3-mavzu. Feodal jamiyati va uning yemirilishi davridagi iqtisodiy qarashlar


Olimning konsepsiyasi «ijtimoiy tabiat»ga yaqin, jamiyat rivoji (evolyatsiyasi) oddiylikdan sivilizatsiya saridir


Download 196.23 Kb.
bet2/3
Sana16.10.2023
Hajmi196.23 Kb.
#1705167
1   2   3
Bog'liq
3.Мавзу

Olimning konsepsiyasi «ijtimoiy tabiat»ga yaqin, jamiyat rivoji (evolyatsiyasi) oddiylikdan sivilizatsiya saridir.
Ibn Xaldun dastlab birgalikda «ishlab chiqarish» faoliyatiga katta e’tibor berdi, jamiyat moddiy qiymatlar «ishlab chiqaruvchilar» jamoasidan iborat deydi. U «Odamning kelib chiqishida mehnatning o‘rni»ni ochib berishga harakat qilgan. Hunarmandchilik, fan va san’atning rivoji bevosita «mehnat unumdorligining o‘sishi» bilan bog‘liq deydi. «Oddiy» va «murakkab» mehnat farqlangan, mehnat bo‘lmasa, buyum ham bo‘lmas edi, degan muhim xulosa chiqariladi. Olim fikrlarida «zaruriy» va «qo‘shimcha mahsulot», «zaruriy va qo‘shimcha mehnat» tushunchalari farqlanadi. U «tovarning iste’mol qiymati» va «qiymat» tushunchalarini ta’rifladi.
Ilk feodal munosabatlar va shu davrdagi iqtisodiy g‘oyalarning asosi Qur’oni karimda (arabcha qiroat, ya’ni o‘qish) aks etgan (VII-VIII asrlar). VI asrning oxiri-VII asrning boshlarida Arabistonda feodal munosabatlarning shakllanishi tufayli yagona davlat barpo etishga da’vat kuchaydi. Bu harakat so‘nggi din - Islomda o‘z aksini topdi. Islom ta’limoti payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomga Alloh taolo tomonidan nozil qilingan Kur’oni karimda mujassamlangan. Islomdagi yo‘l-yuriqlar hayotning barcha sohalarini qamrab olgan bo‘lib, shu jumladan iqtisodiyotga doir masalalarga ham keng o‘rin berilgan. Qur’oni karimdagi asosiy g‘oyalardan biri barcha musulmonlarning bardoshligi bo‘lib, arab qabilalari shu bayroq atrofida birlashdi. Halol mehnat, dehqon, hunarmandlar mehnati ulug‘landi, barcha boylik shu asosda paydo bo‘lishi uqtirildi. Bu muqaddas kitobda savdoga katta ahamiyat berilgan, sudxo‘rlikni, ya’ni ribo’ (sudxo‘rlik foizi) ni harom qilingan, mulkning muqaddasligini, birovning mulkiga xiyonat va xatto xasad qilishni katta gunox deyilgan.
QUR’ONI KARIMDA
“Yenglar, ichinglar ,xadya qilinglar, ammo isrof qilmanglar”
“Daryo bo’yida taxorat qilsalaringiz ham suvni isrof qilmang”

Download 196.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling