3-Mavzu. Dorixona gigiyenasining umumiy asoslari. Kimyo-farmatsevtika korxonalarida yoritilganlik Ma’ruzaning maqsadi


Dorixonalarda mehnat sharoitini aniqlovchi texnologik jarayon va ishlab chiqarish omillarining asosiy gigiyenik tavsiyanomasi


Download 489.69 Kb.
bet4/9
Sana16.06.2023
Hajmi489.69 Kb.
#1504207
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Dorixonalarda mehnat sharoitini aniqlovchi texnologik jarayon va ishlab chiqarish omillarining asosiy gigiyenik tavsiyanomasi.
Dorixonada provizor va farmatsevt xodimlarining ishi ish faoliyatining murakkab va jiddiy turiga kiradi. Dorixona ishchilari tashqi muhit omillari, katta asab-psixologik aktivlik, kam qizg‘in mehnati va noqulay mikroiqlim sharoiti ta’siriga uchraydilar. Dorixona ishchilarining mehnat faoliyatining jismoniy to‘plami o‘rta og‘irlik chegarasidan o‘tmaydi, lekin ko‘zni zo‘riqishi, muammoli masalalarni hal etishdagi asab-hayajonlanishining ortishi (bemorlar bilan aloqada bo‘lish, standartga to‘g‘ri kelmaydigan yozuvlar yordamida alohida dorilarni tayyorlash, tayyorlangan dorilarning sifatiga javobgarlikni) bu mutaxassislikka katta diqqatni talab qiladi.
Birinchi tekshiruvlarda dorixonadagi mehnat sharoiti gigiyenik tavsiyanoma shuni ko‘rsatadiki, havosi yomon almashadigan, havo biologik aktiv moddalarga to‘yingan yopiq xonalarda uzoq vaqt qolishi natijasida organizmga salbiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlandi. Bajarilayotgan ishga katta ruhan javobgarligi ishlab chiqarish operatsiyalarini aniq, tez bajarilishi bilan bog‘liqligi va kuchli asab zo‘riqishi kuzatildi. Gigiyenistlar dorixona ishchilarining salomatligidagi barcha o‘zgarishlar, ish qobiliyatining va ishlab chiqarish jarayonining samaradorligini pasayishi dori tayyorlangandagi sanitariya-gigiyena rejimini buzilishi bilan bog‘liqligini aniqladilar.
Sanitariya gigiyena sharoitini buzilishi natijasida ammiak eritmasini, novshadil-anis tomchisi va boshqalarni qadoqlashda dorixona xonalari havodagi gazsimon moddalar aniqlandi. Ish zonasidagi havoda ammiak miqdori REK ancha ortishi, uning bug‘lari qo‘shni xonalarda tarqalganligi aniqlandi. Dori changlari, ayniqsa murakkab kukunsimon aralashmalarni tayyorlashda assistentlar, materiallar xonasi havosida aniqlanadi.
Mikroiqlim sharoitlarini o‘rganilayotganda dorixonaning ko‘pgina xonalarida mikroiqlimni buzilishi aniqlandi. Bundan tashqari dorixona ishchilari shovqin va ishlab chiqarish muhitining boshqa omillari ta’siriga uchrashi mumkinligi kuzatildi.
Shunday qilib, dorixona sharoitida dori preparatlarini tayyorlash jarayonida sanitariya rejimini buzilishi va gigiyename’yorlariga rioya qilinmasligi natijasida, ishchilarga ishlab chiqarish muhitidagi noqulay omillar ta’sir etishi mumkin. Bular ichida asosiysi bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: dori preparatlarining changi, toksik gaz va bug‘lar, mikroiqlim sharoiti, shovqin, mikrob omillari va boshqalar.

Download 489.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling