3. Signallar
Signal bu fizik jarayon bo‘lib, uzatiladigan ахborotni aks ettiradi. Ахborotni aks ettirish qandaydir fizik miqdorni o‘zgartirilishini ta’minlaydigan jarayondir. Bu miqdor signalning axborot parametri bo‘ladi.
Elektronikada elektormagnit to‘lqinlari signallar sifatida ishlatiladi. Ular quyidagi asosiy tavsiflarga ega:
To‘lqin uzunligi fazoda ikkita nuqta orasidagi eng qisqa masofa bo‘lib, bunda elektormagnit to‘lqinlarning garmonik fazasi 3600 ga o‘zgaradi.
Faza bu davriy jarayon holati (stadiya)dir (6-chizma).
6-chizma. Elektromagnit to‘lqini.
To‘lqin signal tebranishining davri T vaqt ichida maydon tarangligini bir marta to‘liq o‘zgarishi, ya’ni belgilangan fazaga ega radioto‘lqindagi nuqta to‘lqin uzunligiga teng yo‘lni bosib o‘tadigan vaqt.
Elektromagnit maydonining (signalning) tebranish chastotasi F (1 sekundda maydon tebranishining soni) quyidagi formuladan topiladi
F=1/T bo‘lsa, T=1/F.
Chastotani o‘lchov birligi gers (Gts) chastota 1 sekundda tebranuvchilar soni.
Signallarning tasnifi. Determinallangan signal deb vaqtning aniq belgilangan (masalan, analitik ko‘rinishida berilgan) davriga aytiladi. Determinallangan signallar davrli va davrsiz bo‘lishi mumkin (7-chizma).
S(t)=S(t+kT) sharti bajarilgan signal davrli deb ataladi, Bu yerda, k har qanday butun son, T davr, vaqtning so‘nggi qismi.
Davriy signal misolda garmonik tebranish S(t) = A cos ( ). Hаr bir murakkab davrli signal garmonik tebranishlar yig‘indisi ko‘rinishida namoyon bo‘lishi mumkin, chastotalar esa, asosiy chastota ω= ga karrali bo‘ladi.
7-Chizma. Signallarning tasnifi.
Davrsiz signal vaqt bo‘yicha chegaralangan. Bu tasodifiy signalning vaqt funksiyasi deyiladi, uning miqdori oldindan ma’lum emas va qandaydir ehtimollik bilan oldindan aytilishi mumkin.
Tasodifiy signallarning asosiy tavsiflariga quyidagilar qabul qilingan:
a) ehtimollarning taqsimlanish qonuni (ma’lum bir oraliqda signal miqdori bo‘lishining nisbiy vaqti);
b) signal quvvatining spektrli taqsimlanishi.
UZLUKSIZ (ANALOGLI)
|
RAQAMLI
|
|
|
DISKRET-KVANTOVLI
KVANTOVLI
|
Raqamli signal Bu diskret signal sanoqlarning ikkilik ko‘rinishida ifodalanib, bir xil amplitudali tor impulslar kombinatsiyasi. |
8-Chizma. Determinallangan signallarning
ko‘rinish shakllari.
Do'stlaringiz bilan baham: |