3-mavzu. Bozor muvozanati modellari. Talab va taklif elastikligi
-rasm. Dunyo neft bozoroda taklifning qisqarishi
Download 157.42 Kb. Pdf ko'rish
|
3.8-rasm. Dunyo neft bozoroda taklifning qisqarishi
Kartel uzoq muddatdan ko’ra qisqa muddatda narxni oshirish oson ekanligini o’rgandi. Giyohvand moddalarni taqiqlash unga doir jinoyatlar sonini oshiradimi yoki kamaytiradimi? Jamiyatimiz duch kelayotgan muammolardan biri – bu geroin, kokain kabi giyohvand moddalardan foydalanish. Bu moddalarning ko’plab salbiy ta’siri mavjud. Biri shuki, giyohvand moddaga bog’lanib qolish odamlarning va ularning oilasining hayoti barbod bo’lishiga olib keladi. Boshqa tomondan esa pul topish maqsadida giyohvand odam o’g’irlikka va boshqa jinoyatlarga qo’l uradi.Noqonuniy moddalardan foydalanishni cheklash maqsadida Qo’shma Shtatlar hukumati mamlakatga givohvand moddalarning oqimini qisqartirish uchun har yili milliard dollar mablag’ ajratadi. Talab va taklif mexanizmlaridan foydalangan holda bu narkotik moddalarni to’xtatish siyosatini tekshiramiz. Tasavvur qiling hukumat giyohvand moddalarga qarshi urushda qatnashadigan federal agentlar sonini oshirdi. Noqonuniy dorilar bozorida nima sodir bo’ldi? Odatdagidek biz 3 qadamda savolga javob beramiz. Birinchidan, biz talab yoki taklif egri chizig’ining o’zgarganini ko’rib chiqamiz. Ikkinchidan, o’zgarishning qaysi tomonga bo’lganini kuzatamiz. Uchunchidan, biz o’zgarish muvozanat narxi va miqdoriga qanday ta’sir etganini ko’ramiz. Garchi narkotiklarni to’xtatishning maqsadi ulardan foydalanishni qisqartirishga qaratilgan bo’lsa ham, uning aniq ta’siri haridorlarga emas balki sotuvchilargadir.Hukumat mamlakatga bir necha narkotik moddalarni kirishini to’xtatgan va ko’plab kontrabandachilarni hibsga olgan paytda, bunday moddalar narxi oshadi va shu sababli ularning miqdori kamayadi. Giyohvand moddaga bo’lgan talab, ya’ni istalgan narxda sotib oladiganlar soni o’zgarmaydi. 9rasmda ko’rsatilganidek, taqiq taklif egri chizig’ini chap tomonga S 1 dan S 2 ga surdi, talab esa o’zgarishsiz qoldi. Muvozanat narxi P 1 dan P 2 ga ko’tarildi, muvozanat miqdor esa Q 1 dan Q 2 ga pasaydi. Muvozanat miqdorining kamayishi shuni ko’rsatadiki, narkotik moddalarning taqiqi ulardan foydalanishni qisqartirdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling