3-mavzu. Feodal jamiyati va uning yemirilishi davridagi iqtisodiy qarashlar
Download 196.23 Kb.
|
3.Мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- E’tiborlaringiz uchun raxmat!
Avgustin
Blajenniy “G’aflatda yotgan xaalqni uyg’otish uchun avvalo uning tarixini uyg’otish zarur” Klassik o‘rta asr davridagi iqtisodiy g‘oyalar kanonik, ya’ni qonuniy doktrinalar asosida rivoj topdi. Bu sohada cherkov, ruhoniylar katta faoliyat ko‘rsatdilar. XII asrning o‘rtalarida boloniyalik monax-roxib Grotsian «Kanonik huquqlar to‘plami»ni tuzdi, unda bir qancha iqtisodiy g‘oyalar ham berilgan. Ular umumiy mulkchilikni ideal deb baholab (e’tibor bering, xususiy mulk emas), xususiy mulkchilik xudo tomonidan odamlarning gunolari uchun vujudga keltirilgan, degan g‘oyani ilgari surdilar. Boylar xayr-sadaqa berishga chaqiriladi. Xudoga ma’qul bo‘lgan faoliyatlarga faqat dehqonchilik va hunarmandchilik kiritilib, sudxo‘rlik, ayniqsa, foyda olish uchun savdo qoralanadi Italiyalik roxib Foma Akvinskiy (1225-1274) ta’limotida iqtisodiy g‘oyalar ma’lum tartibga solingan. U o‘zining asarlarida qullik va krepostnoylikni oqlaydi, bunda u Aristotel va muqaddas kitoblarga asoslanadi. U xudoni barcha boyliklar egasi deb e’lon qiladi, lekin xususiy mulkchilik ham himoya qilinadi, chunki bunda insonning o‘z toifasi, tabaqasiga mos ravishda yashashiga imkoniyat yaratiladi. Davr taqozosiga mos (natural xo‘jalik hukmron) ravishda davlat o‘z-o‘zini ta’minlash g‘oyasini qo‘llaydi, natura shaklidagi boylikka asosiy e’tiborni qaratadi, oltin va kumushlarni sun’iy boylik deb biladi. Mehnatsiz yaratilgan boylik (savdo, sudxo‘rlik) harom deb hisoblangan. Eski feodal munosabatlar yemirilib, yangi burjua-kapitalistik munosabatlar tug‘ila boshladi, bu esa osonlik bilan bo‘lmadi. Ayniqsa, dehqonlarning o‘z yerlaridan siqib chiqarilishi, mustamlakachilik, iqtisodiy ekspansiya, urushlar oddiy xaqqa katta ofat keltirdi. Oqibatda kapitalizmning shakllanishi bilan uni tanqid qilish ham boshlanadi, buni ilk sotsial-utopistlar Tomas Mor (1478-1535) va Tommazo Kampanella (1568-1639) amalga oshirdi. T. Mor «Utopiya» (lot. yo‘q joy) (1516) asarida Angliyada dastlabki kapitalning jamg‘arilishi jarayonida dehqonlarning ommaviy qashshoqlanishi jarayonini aks ettirgan. Xayoliy «utopiya» mamlakatida ijtimoiy mulkchilik (xususiy mulk bo‘lmagan), umumiy mehnat bo‘lgan, qishloq va shahar o‘rtasidagi tafovo‘t yo‘q edi, ishlab chiqarish tartibga solingan, ish kuni olti soat bilan cheklangan, pul yo‘q qilingan, taqsimot tekis va bosqinchilik urushlari yo‘q edi. T.Mor shunday jamiyatni qurish mumkin deb o‘ylagan. T.Kampanella Neapol (Italiya) mehnatkashlarining qashshoqligini ko‘rgan. U o‘zining «Oftob shahri» (1602 y. yozilgan, 1623 yilda chop etilgan) kitobida zolimlarning shoxona hayotini tanqid qiladi, u ham T.Mor kabi, bu tengsizlikning asosiy sababi xususiy mulkchilik, deydi. U kelajak jamiyat to‘g‘risidagi o‘z tasavvo‘rini ham beradi, , ular T.Morga uxshash: ijtimoiy mulkchilik mavjud, hammaning mehnat qilishi zarur, mashina mehnati qo‘llanilganligi tufayli ish kunlari cheklangan (4 soat), aqliy mehnat jismoniy mehnat bilan almashtirib turiladi, bunda hunarmandchilik, chorvachilik va dehqonchilik bilan nisbatan tekis shug‘ullanish shart qilib qo‘yiladi, tekis, pulsiz taqsimot amalga oshiriladi. E’tiborlaringiz uchun raxmat! Download 196.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling