3-mavzu: byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasi ma’ruza rejasi


Download 490.07 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/8
Sana16.06.2023
Hajmi490.07 Kb.
#1500250
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-M. Byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasi

Boquvchisini yo‘qotganlik uchun pensiyalar 
Vafot etgan boquvchining qaramog‘ida bo‘lgan mehnatga qobiliyatsiz oila a’zolari 
boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi olish huquqiga ega bo‘ladi. Bunda farzandlarga pensiya ular 
boquvchining qaramog‘ida turgan-turmaganidan qat’i nazar tayinlanadi.Marhumning qaramog‘ida 
turmagan ota-onasi va eri (xotini) ham, keyinchalik kun kechirish uchun zarur mablag‘‘ manbaidan 
mahrum bo‘lib qolsalar, pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar. 
Quyidagilar oilaning mehnatga qobiliyatsiz a’zolari hisoblanadilar: 
a) bolalar, aka-ukalar, opa-singillar va nabiralar 16 yoshga to‘lmagan bo‘lsa yoki 16 
yoshdan katta bo‘lsa ham 16 yoshga to‘lmasdan nogiron bo‘lib qolgan bo‘lsalar. Bunda aka-
ukalar, opa-singillar va nabiralarning mehnatga qobiliyatli ota-onasi bo‘lmasa; 
b) ota, ona, o‘gay ota, o‘gay ona, xotin, er, basharti, ular pensiya yoshiga to‘lgan yoki 
nogiron bo‘lsalar; 
v) yoshidan va mehnat qobiliyatidan qat’i nazar, ota va onadan biri yoki er (xotin) yoxud 
buva, buvi, aka-uka yoki opa-singil, agar u vafot etgan boquvchining bolalari, aka-ukalari, opa-
singillari yoki nabiralarini, ishlovchilarga bolaga qarash uchun ish haqi saqlanmagan ta’tilda 
bo‘lish huquqini beradigan yoshga to‘lgunga qadar boqish bilan mashg‘ul bo‘lsa va ishlamasa; 
g) buva va buvi — agar qonunga muvofiq ularni boqishi shart bo‘lgan kishilar bo‘lmasa. 
O’quvchilar 18 yoshga to‘lgunga qadar boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi olish 
huquqiga egadirlar. Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi olish huquqiga ega bo‘lgan voyaga 
etmagan farzandlar, ular farzandlikka olinganlarida ham bu huquqni saqlab qoladilar. 
O’gay o‘g‘il va o‘gay qiz, agar ular ota-onalaridan aliment olmagan bo‘lsalar, haqiqiy 
farzandlar singari pensiya olish huquqiga egadirlar. O’gay ota va o‘gay ona, agar vafot etgan o‘gay 
39
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 26avgustdagi “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar 
miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi Farmoni asosida (“Toshkent oqshomi” gazetasi 27 avgust 2015 y. №176-177) 


o‘g‘ilni (qizni) 18 yoshga to‘lgunga qadar kamida 5 yil tarbiyalagan yoki boqqan bo‘lsalar, haqiqiy 
ota va ona singari pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar. 
Oila a’zolari, agar ular marhumning to‘liq boquvida bo‘lgan yoki undan yordam olib 
turgan bo‘lsalar, bu yordam ular uchun doimiy va asosiy kun kechirish mablag‘‘ining manbai 
hisoblangan bo‘lsa, marhumning qaramog‘ida turgan deb hisoblanadilar. Marhumning biron 
turdagi pensiya olayotgan oila a’zolari, agar marhumning yordami ular uchun doimiy va asosiy 
kun kechirish mablag‘‘ining manbai hisoblangan bo‘lsa — boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasiga 
o‘tish huquqiga egadirlar. 
Mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligiga chalinganlik oqibatida vafot etgan 
boquvchining oilasiga, shuningdek marhum pensionerning oilasiga pensiya boquvchining ish 
stajidan qat’i nazar tayinlanadi. Basharti, boquvchi vafot etgan kunga qadar unga nogironlik 
pensiyasi tayinlanishi uchun zarur ish stajiga ega bo‘lgan bo‘lsa, umumiy kasallik yoki ish bilan 
bog‘liq bo‘lmagan mayiblanish oqibatida vafot etgan boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi 
tayinlanadi. Boshqa mamlakatlardan ko‘chib kelgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining 
oilalariga, basharti, boquvchi O‘zbekiston Respublikasida ishlamagan bo‘lsa, pensiyalar quyidagi 
hollarda tayinlanadi: 
a) boshqa mamlakatlarda boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini olgan oilalarga — 
boquvchisining ish stajidan qat’i nazar; 
b) pensiya olmagan oilalarga — basharti, boquvchi ishlash to‘xtatilgan kunga qadar 
tegishli stajga ega bo‘lgan bo‘lsa, mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligiga chalinganlik 
oqibatida vafot etgan taqdirda esa — boquvchining ish stajidan qat’i nazar. 
Umumiy kasallik oqibatida vafot etgan hamda nogironlik pensiyasini tayinlash uchun 
etarlicha ish stajiga ega bo‘lmagan boquvchisini yo‘qotgan oila a’zolariga pensiya boquvchining 
bor stajiga mutanosib ravishdagi miqdorda tayinlanash. 
5. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda Pensiya jamg’armasi 
faoliyatining muammolari va ularni bartaraf etish choralari 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati ijtimoiy masalalar, ijtimoiy sohani 
moliyaviy ta’minlash masalalariga alohida e’tibor bera boshladi. Qabul qilingan bir necha 
me’yoriy va qonuniy hujjatlar asosida Pensiya jamg‘armasini boshqarish borasida uning 
strukturasiga ko‘plab o‘zgartirishlar kiritildi. Mamlakatda amalga oshirilgan chora-tadbirlar 
pensiya tizimining qator muammolarini to‘liq hal qilish imkonini bermadi. Bunday muammolar 
qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: 

majburiy pensiya badallarining nisbatan yuqoriligi, pensiya badallari to‘lovi bo‘yicha 
ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi tafovutning kattaligi; 

pensiya jamg‘armasiga majburiy badallar bo‘yicha boqimandalarning miqdori nisbatan 
yuqoriligi; 

pensiya jamg‘armasidan uning maqsadlariga nomuvofiq ravishda nafaqalar to‘lash 
amaliyotini davom etayotganligi. 
Bu muammolar keyingi 10 yillik davomida bir qator me’yoriy va qonuniy hujjatlarga 
o‘zgartirishlar kiritish asosida bosqichma-bosqich bartaraf etib borildi. Bularni quyidagilarda 
ko‘rish mumkin:

Pensiya jamg‘armasi O‘zbekiston Respublikasining budjetdan tashqari Pensiya 
jamg‘armasiga aylantirildi hamda unga to‘lanadigan majburiy to‘lovlar davlat soliqlari va 
yig‘imlariga tenglashtiriladi, hamda budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga mablag‘ to‘plash va 
mablag‘ to‘liq tushishi ustidan nazorat qilish funksiyasini O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq 
qo‘mitasiga yuklatildi; 

Pensiya jamg‘armasidan uning maqsadlariga nomuvofiq ravishda nafaqalar to‘lash 
amaliyotini kamaytirish maqsadida, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tug‘ish 


hamda bolalikdan nogironlik nafaqalari mablag‘larini moliyalashtirish manbai budjetdan tashqari 
Pensiya jamg‘armasi mablag‘laridan chiqarildi; 

Pensiya jamg‘armasidan chiqarilgan nafaqalar miqdori hisobiga unga to‘lanadigan 
yagona ijtimoiy to‘lov miqdori kamayib, budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy 
sug‘urta badali o‘rtasidagi tafovut qisqarib bordi. 

Pensiya jamg‘armasining mablag‘laridan samarali foydalanish maqsadida O‘zbekiston 
Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonuniga qator 
o‘zgartirishlar kiritilishi asosida samarasiz muddatidan oldin yoshga doir pensiya chiqish va turli 
boshqa imtiyozlar kamaytirildi va boshqalar. 
Bu borada ko‘plab ishlar amalga oshirilgan bo‘lsada, hali hanuz qonunchiligimizga 
kiritilishi kerak bo‘lgan o‘zgartirish ko‘plab topiladi. O‘zbekiston Respublikasining 
“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunining tahlili ko‘rsatishicha, 
amaliyotda ko‘pchilik hollarda belgilangan pensiya miqdori ishlovchining pensiya jamg‘armasiga 
to‘laydigan majburiy badallaridan miqdor va hajmlari bilan bevosita bog‘lanmagan. Birinchidan, 
jinsi bo‘yicha fuqarolarning pensiya jamg‘armasining daromad va xarajat qismlaridagi ishtirokida 
nomuvofiqlik mavjud. 2015 yil 1 yanvar holatiga ayollarning yoshga doir pensiya oluvchilar 
tarkibidagi ulushi 66.96 foizni tashkil qilgan va bu ko‘rsatkich yildan-yilga o‘sib bormoqda. 
Yoshga doir pensiya olish huquqiga ega bo‘lish uchun ayollar pensiya jamg‘armasida 20 
yil, erkaklar esa 25 yil davomida ishtirok etishi kerak. o‘rtacha umr ko‘rish darajasi 7 yilga uzayib, 
erkaklar o‘rtasida 73,5 yoshga, ayollar o‘rtasida 75,8 yoshga yetganini hisobga oladigan bo‘lsak, 
ayollar pensiya jamg‘armasining xarajatlar qismidagi salmog‘i ko‘proq. 
Pensiya belgilashda jinsi bo‘yicha fuqarolarning pensiya jamg‘armasining daromad 
qismida ishtirokining har bir yilini baholashda ancha farqlar mavjud. Ayollarning pensiya 
jamg‘armasida ishtirokining har bir yili 2,75% (talab etiladigan staj – 20 yil), erkaklarda – 2,2% 
(talab etiladigan staj – 25 yil) kabi baholanadi. 
Qonunchilik aholining ko‘pchilik toifalari va guruhlariga stajni ikkiga ko‘paytirib 
hisoblash, ishlamagan davrlarni stajga hisoblash (guruh nogironiga yoki 16 yoshgacha bo‘lgan 
nogiron bolaga, shuningdek 80 yoshga to‘lgan qariyalarga qarab turilgan vaqti, farzand 3 yoshga 
to‘lguniga qadar parvarishlash vaqti va ofitserlar tarkibidan bo‘lgan shaxslarning, 
praporshchiklarning, michmanlarning va muddatdan tashqari xizmat harbiy xizmatchilarning 
xotinlari, ularni ishga joylashtirish imkoniyati bo‘lmagan joylarda erlari bilan yashagan vaqti) va 
pensiya xarajatlarining qo‘shimcha manbalariga ega bo‘lmagan turli qo‘shimchalar ko‘rinishidagi 
salmoqli imtiyozlar beradi. 
Bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida pensiyani tayinlash uchun hujjatlarni 
rasmiylashtirish va ularning to‘g‘ri hisoblanishini tekshirish muammosi vujudga keladi. Bozor 
iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida respublikamizda mulkchilik shakllarini rivojlantirishga katta e’tibor 
qaratilayotgan va tuzilmaviy o‘zgarishlar amalga oshirilayotgan davrda ko‘pchilik 
muassasalarning o‘z nomlanishi va idoraviy bo‘ysunganligini o‘zgartirayotganligi, korxonalarni 
qayta tashkil etish, tugatish yoki yangi tashkil etilishi natijasida ularning tez harakatlanishi ro‘y 
bermoqda. Bularning hammasi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari ishini 
qiyinlashtiradi va pensiyalarni hujjatlashtirish bilan bog‘liq qo‘shimcha muammolarni keltirib 
chiqarmoqda. Bozor munosabatlarini shakllanishi va chuqurlashuvi jarayonida bunday muammolar 
yanada ko‘payib boradi. Shuning uchun hozirdanoq pensiya jamg‘armasi bo‘limlarida ish staji va 
pensiya badallarini elektron bazasini yuritishga o‘tish darkor. Uning ma’lumotlar bazasini soliq 
to‘lovchilarning identifikatsion raqami asosida yuritilishi va baza markazlashtirilgan holda 
boshqarilishi maqsadga muvofiq deb o‘ylayman. 
Jahon tajribasidan ma’lumki, pensiya jamg‘armasi daromadlari va xarajatlari 
mutanosibligini ta’minlash, xarajatlari ustidan samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish, 
daromadlarini o‘z vaqtida shakllantirish, tushumlarni uzluksiz tushishini ta’minlash ular samarali 
faoliyatining muhim omili hisoblanadi. Tayinlangan pensiya va nafaqalarni o‘z vaqtida va 


belgilangan hajmda mablag‘ bilan ta’minlashda pensiya jamg‘armasi daromadlarini barqaror 
darajada bo‘lishi talab etadi. 
Shu bilan birga, vaqt rejimida kelib tushishi kerak bo‘lgan tushumlarni xarajatlar hajmiga 
mutanosib ravishda ta’minlab borish bir muncha murakkab jarayondir. 
Umuman, aholining keksayishi o‘sib borayotgan bir sharoitda pensiya ta’minotiga va 
pensiya yoshidagilarga xizmat ko‘rsatishga (tibbiy xizmat, pensionerlarni boqish va hk.) ketadigan 
xarajatlarga manbalar qidirish muammosini dolzarb qilib qo‘ymoqda. Yevropa mamlakatlarida 
aholining keksayishi bilan bog‘liq pensiya ta’minotiga xarajatlar yaqin 10-30-yil ichida YaIM ning 
14-20 foizidan oshib ketdi. 
Ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, 60 yoshli keksalar aholining umumiy sonida 2005-yil 6,2 fozini 
tashkil etgan bo‘lsa, 2015-yilga kelib bu ko‘rsatkich 8,5 foizga yetdi.
40
Shu bois ham, respublikamizda istiqbolda umumiy aholi tarkibida keksalar salmog‘ining 
oshib borishi pensiya jamg‘armasi daromad manbalarini barqaror darajasini ta’minlashni, daromad 
manbalarini kengaytirishni taqazo etmoqda. 
Mamlakatimiz pensiya ta’minotining moliyaviy muammolari ko‘p jihatdan imtiyozli 
pensiya ta’minoti muammolari bilan bog‘liq. 2011 yil 1 yanvardan boshlab ko‘plab maqsadsiz, 
samarasiz imtiyozlarning kamaytirilishiga qaramasdan hozirda ularning soni jami yoshga doir 
pensiya oluvchilar tarkibida 40 foizdan ortiq qisminini tashkil etadi. 
Rejalashtirilgan birdamlik, taqqsimot tizimida imtiyozli pensiyalar alohida kategoriyadagi 
mehnat faoliyati kasblar va lavozimlarga, zararli mehnat sharoitlari va pasaytirilgan ish haqini 
kompensatsiyalashning o‘ziga xos yo‘li sifatida qaralib kelingan. Biroq, bozor munosabatlariga 
o‘tish sharoitida, korxonalar haq to‘lashning miqdori va shaklini, shuningdek mehnat sharoitlarini 
o‘zlari belgilaganida, imtiyozli pensiya ta’minoti o‘zining avvalgi maqomini yo‘qotmadi. Zararli 
va og‘ir mehnat sharoitlari uchun beriladigan kompensatsiya bugungi kunda ishlovchilarning ish 
haqlari miqdoriga kiritilgan. Bundan tashqari ko‘pchilik kasb turlari, yangi, ancha zamonaviy 
zararsiz, ilg‘or texnologiya va mexanizmlar qo‘llanilayotganligi sababli, oldingidek zararli va og‘ir 
hisoblanmaydi. Bularni inobatga olgan holda imtiyozli asosda pensiyaga chiqishdan bosqichma-
bosqich voz kechish lozim. 
“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunning 14-moddasiga asosan 
texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, xodimlar soni (shtati) 
yoki ish xususiyatining o‘zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning 
tugatilganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan va ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslar: 
erkaklar - 58 yoshga to‘lganda va ish staji kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda; 
ayollar - 53 yoshga to‘lganda va ish staji kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda pensiya olish 
huquqiga ega bo‘ladilar va pensiya Aholini ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi jamg‘armasi 
mablag‘lari hisobidan qoplanadi. Oxirgi yillarda yagona ijtimoiy to‘lovdan bu jamg‘armaga 
faqatgina 0,1 foiz miqdorida ajratma ajratilayotgani bu imtiyoz bo‘yicha pensiya tayinlashni 
qisqarib ketganligiga sabab bo‘lmoqda. hozirda bu imtiyoz bo‘yicha pensiya oluvchilar oz 
miqdorni tashkil qilmoqda. 
Arxiv xizmati faoliyatidagi ko‘plab aniqlanayotgan kamchiliklardan kelib chiqib, 
arxivlarga topshirilayotgan hujjatlarning sifatsizligi hamda umuman topshirmaslik holatlari 
ommaviy uchrayotganligi ayniqsa tugatilgan tadbirkorlik subyektlarining tugatishda ish staji va ish 
haqiga doir ma’lumotlar arxiv idoralariga topshirilmay bekilib yoki tugatilib ketayotganligi ham 
tashvishli hol sifatida qaralmog‘i zarur. 
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining tashqi mehnat migratsiyasi 
masalalari bo‘yicha agentligi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida hozirgi paytda chet elda 
(asosan Koreya Respublikasida) mehnat qilib kelgan fuqarolarning ish stajini tasdiqlab, ularning 
mehnat daftarchalariga tegishli yozuv kiritish bilan shug‘ullanmoqda. Biroq, chet elda ishlab 
kelgan fuqarolar tomonidan qachon, qancha ijtimoiy sug‘urta badali Pensiya jamg‘armasiga 
40
D.RRasulova. Chexiya pensiya ta ‘minoti tizimi va uning isloh qilinishi. Bozor, pul, kredit. 2013y, 3-son, 58-bet 


to‘langanligi to‘g'risida ma‘lumotlar bazasi mavjud emas. Hatto bu borada Davlat Soliq Qo‘mitasi 
ham nazorat o‘rnatmagan. Asosiy sabab ushbu badallarni to‘lash ixtiyoriy ravishda amalga 
oshirilib, faqat badal to‘langan davr ish stajiga qo‘shilishi belgilangan.
Mehnat va Moliya vazirligi hamda Davlat soliq Qo‘mitasi, Markaziy bank birgalikda chet 
elda mehnat qilgan fuqarolarning sug‘urta badallarini Pensiya jamg‘armasiga to‘lash va mehnat 
stajini inobatga olish bo‘yicha Nizom ishlab chiqish hamda belgilangan tartibda tasdiqlash lozim. 
Bunda, ma’lumotlar bazasini Pensiya jamg‘armasida shakllantirish (keyinchalik pensiya 
tayinlashda foydalanish uchun), agentlik davriy ma’lumotlar taqdim etib borishi va shunga asosan 
mehnat daftarchalariga tegishli yozuv kiritish huquqi Pensiya jamg‘armasining hududiy 
boshqarmalariga berilishi zarur deb hisoblaymiz. 
Pensiya tizimidagi muhim kamchiliklardan yana biri pensiya miqdorining kamligi va 
pensiya ta’minotidagi mavjud tenglashtirish tamoyilidir. Bunga asosiy sabablar pensiya sohasida 
imtiyozlarning katta miqdordagi ulushi yaqin kunlarga qadar saqlanib kelganligi, mehnat stajiga 
ko‘plab qo‘shimchalar berish, mustaqillikning dastlabki yillari davrida jamg‘armaga majburiy 
to‘lovlarning o‘z vaqtida tushishi va to‘g‘ri hisoblanishiga katta e’tibor berilmaganligi va albatta 
yaqin kunlarga qadar Pensiya jamg‘armasidan o‘z maqsadiga nomuvofiq ravishda nafaqalarga 
moliyalashtirilib kelinganligidir. Bundan kelib chiqadiki, iqtisodiyotning hozirgi holatida pensiya 
miqdoriga va uning tabaqalashuv darajasiga jiddiy ta’sir ko‘rsatish imkoniyatlari yo‘q, chunki 
badal to‘lovchilardan qancha mablag‘ tushsa, shuncha mablag‘ pensionerlar o‘rtasida taqsimlanishi 
mumkin. Eng kam pensiyani miqdorining mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori bilan 
amaldagi aloqasi pensiya miqdorini shakllantirish tamoyili bilan munosib emas, hukumat pensiya 
va boshqa ijtimoiy to‘lovlarning oshirish imkoniyatini oldindan tahlil qilmasdan turib mehnatga 
haq to‘lashning eng kam miqdorini oshira olmaydi. Pensiya ta’minoti qonunchiligiga ko‘ra, 
pensiya tayinlashda uning miqdori o‘rtacha ish haqi miqdoridan kelib chiqib belgilanadi va uning 
pensiya tayinlashdagi yuqori hisobga olish miqdori o‘rtacha ish haqining 8 barobarini tashkil 
etadi. Pensiyaning eng kam va eng yuqori darajalaridagi farqlanishning keskinligi pensiya 
tizimining rag‘batlantiruvchilik rolini samarali amalga oshirilishini va ishlashini ta’minlamaydi. 

Download 490.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling