3-ma'ruza: To‘ldiruvchilarning xossalari va ularga qo‘yilgan talablar. G‘ovak to‘ldiruvchining uyilma zichligi Reja


Download 1.15 Mb.
bet10/13
Sana06.02.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1170427
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
3- MA\'RUZA

3.4-rasm. Riffler
To‘ldiruvchilarning petrologik xarakteristikalari bilan bir qatorda uning tashqi ko‘rinishi, shakli va tashqi yuzachi teksturasi katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Uch o‘lchamli shaklni yoritish qiyin, shu sababli bu donalarning geometrik o‘lchamlarini yoritish maqsadga muvofiq bo‘ladi. To‘ldiruvchi donalarining yumaloq yoki oval shakli ularni nisbatan qirraliligini xarakterlaydi. Donalarning yumaloqlik darajasi ishlatiladigan tog‘ jinsining mustahkamligiga va ishqalanishiga bog‘liq bo‘ladi[1].
Maydalangan to‘ldiruvchi donalari shakli ishlatiladigan tog‘ jinsining turiga, tosh maydalash uskunasi turiga, hamda materialni maydalash darajasiga, tog‘ jinsi bo‘laklari o‘lchamining maydalab olingan to‘ldiruvchi donalari o‘lchamlariga nisbatiga bevosita bog‘liq bo‘ladi.
To‘ldiruvchilar donalarining mumkin bo‘lgan shakli BS812:1:1975 bo‘yicha
klassifikatsiyalanadi (3.4-jadval), hamda hozirda BSEN 933-4: 2008 standart talabiga javob berishi lozim.
To‘ldiruvchi donalarining shakli bo‘yicha klassifikatsiyasi BS812-1: 1975*
3.4-jadval

To‘ldiruvchi donalari shakli

To‘ldiruvchi donalari tavsifi

Misollar

Yumaloq

Donalar, suvning mexanik ta'sirida to‘liq yumaloq yoki ishqalanishi orqali silliq dumaloq shaklga ega bo‘ladi

Daryo va dengiz shag‘ali, cho‘l, dengiz va shamol ta'sirida uchuvchan qumlar

Noto‘g‘ri

Tabiiy noto‘g‘ri shaklga ega bo‘lgan donalar, bu shaklni dumaloq
ko‘rinishidan ishqalanish tufayli yuzaga keladi

Shag‘alning bir qancha turlari

Plastinkali

Donalarning qalinligi ularning uzunligi va enidan bir qancha kichik
bo‘ladi

Qavatlangan tog‘ jinslari

Qirrali

Donalar yaxshi qovurg‘alar tasviriga ega bo‘ladi

Maydalangan tog‘ jinslarining
barcha turlari, bo‘lakli
materiallar, bo‘lakli shlak

Ninasimon

O‘tkir qirrali donalar bo‘lib, ularning uzunligi eni va qalinligidan nisbatan ancha katta
bo‘ladi

Maydalangan tog‘ jinslarining barcha turlari, bo‘lakli materiallar, bo‘lakli shlak

Qirrali va ninasimon

Donalarning uzunligi eni va qalinligidan nisbatan ancha katta
bo‘ladi

Maydalangan tog‘ jinslarining barcha turlari, bo‘lakli materiallar, bo‘lakli shlak

AQSh da to‘ldiruvchi donalari shakliga ko‘ra quyidagi klaasifikatsiyasi ishlatiladi:
-Yaxshi dumaloq-dastlabki chegara bo‘lmaydi;
-Nisbatan dumaloq-katta yemirilish, chegara maydoni kichraygan bo‘ladi;
-Nisbatan o‘tkirqirrali-nisbatan yemirilish, biroq chegaralar o‘zgarmay qoladi;
-O‘tqirrali –emirilishning uncha katta bo‘lmagan holati mavjud bo‘ladi.
Shunday qilib bo‘shliqni hajmini to‘ldiruvchilar bilan to‘lish darajasi uningbir fraksiyali donalari shakli bilan aniqlansa, qirrali donalar bilan bo‘shliqni hajmini to‘lishi olingan to‘ldiruvchi namunasining zichlangan holatdagi bo‘shliqligiga bog‘liq bo‘ladi. Dumaloqsimon donlarning eng maqbul va keng ishlatiladigan klassifikatsiyasi BS812:1:1975 da keltirilgan bo‘lib, jadval-3.3da berilgan bo‘lib, bunda standart BSEN 933-4: 2008 ga mos keladi. Standart BS812:1:1975 ga ko‘ra to‘ldiruvchi namunasi tarkibida qirrali donalarning hajmiy ulushi minus 67% ni tashkil etishi lozim, bunda to‘ldiruvchi strandart mutodika bo‘yicha mos keluvchi sig‘imli idishga solinishi lozim.
Sinov uchun quyidagi o‘lchamdagi to‘ldiruvchilar fraksiyasi qo‘llaniladi (mm da): 12,7-19,05; 9,53-12,7; 6,35-9,53; 4,77-6,35. To‘ldiruvchi namunasidagi donalarning qirrali ko‘rsatkichi bo‘lgan 67 soni, namunadagi cho‘zinchoq shag‘al donalarining maksimal foiz miqdorini ko‘rsatadi. Shunday qilib, qirralilik ko‘rsatkichi, sinalalayotgan to‘ldiruvchi bo‘shliqligining cho‘zinchoq shag‘alning maksimal bo‘shliqligidan qancha ortishini ko‘rsatadi. Qanchalik qirralilik ko‘rsatkichi yuqori bo‘lsa, to‘ldiruvchining qirraliligi shuncha yuqori bo‘ladi.
Ishlatiladigan to‘ldiruvchilarning qirralilik darajasi 0 dan 11 gacha bo‘ladi. To‘ldiruvchi bo‘shliqligining uning donalari shakliga bog‘liqligi Shergold tadqiqotlari natijalari asosida rasm-3.2 da keltirilgan.
Sinalayotgan to‘ldiruvchi namunasi ikkita tipdagi to‘ldiruvchilar aralashmasidan tashkil topadi: qirrali va cho‘zinchoq shakldagi, hamda ularni turli nisbatlarda olib aralashtiriladi. Shuni ta'kidlash lozimki, cho‘zinchoq shakldagi donalar miqdorining ortishi natijasida to‘ldiruvchi donalari orasidagi bo‘shliqlik kamayib boradi.
Yirik to‘ldiruvchi donalarining shakl ko‘rsatkichi bu uning sferiklik darajasi bo‘lib, u donalar yuzasining uning hajmiga nisbatiga aytiladi. Donalar sferiklik darajasi ishlatiladigan tog‘ jinsining qavatlanishi darajasi bilan; tabiiy toshdan to‘ldiruvchini olish bilan; hamda to‘liruvchi olishda ishlatiladigan maydalash qurilmasi turi bilan xarakterlanadi.
Agar to‘ldiruvchi donalarining yuzasi uning hajmiga nisbatan katta ko‘rsatkichni tashkil etsa, u holda beton qorishmasining yaxshi joylashuvchanligi xususiyati kamayadi. Bunday tipdagi to‘ldiruvchi donalariga plastinkali va qirrali shakllar misol bo‘ladi, hamda ular betonning uzoq muddatga chidamliliga salbiy ta'sir etadi[1].






Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling