3-mavzu: byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasi ma’ruza rejasi


-rasm. O‘zbekiston Respublikasida davlat pensiyalarining turlari


Download 490.07 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana16.06.2023
Hajmi490.07 Kb.
#1500250
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-M. Byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasi

3.1-rasm. O‘zbekiston Respublikasida davlat pensiyalarining turlari
35
 
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibda davlat 
tomonidan pensiya bilan ta’minlanish huquqiga egadirlar. Respublika hududidan tashqarida yashab 
turgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolarini pensiya bilan ta’minlash O‘zbekiston 
Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasida 
doimiy yashab turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, O‘zbekiston 
Respublikasi fuqarolari bilan teng ravishda pensiya olish huquqiga egadirlar. Ish stajiga ega 
bo‘lmagan fuqarolar va ularning oilalari ushbu Qonunga binoan davlat pensiyalari olish huquqiga 
ega emaslar. Ularning ijtimoiy ta’minlanish tartibini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi belgilab qo‘yadi. 
O‘zbekiston Respublikasida davlat pensiyalarining quyidagi turlari belgilanadi (2.1-
rasm): 

yoshga doir pensiya;

nogironlik pensiyasi; 

boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi. 
O‘zbekiston Respublikasi “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi 
Qonunning 25-moddasiga asosan, pensiya miqdorini tarkibini 2.2-rasm orqali ko‘rish mumkin. 
3.2-rasm. O‘zbekiston Respublikasida pensiya tarkibining tuzulishi
36
 
Fuqarolar pensiya olish huquqi paydo bo‘lganidan so‘ng istalgan paytda pensiya 
tayinlashni so‘rab murojaat etishlari mumkin. Davlat pensiyalarining turli xillarini olish huquqiga 
ega bo‘lgan fuqarolarga ularning o‘zlari tanlagan bitta pensiya tayinlanadi. Harbiy xizmatchilarni, 
shuningdek ichki ishlar organlarining boshliqlar va oddiy xodimlar tarkibidan bo‘lgan shaxslarni 
hamda ularning oila a’zolarini pensiya bilan ta’minlash shartlari, normalari va tartibi O‘zbekiston 
Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Ularga ushbu Qonunda nazarda tutilgan asoslarda 
pensiyalar olish huquqi ham beriladi. Bunda harbiy xizmatchilar, shuningdek ichki ishlar organlari 
boshliqlar va oddiy xodimlar tarkibidan bo‘lgan shaxslar pul ta’minotining barcha turlari fuqaro 
shaxslarning ish haqi singari bir xilda hisobga olinadi. 

Download 490.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling