3-Mavzu. Elektr signali va uning turlari. Raqamli signallarni shakllantirish. Raqamli mikrosxemalarning turlari va shartli belgilari


Download 146.83 Kb.
bet2/3
Sana07.05.2023
Hajmi146.83 Kb.
#1440381
1   2   3
Bog'liq
3-Mavzu. Elektr signali va uning turlari. Raqamli signallarni sh

2. Yuqori chastotali tebranishlarning generatsiyasi


Asosiy talablar: chastotalar diapazoni, chastotaning turg‘unligi, quvvati (million vattgacha). Elektromagnit to‘lqinlarning chastotalar bo‘yicha bo‘linishi quyidagicha qabul qilingan:
Uzun: l = 10 km, 1 km, ƒ=30 kgs, 300 kgs;
O‘rta: l = 1000 m, 100 m, ƒ=300 kgs, 3 Mgs;
Qisqa: l = 100 m, 10 m, ƒ=3 Mgs, 30 Mgs.
Ultraqisqa (SVCh):
metrli: l = 10 m, 1 m, ƒ=30 kgs, 300 Mgs;
detsimetrli: l = 1.0 m, 0.1 m, ƒ=300 Mgs, 3 Ggs;
santimetrli: l  10 sm, 1 см, ƒ=3 Ggs, 30 Ggs;
millimetrli: l  10 mm, 1мм, ƒ=30 Ggs, 300 Ggs.
U yoki bu to‘lqinlar diapazonini tanlashda muayyan aloqa tizimi uchun quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi:
a) shu diapazonda elektromagnit to‘lqinlarini tarqalish xususiyatlari, to‘lqin tarqaladigan fazoning holati. Uzun to‘lqinлар Yerda yutilib ketadi, qisqa va ultraqisqalari esa to‘siqlarni aylanib o‘tmaydi. Uzun, o‘rta va qisqa to‘lqinlar atmosferaning yuqori qatlamlaridan qaytarilishi mumkin;
b) texnik sharoitlar: to‘lqin yuborish yo‘li, kerakli o‘lchamlardagi antenna qurilmasini qo‘llash, katta quvvatli tebranishlarni generatsiya qilish va ularni boshqarish, to‘lqinларни qabul qilish sxemalari. Agar o‘zining o‘lchamlari bilan antenna qurilmasi to‘lqin uzunligidan kattaroq bo‘lsa, to‘lqin yo‘nalishini ta’minlash mumkin.
Radionavigatsiya va radiolokatsiyada to‘lqinlarni yo‘naltirilganligi katta ahamiyatga ega.
Yer yutishi sababli, uzun to‘lqinlarni tebranishlariga katta quvvat talab qilinadi, boshqa diapazonlarga esa juda uzoq kosmik aloqalarda zarur bo‘ladi. Yangi diapazonlarni o‘zlashtirishda yangi texnik vositalar talab qilinadi, buning uchun qisqa to‘lqinli sohaga o‘tishda generatsiya qiladigan qurilmalar bosqichma–bosqich o‘zlashtirilib boriladi;
v) bu diapazondagi shovqin va xalaqit beruvchilar xususiyati, har xil diapazonda radiоto‘lqinlar o‘tishi bo‘yicha muntazam izlanishlar olib boriladi;
g) axborot xususiyati (turi) (axborot soni va bu bilan bog‘liq spektr kengligi, chastotalar diapazoni).
Masalan, televideniyada ko‘p axborot uzatiladi, shuning uchun U keng spektrli chastotaga ega bo‘lishi kerak va faqat UKV diapazonda olib borilishi lozim.
4. Modulyatsiya  axborotni uzatish qonuniga ko‘ra, yuqori chastotali tebranishning bitta yoki birmuncha parametrlarining o‘zgarishi. Modulyatsiyalashtirilgan signalning chastotalari eltuvchi chastotaga nisbatan ancha kichik bo‘lishi kerak.
5. Efirdagi barcha tebranishlardan priyomnikda kerakli signalni ajratib olish uchun kirish tanlovchi zanjir orqali rezonansli tebranish tuzilmasi yordamida Dƒ/ƒ to 10-5, 10-6 gacha bajariladi.
6. Priyomnikda kuchsiz signallarni kuchaytirish. Antenna qabul qiladigan signallarning quvvati 10-10, 10-14 Вт (~10-6 V) ga teng. Priyomnikning chiqish qismida signalni ishonchli qayd qilish uchun 1 vatt quvvat bo‘lishi kerak. Shunday qilib, quvvat 1010,1014 gacha, kuchlanishi esa, to 107 gacha kuchlantirilishi lozim.
Bu yuqori, oraliq va past chastotalarning ko‘p kaskadli kuchaytirgichlari yordamida erishiladi.
7. Detektorlash (demodulyatsiya)  bu modullashgan yuqori chastotali signaldan, past chastotali axborotni (informatsion ELEKTR signalni) ajratish demakdir. Detektorlash har xil (sinxron, amplitudali, kvadratli) detektorlar yordamida amalga oshiriladi.
8. Dekoderlash  detektorlangandan keyin standart formadagi elektr signallardan axborotni boshlang‘ich shakliga keltirishdir. Shifrlangan signallar rasshifrovka qilinadi. Oddiy aloqa tizimida kodlashtirish va kodlarni yechish qurilmalari bo‘lmasligi mumkin. Axborot simlar orqali (telegraf) yuborilganda radiоto‘lqinlarni uzatuvchi va ularni qabul qiluvchi qurilmalar ham bo‘lmasligi mumkin.
Кo‘p kanalli aloqaда bitta uzatuvchi va qabul qiluvchi qurilma (konstruksiya) bir nechta axborot manbalarda parallel (bir vaqtda) signallarni uzatish uchun ishlatiladi, Ularni uzatguncha siljitish, qabul qilinganda ajratib olish va bo‘lib tashlash qurilmalari ishlatiladi.



Download 146.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling