiga mos keladi bunda qum va idishni zichlash mumkin emas.
To’ldiruvchining suvli muhitdagi hajmi, uning qum yoki boshqa muhitdagi xajmidan farq qilishi mumkin.
Beton tarkibini hisoblashda beton tarkibida to’ldiruvchi donasi egallagan xajmni bilish kerak. Ko’p to’ldiruvchilar uchun ayniqsa ochiq g‘ovakli to’ldiruvchilar uchun bu hajm yuqorida keltirilgan usulda kam aniqlanadi, chunki dona ochiq g‘ovaklari suv yoki sement bilan to’ladi.
Shu sababli UzRST ga ko’ra to’ldiruvchi donalarining zichligini sement qorishmada aniqlash yaxshi samara beradi. Quruq g‘ovak to’ldiruvchi (shag‘al yoki shag‘al) 3,5 l xajmda, 1,7 kg sement va 3,4 kg kvars qumi olinadi.
Beton qorishmasini aniq konsistensiyaga kelgunicha suv qo’shiladi. Aralashtirilgan beton qorishmasi 15 minut davomida ushlab turiladi. So’ngra barcha qorishma 5l sig‘imli idishga solinadi va 30-60sekund davomida zichlanadi(vibroploshadkada), beton qorishmasining zichligi aniqlanadi.
Yirik to’ldiruvchining sement qorishmasidagi zichligi (g/sm³) quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
, ( kg/m³) (3)
Bu yerda: ρsm – beton qorishma zichligi , kg/l
m3quruq g‘ovak to’ldiruvchi massasi , kg
M – aralashmadagi barcha materiallar sarfi,
(suv xam inobatga olinadi ), kg
ms – aralashmadagi sement massasi, kg
ρs - sement zichligi – 3,1 g/sm³ teng.
mkaralashmadagi kvars qumi massasi, kg
ρk - kvars qumi zichligi – 2,65 g/sm³ ga teng.
msuv – aralashmadagi suv massasi, kg

To’ldiruvchining modda zichligi boshqa qurilish materiallari singari namunani juda mayda kukun xolatida maydalab, so’ngra namuna kukunini absalyut xajmining kukunga kiritilgan suv yoki kerosin xajmiga nisbati pinometr yoki Le-Shatele asbobida aniqlanadi.



Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling