3-mavzu: byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasi ma’ruza rejasi


  Pensiyalarning turlari, ularni belgilash va hisoblash tartibi


Download 490.07 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana16.06.2023
Hajmi490.07 Kb.
#1500250
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-M. Byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasi

 
4. 
Pensiyalarning turlari, ularni belgilash va hisoblash tartibi 
Bugungi kunda respublikamizda jami 3 mlndan ortiq pensiya oluvchilar mavjud bo‘lib, 
Respublikamiz aholisining 9,9 %ni tashkil etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika 
Qo‘mitasining rasmiy ma’lumotlari asosida tahlil qiladigan bo‘lsak 2015 yil 1-yanvar holatida 
35
Xaitov A.A. O‘zbekistonda pensiya ta’minoti va xorij tajribasi. T.: Adolat. 2009 yil, b.89 
36
O’zbekiston Respublikasi “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida”gi Qonunning 25-moddasiga asosan. 
Pensiya tarkibining tuzilishi 
Qo’shiladigan 
ustama haqlar 
Ish staji uchun pensiyaning
oshirilishi 
Pensiyaning 
tayanch miqdori 


Respublikamiz bo‘yicha jami 3090900 kishi pensiya ta’minoti bo‘yicha ijtimoiy nafaqalar va 
pensiya oluvchilar sifatida qayd etilgan. Shundan nogironlik bo‘yicha pensiyalar oluvchilar soni 
o‘tgan yilga nisbatan kamayib, jami 391900 kishini tashkil etgan. 
Yoshga doir pensiya olish huquqiga: 
erkaklar — 60 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda; 
ayollar — 55 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda ega 
bo‘ladilar. 
Pensiya tayinlash uchun etarlicha ish stajiga ega bo‘lmagan shaxslarga yoshga doir 
pensiyalar kamida 5 yil ish staji mavjud bo‘lgan taqdirda, bor stajga mutanosib miqdorda 
tayinlanadi. 
3.3-rasm.O‘zbekiston Respublikasida 2016 yil 1 yanvar holatida to‘lanayotgan 
pensiyalarning ulushi
37
 
 
Yoshga doir pensiyalar 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan ro‘yxatlarga muvofiq 
fuqarolarning ayrim toifalari imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar, chunonchi: 

Yoshidan qat’i nazar pensiya olish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, 
ishlar, kasblar va lavozimlar

Umumiy belgilangan yoshni 10 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqini beradigan 
ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlar; 

Umumiy belgilangan yoshni 5 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqini beradigan 
ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, vazifalar va ko‘rsatkichlar. 

Imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqiga urush nogironlari, bolalikdan nogiron 
farzandlarning onalari, liliputlar va pakanalar ham ega. 
Yoshidan qat’i nazar, quyidagilar imtiyozli pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar: 
a) kon sanoatidagi etakchi kasb egalari bo‘lgan xodimlar — basharti, ular ana shu ishlarda 
kamida 20 yil ishlagan bo‘lsalar ; 
b) bevosita erosti va ochiq kon ishlarida (shu jumladan, kon-qutqaruv qismlarining 
shaxsiy tarkibi) ko‘mir, ma’danlar va boshqa foydali qazilmalarni qazib olishda, shaxtalar va 
konlar qurilishida to‘liq ish kuni davomida band bo‘lgan xodimlar — basharti, ular ana shu 
ishlarda kamida 25 yil ishlagan bo‘lsalar; 
37
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika Qo‘mitasi ma’lumotlari asosida talaba tomonidan tuzildi. 


v) uchuvchilar va uchuvchi-sinovchilar tarkibiga kiruvchi xodimlar, ular xizmat qilgan 
korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar, belgilangan 
xizmat muddatini ana shu lavozimlarda erkaklar kamida 25 yil va ayollar kamida 20 yil ado 
etganlari taqdirda . 
Yuqorida qayd etib o‘tilgan xodimlar salomatligiga (kasalligiga) ko‘ra uchish ishlaridan 
bo‘shatilgan taqdirda, belgilangan xizmat muddatini — erkaklar kamida 20 yil va ayollar kamida 
15 yil ado etgan bo‘lsalar; 
g) teatrlar va boshqa teatr-tomosha korxonalari artistlarining ayrim toifalari: 
ijodiy ish staji kamida 20 yil bo‘lganda; 
ijodiy ish staji kamida 25 yil bo‘lganda ; 
ijodiy ish staji kamida 30 yil bo‘lganda ; 
d) sportchilarning ayrim toifalari — ish staji kamida 20 yil bo‘lganda . 
Oxirgi ish joyidan qat’i nazar, quyidagilar belgilangan yoshni 10 yilga qisqartirilgan 
holda pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar: 
a) erosti ishlarida, mehnat sharoiti o‘ta zararli va o‘ta og‘ir ishlarda to‘liq ish kuni 
davomida band bo‘lgan xodimlar : 

erkaklar — ish staji kamida 20 yil bo‘lib, bundan kamida 10 yili ko‘rsatib o‘tilgan ishlarga 
to‘g‘ri kelgan taqdirda; 

ayollar — ish staji kamida 15 yil bo‘lib, bundan kamida 7 yilu 6 oyi ko‘rsatib o‘tilgan 
ishlarga to‘g‘ri kelgan taqdirda. 
Er osti ishlaridagi mehnat staji erkaklarda 10 yildan kam va ayollarda 7 yilu 6 oydan kam 
bo‘lgan hollarda xodimlarga bu ishlardagi har bir to‘liq yil uchun pensiya yoshi 1 yilga 
qisqartiriladi. 
Mehnat sharoiti o‘ta zararli va o‘ta og‘ir ishlarda — erkaklar kamida 5 yil, ayollar kamida 
3 yil 9 oy — ishlagan xodimlarga pensiya yoshi shunday ishda band bo‘lingan har bir to‘liq yil 
uchun 1 yilga qisqartirilgan holda tayinlanadi
b) tsirklar va kontsert tashkilotlari artistlarining ayrim toifalari ijodiy ishdagi staji kamida 
20 yil bo‘lgan taqdirda. 
Oxirgi ish joyidan qat’i nazar, quyidagilar belgilangan yoshni 5 yilga qisqartirilgan holda 
pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar: 
a) urush nogironlari va ularga tenglashtirilgan shaxslar; 
b) mehnat sharoiti zararli va og‘ir ishlarda to‘liq ish kuni davomida band bo‘lgan 
xodimlar : 

erkaklar — ish staji kamida 25 yil bo‘lib, bundan kamida 12 yilu 6 oyi ko‘rsatib o‘tilgan 
ishlarga to‘g‘ri kelgan taqdirda; 

ayollar — ish staji kamida 20 yil bo‘lib, bundan kamida 10 yili ko‘rsatib o‘tilgan ishlarga 
to‘g‘ri kelgan taqdirda. 
Mehnat sharoiti zararli va og‘ir ishlarda — erkaklar kamida 6 yilu 3 oy, ayollar kamida 5 
yil — ishlagan xodimlarga pensiya yoshi erkaklarning bunday ishdagi har 2 yilu 6 oyi uchun va 
ayollarning bunday ishdagi har 2 yili uchun 1 yilga qisqartirilgan holda tayinlanadi; 
z) bolalikdan nogiron farzandlarning onalari ularni sakkiz yoshgacha tarbiyalagan bo‘lsa 
— ish staji kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda. Basharti, ayol o‘gay o‘g‘il va o‘gay qizni ular 8 yoshga 
to‘lguniga qadar kamida 5 yil tarbiyalagan bo‘lsa, pensiya tayinlashda ular haqiqiy farzandlar bilan 
teng ravishda hisobga olinadi; 
k) nogiron bolalar uchun ixtisoslashgan ta’lim muassasalari, «Mehribonlik» uylari, harbiy 
akademik litseylar, tarbiya koloniyalari o‘qituvchilari — maxsus ish staji kamida 25 yil bo‘lgan 
taqdirda ; 
l) ixtisoslashgan tibbiy muassasalarning shifokorlari va o‘rta tibbiy xodimlari — maxsus 
ish staji qishloq joyda kamida 25 yil va shaharlarda kamida 30 yil bo‘lgan taqdirda; 
m) mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlarining qariyalar, nogironlar va 
yolg‘iz fuqarolarga xizmat ko‘rsatishda bevosita band bo‘lgan xodimlari : 



erkaklar — maxsus ish staji kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda; 

ayollar — maxsus ish staji kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda. 
Belgilangan yoshni 15 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqiga gipofizar mittilik 
kasaliga chalinganlar (liliputlar) va gavda tuzilishida mutanosiblik buzilgan pakanalar: 

erkaklar — ish staji kamida 20 yil bo‘lganda; 

ayollar — ish staji kamida 15 yil bo‘lganda ega bo‘ladilar. 
Texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, xodimlar 
soni (shtati) yoki ish xususiyatining o‘zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud 
korxonaning tugatilganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan va ishsiz deb e’tirof etilgan 
shaxslar: 
1. erkaklar — 58 yoshga to‘lganda va ish staji kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda; 
2. ayollar — 53 yoshga to‘lganda va ish staji kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda pensiya olish 
huquqiga ega bo‘ladilar. 

Download 490.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling