3-Mavzu. Dorixona gigiyenasining umumiy asoslari. Kimyo-farmatsevtika korxonalarida yoritilganlik Ma’ruzaning maqsadi


Yorug‘likning gigiyenik ahamiyati


Download 489.69 Kb.
bet6/9
Sana16.06.2023
Hajmi489.69 Kb.
#1504207
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Yorug‘likning gigiyenik ahamiyati
Organizmga ta’sir qiladigan tashqi muhit omillari orasida yorug‘lik dastlabki o‘rinlardan birini egallaydi. Yorug‘lik ko‘ruv organiga ta’sir qilibgina qolmay, umuman butun organizmga ham ta’sir ko‘rsatadi. Yorug‘lik ta’siri ostida organizmning fiziologik va psixik reaksiyalari qayta tuziladi, organizmning umumiy tonusi o‘zgarib, u faol holatga o‘tadi.
Tabiiy yorug‘likning organizmdagi xilma-xil jarayonlarga ta’sir ko‘rsatib, o‘sishni tezlashtirishi, moddalar almashinuvi protsesslarini jonlantirishi, gazlar almashinuvini kuchaytirishi aniqlangan. Yoritish sharoitlari yaxshi bo‘lmasa, odamning umumiy kayfiyati, ruhiyati yomonlashib, jismoniy va aqliy qobiliyati pasayib qoladi. Yaxshi yorug‘ tushib turmasligi tufayli ko‘zga doim zo‘r kelishi oqibatida maktab o‘quvchilari ko‘zining yaqindan ko‘radigan bo‘lib qolishini F. Erisman 1870 yildayoq ishonarli qilib isbotlab bergan edi.
Quyosh nuri spektri tarkibiga kiradigan ultrabinafsha nurlarning bakteritsid ta’siri gigiyenik jixatdan alohida ahamiyatga egadir. Ultrabinafsha nurlar ta’siri ostida bakteriyalarning rivojlanishi susayib qoladi, bu nurlar etarlicha uzoq ta’sir ko‘rsatib turganida esa, bakteriyalar halok bo‘lib ketadi.
Tabiiy va sun’iy yorug‘likning etarli darajada tushib turishi sog‘lomlashtiruvchi va madaniy ishlar orasida katta ahamiyatga ega.
Yorug‘likni xarakterlaydigan asosiy miqdorlar va ularning o‘lchov birliklari
Yorug‘likning kuchi. Turli manbalarning yorug‘liklari har xil spektrlarga ega bo‘lgani uchun sifat jihatdan va yorug‘lik sistemasiga ko‘ra miqdor jihatdan farq qilishi mumkin. Yorug‘lik kuchi shamlar bilan ifodalanadi. Bu birlikning qiymati platinaning qotish temperaturasidagi to‘la nurlatgichning ravshanligi 1 sm2 ga 60 sb ga baravar deb qabul qilinadi.
Ravshanlik. Ravshanlik ko‘z bevosita sezadigan yorug‘lik miqdoridir. Ravshanlik miqdori nur sochib turgan yuza birligining mazkur yo‘nalishda yarqirayotgan yorug‘lik oqimi zichligi bilan belgilanadi. Ravshanlik nitlar (nt) va stilblar (sb) bilan ifoda etiladi.

Download 489.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling