3-Ma’ruza: Yovvoyi va mo’ynali hayvonlarda tuberkulyoz va leptospiroz. Leptospiroz
Download 35.05 Kb.
|
maruza3
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kechishi va klinik belgilari
Patogenez. Leptospiralar tabiiy holatda oshqozon va ichak yo’lining shilliq pardalari, kon’yunktiva va jarohatlangan terilar orqali organizmga tushib, 12 soatdan keyin jigarda juda ko’p miqdorda to’planadi. Shu joyda isitma ko’tarilgunga qadar turadi. Juda kam hollarda isitma oldidan buyrak, yurak muskuli, mezenterial limfatik tugunlarda ham uchrashi mumkin. Leptospiralar isitma ko’tarilganda qonda juda ko’p miqdorda to’planadi. Sarg’ayish namoyon bo’lishi bilanoq leptospiralar asta-sekin qondan ketadi va buyrakda to’plana boshlaydi. O’z navbatida bu davrga kelib lizin va agglyutininlar paydo bo’ladi. O’lgan hayvonda leptospiralar asosan buyrak, jigar va boshqa a’zolarda ko’p to’planadi.
Kasallikning klinik belgilari namoyon bo’lishi bilanoq leykositlar soni ko’payib, eritrosit va gemoglobin kamayadi. EChT tezlashadi. Leptospiralar ko’payishida ajralib chiqqan toksin va boshqa moddalarning tana haroratini boshqaradigan markazga ta’sir ko’rsatishi isitma ko’tarilishiga sabab bo’ladi. Odatda sarg’ayish va gemoglobinuriya yuzaga kelishi bilan isitma tushadi. Ayrim hollarda u butun kasallik davomida saqlanishi mumkin. Ba’zan isitma bir necha marta qaytariladi (residiv). Leptospirozda ma’lum miqdorda eritrositlarning gehayvoniz holati sodir bo’ladi. Bu holat o’z navbatida qonda gemoglobin oshib ketishiga olib keladi. Shu tufayli gemoglobinuriya kuzatiladi. U ham isitma singari takrorlanaverishi mumkin. Kasallikning oxiriga kelib to’qimalarda bilirubin to’xtab, shilimshiq pardalarni sarg’aytirib yuboradi. Jigarda degenerativ o’zgarishlar sodir bo’ladi. Qonga o’t tusha boshlaydi. Intoksikasiya kuchayishi natijasida teri va shilliq pardalardagi kapillyarlar devorining qattiq zararlanishi qon quyilishiga olib keladi. Ayrim hollarda qon tomirlarida tromb paydo bo’ladi, natijada to’qimalarning oziqlanishi izdan chiqib, nekroz ro’y beradi. Toksinlar ta’sirida markaziy nerv sistemasi qattiq zararlanadi. Natijada qator a’zolarning funksiyasi buziladi. Kechishi va klinik belgilari. Kasallikning yashirin davri turli hayvonlarda turlicha bo’lib, 2 kundan 3 haftagacha davom etishi mumkin. Leptospirozda klinik belgilar har xil bo’ladi. Kechishiga qarab o’ta o’tkir, o’tkir, yarim o’tkir, surunkali va latent shakllar farq qilinadi. Download 35.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling