3-mavzu. Didaktika pedagogik ta’lim nazariyasi. O`qitish jarayoni yaxlit tizim sifatida. Ta’lim mazmuni
Download 1.19 Mb.
|
Umumiy pedagogikadan 3-seminar topshirig\'i
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu yuzasidan savol va topshiqriqlar
TARQATMA MATERIAL
Muammoli vaziyat. 3-sinf o’quvchisining onasi hikoya qiladi: Avvallari o’g’limning hamma ishi joyida edi. Men ishlamasdim, unga ko’p vaqt ajratardim. Ishga kirganimdan so’ng «ikki baholar» ola boshladi. Kechqurun darsini tekshirsam, topshiriqlarning bir qismi bajarilmagan, bajarilagni esa iflos, tushunarsiz bo’lgani uchun uni qayta ko’chirish kerak. Lekin qachon ulgurardi? Uxlash vaqti bo’lib qolardi. Ota-onaning xatosi nimada? Siz qanday yo’l tutardingiz? Yodda saqlang! 2. Ta’limda onglilik, faollik va mustaqillik qoidasining hozirgi kundagi ahamiyatini ochib bering. Ta’limning har bir qoidasi (prinsip) ham o’zining muhim o’rniga egaligi aytilib, hozirgi kun talabi asosida ayniqsa onglilik, faollik va mustaqillik qoidasi juda muhim ahamiyat kasb etayotganligiga e’tibor qaratiladi. Chunki Ta’lim qonunimiz, milliy dastur va Prezidentimiz qo’yayotgan talablarda ham faol, mustaqil fikrlaydigan yoshlarni tarbiyalashga katta e’tibor qaratilmoqda, ta’lim jarayoniga kirib kelayotgan yangi pedagogik texnologiyalar ham shuni talab etayotganligi haqidagi qarashlar yoritib beriladi. E’tibor bering! Ta’lim tizimi isloh qilinayotgan hozirgi jarayonda yoshlarning mustaqil fikr yuritishi, mustaqil suratda bilim olishga intilishi talab qilinadi. Buning natijasida bilimlarni o’zlashtirish jarayoni ijodiy tus oladi. Bunday jarayonda o’qituvchi o’quvchining mashg’ulotlarga munosabati va bu jarayonda o’zini qanday tutishga e’tibor bermog’i lozim. Shunday ekan, ta’limning samaradorligi o’qituvchining o’quvchilarni o’qishga izchil va muntazam qiziqtirib borishga bog’liqdir. Buning uchun o’qituvchi ularni o’qishga ijodiy munosabatda bo’lishga, mustaqillikka, ishchanlikka odatlantirishi lozim. Mavzu yuzasidan savol va topshiqriqlarPedagogik jarayon mohiyati va tuzilmasini ko`rsating Pedagogik jarayon tamoyillarini sanab bering Tarbiyaning maqsadi nimadan iborat? SHaxsan Siz tarbiyaning vazifalarini qanday tushunasiz? Tarbiyaning turlaridan qay birini siz eng muhim deb hisoblaysiz, nima uchun? “Didaktika” tushunchasini ta’riflab bering. Didaktikaning predmeti va ob’ekti nimalardan iborat? Didaktikaning asosiy vazifalari nimalardan iborat? Didaktikaning asosiy kategoriyalari qaysilar? Didaktik konsepsiyalardan qaysilari bilan tanishsiz? Rivojlantiruvchi konsepsiyaning mohiyati nimadan iborat? Rivojlantiruvchi ta’limnig asosiy tamoyillari qaysilar? Muammoli ta’limning mohiyati nimadan iborat? “Ta’lim va tarbiyaning insonparvarlik, demokratik xususiyatlari” tushunchasini Siz qanday tushunasiz? Zamonaviy didaktik tizimning o’ziga xos belgilari nimalardan iborat? Pedagogik paradigma nima? Ta’limning asosiy paradigmalarini aytib bering. Download 1.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling