3-Mavzu. Dorixona gigiyenasining umumiy asoslari. Kimyo-farmatsevtika korxonalarida yoritilganlik Ma’ruzaning maqsadi


Binolarning tabiiy yorug‘liq bilan yoritilganlik darajasini belgilab beradigan omillar


Download 489.69 Kb.
bet7/9
Sana16.06.2023
Hajmi489.69 Kb.
#1504207
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Binolarning tabiiy yorug‘liq bilan yoritilganlik darajasini belgilab beradigan omillar
Binolarning tabiiy yorug‘lik bilan yoritilganlik darajasi quyidagi omillarga bog‘liq.
Yorug‘lik iqlimi. Quyosh nurlarining intensivligi joyning geografik kengligi, quyoshning nechog‘li baland turganligi, havoda bulut bor-yo‘qligi va atmosfera havosining nechog‘li musaffoligiga qarab o‘zgarib turadi. Tabiiy yorug‘lik bilan yoritilish darajasining mazkur joyda kun soatlari va yil oylari sari o‘zgarib turishi o‘sha joyning yorug‘lik iqlimi deb ataladi. Qurilishni loyihalashtirishda yorug‘lik iqliminiig shart-sharoitlari hisobga olinadi: shu sharoitlarga qarab binolar hammadan qulay qilib (kungay tomonga yoki terskay tomonga qaratib) solinadi, deraza o‘rinlari va normal yorug‘ tushib turishi uchun zarur deraza yuzalari shu sharoitlarga qarab tanlanadi va olinadi.
Derazalarning orientatsiyasi. Derazalarning kunga yoki teskari tomonga qaragan bo‘lishi binolarning tabiiy yorug‘lik bilan yoritilishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Binolarning kunga tomonga nisbatan to‘g‘ri qurishni derazalar orqali xonalarga tik quyosh nurlari tushib turishiga imkon beradi, bu - sog‘lomlashtiruvchi kuchli omildir.
Turarjoy binolarida gigiyena nuqtai nazaridan har bir xonaga tik quyosh nurlari tushadigan va yilning har qanday faslida ham xonaga imkoni boricha uzoqroq oftob tushib turadigan bo‘lishi zarur deb hisoblamoq kerak.
O’z-o‘zidan ravshanki, binoni qaysi tomonga qaratib qurish kerakligini aniqlashda iqlim xususiyatlarini hisobga olmoq lozim: bir tomondan xonalarga tik quyosh nurlari yetarlicha tushib turadigan bo‘lishi, ikkinchi tomondan esa yilning issiq faslida xonalarning ortiqcha qizib ketishiga yo‘l qo‘yilmaydigan bo‘lishi kerak. Mo‘‘tadil iqlimda (45° shimoliy kenglikdan shimolroqda) turarjoy xonalarining derazalari janubi-sharq, janubga qarab turadigan bo‘lsa, hammadan qulay xisoblanadi.
Deraza oynalarining sifati va ularga qarab turish. Odatdagi deraza oynasida talaygina miqdorda temir (asosan Fe2O3), titan, xrom va boshqa elementlarning rangli birikmalari bo‘ladi. Bu birikmalar derazalarning oynasidan xona ichiga tushadigan yorug‘lik miqdorini kamaytirib qo‘yish bilangina qolmay, balki, eng muhimi, quyosh nurining to‘lqin uzunligi 300 mmk dan kam bo‘ladigan biologik jihatdan eng aktiv qismini ushlab qoladi va derazadan o‘tkazmaydi. Deraza bir qavat bo‘lsa, oyna orqali yorug‘lik o‘tkazish koeffitsienta 10—15% ga, qo‘sh qavat bo‘lsa, 25% gacha kamayadi.
Xonalarga ultrabinafsha nurlar tushib turishini ko‘­paytirish uchun maxsus uviol oynalar ishlatiladi. Bunday oynalarni tayyorlashga ketadigan materiallarga maxsus ishlov beriladi, shuning natijasida rangdor G‘e2O3 aralashmalarining miqdori 0,01~0,02% gacha kamayadi (odatdagi oynada 0,1 — 1%).
Ifloslangan oynalar va qish vaqtida xona havosidagi namning kondensatsiyalanishi natijasida muz bilan qoplanib qoladigan oynalar binolarning yoritilganlik darajasini ancha pasaytiradi.
Kondensatsiyalanadigan suvning sovuq deraza yuzida muzlab qolishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun qo‘sh qavat romlar orasiga suv o‘tadigan materiallar (masalan, sulfat kislota yoki kuydirilgan ko‘mir) qo‘yiladi (deraza oynalarning orasidagi bo‘shliq shamollatiladi yoki isitiladi).

Download 489.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling