3-mavzu: byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasi ma’ruza rejasi


Download 490.07 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana16.06.2023
Hajmi490.07 Kb.
#1500250
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-M. Byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasi

MR
yait
 =K/n * N, (1.1) 
bu erda: 
MR
yait
— YAITning bir oy uchun eng kam miqdori;
K — bir oyda barcha xodimlarning haqiqatda ishlagan kunlari (bir kunda ishlagan 
soatlaridan qat’i nazar) soni, biroq korxonada o‘rnatilgan ish kunlari sonidan ortmagan holda. 
Xodimlarning haqiqatda ishlagan kunlariga, shuningdek yillik mehnat ta’tillariga va ish haqi 
saqlangan holda beriladigan ta’tillarga to‘g‘ri keladigan kunlar ham taalluqlidir. Bir oyda 
xodimlarning haqiqatda ishlagan kunlarini hisoblab chiqarishda quyidagilarning ishlagan kunlari 
kiritilmaydi: 

pasaytirilgan stavkalar bo‘yicha YAIT hisoblab chiqariladigan ixtisoslashtirilgan 
sexlar, uchastkalar va korxonalarda ishlovchi nogironlarning ish kunlari; 

kasanachilarning ish kunlari (YAIT bo‘yicha imtiyoz muddati tugagunga qadar); 

fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalarga muvofiq ishlar bajarayotgan (xizmatlar 
ko‘rsatayotgan) yakka tartibdagi tadbirkorlarning ish kunlari. 
n – korxonada belgilangan bir oydagi ish kunlari soni
N – bir xodim uchun bir oyda YAIT normativi (bir minimal ish haqi, fermer xo‘jaliklari 
uchun esa belgilangan minimal ish haqining 50 foizi). Agar minimal ish haqining miqdori 
oyning 1-kunidan o‘zgarmasa, u holda oy uchun minimal ish haqining o‘rtacha oylik miqdori 
qo‘llaniladi. YAITning eng kam miqdori har oy hisoblab chiqariladi. 
Agar O‘zbekiston Respublikasi Soliq
kodeksiga 
muvofiq hisoblab chiqilgan YAIT 
summasi YAITning eng kam miqdoridan kam bo‘lsa, u holda yagona soliq to‘lovi YAITning 
eng kam miqdorining O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq hisoblab chiqilgan 
YAIT summasidan ortgan qismiga qo‘shimcha hisoblanadi. Agar O‘zbekiston Respublikasi 
Soliq 
kodeksiga
muvofiq hisoblab chiqilgan YAIT haqiqiy summasi YAITning eng kam 
miqdoridan ko‘p yoki unga teng bo‘lsa, u holda YAIT haqiqatda hisoblangan summa miqdorida 
to‘lanishi kerak.
Nizomda tatbiq etiladigan to‘lovchilar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va 
Davlat soliq qo‘mitasining 2013 yil 4 martdagi «Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash 
to‘g‘risida»gi 23, 2013-8-son 
qarori
 (ro‘yxat raqami 2439, 2013 yil 22 mart) bilan tasdiqlangan 
Yagona ijtimoiy to‘lov va fuqarolarning budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga sug‘urta 
badallari hisob-kitobiga tasdiqlangan shakldagi Ma’lumotnoma-YAITning eng kam miqdori 
hisob-kitobini ilova qilishadi. Davlat soliq xizmati organlari O‘zbekiston Respublikasining 
qonun hujjatlariga muvofiq YAITning to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi va to‘lanishi ustidan nazoratni 
amalga oshiradilar. 
Sug’urta badallari ishlovchilarning ish haqlaridan qonunchilikda belgilangan stavkalar 
orqali hisoblab chiqariladi. Ularning to’g’ri hisoblanishi va to’lanishiga ish beruvchilar 
mas’uldirlar. Sug’urta badallarining hisob-kitobi soliq bo’yicha hisobga olish joyidagi davlat 
soliq xizmati organlariga to’lovchi tomonidan taqdim etiladi. 

Download 490.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling