Aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy menejmentni tashkil etish mexanizmi va uning asosiy bosqichlari.
Hozirgi kunda korxonalar faoliyatini samarali boshqarishda moliyaviy menejerlar yoki korxona ijro organi rahbarlari oldida turgan asosiy vazifalardan biri, korxonalarning joriy va strategik maqsad, vazifalarini aniq belgilash, tashqi muhitni tahlil qila olish, milliy va xalqaro iqtisodiyotda ro‘y berayotgan barcha o‘zgarishlardan kelib chiqqan holda tegishli xulosalarni shakllantirish hamda korxonalar faoliyatini tashqi iqtisodiy-ijtimoiy muhitga mos holda muvofiqlashtirib borish kabilar hisoblanadi. Korxonalar faoliyatini rivojlantirishda bunday muhim vazifalarni amalga oshirish, bevosita moliyaviy menejmentni tashkil etish mexanizmini yanada takomillashtirish va mazkur sohadagi xorijiy davlatlarning tajribalaridan samarali foydalanishni taqozo etadi. Korxonada moliyaviy menejmentni tashkil etishdagi muhim jihatlardan biri - korxona moliyasini boshqaruv tuzilmasini ishlab chiqish hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi PF-4720 sonli Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan
Xorijiy amaliyotga nazar tashlaydigan bo‘lsak, kompaniyalarda moliyaviy menejerlar xizmatini tashkil etishning turlicha ko‘rinishlari va o‘ziga xos jihatlari mavjud. AQSh va Evropa mamlakatlarida faoliyat yurituvchi aksariyat kompaniyalarda moliyaviy boshqaruvning tashkiliy tuzilishi ularning faoliyat turlaridan kelib chiqqan holda bo‘lim va bo‘linmalarga ajratilib, ularning aniq vazifa va majburiyatlari belgilab olinadi. Yirik va o‘rta korxonalarda odatda moliyaviy boshqaruvni amalga oshirish uchun bosh ijrochi direktor (Chief executive officer - CEO) va moliyaviy masalalar bo‘yicha vitse-prezident yoki moliyaviy menejer (Chief Financial Officer - CFO) tayinlanadi hamda tegishli bo‘lim va bo‘linmalar bevosita ularga bo‘ysunadi. Yirik kompaniyalarda moliyaviy faoliyat ikkita asosiy yo‘nalishga ajratilib, ularning birinchisini g‘aznachi (moliyaviy boshqarma boshlig‘i - treasures), ikkinchisini esa bosh buxgalter (controller) boshqaradi hamda ular bevosita moliyaviy menejerga bo‘ysinuvchi bo‘linmalar hisoblanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |