3-mavzu. Fermentlar reja
Fermentlarga aktivator va ingibitorlarning ta’siri
Download 219.07 Kb.
|
3 mavzu B
Fermentlarga aktivator va ingibitorlarning ta’siri
Fermentlarga aktivatorlari (stimulyator) va ingibatorlari (fermentga qarshi moddalar) birinchi bo’lib rus olimi Danilevskiy va uning o’quvchilari tomonidan o’rganilgan. Fermentlarning aktivatorlari yoki uning ta’sirini kuchaytiruvchi, aktivligini oshiruvchi birikmalar qatoriga metall ionlari Mg++, Mn++, Sn++, K+, Co++, Cu++ kationlari va Cl - ioni kiradi. Ba’zi hollarda metil ionlari (Co++, Fe++, Mg++, Zn++ va boshqalar) fermentning prostetik guruhi tarkibiga kiradilar, ba’zida esa ferment-substrat kompleksini hosil bo’lishini osonlashtiradilar, uchinchidan kofermentni apofermentga birikishiga yordam beradilar, to’rtinchidan fermentning to’rtlamchi strukturasini hosil bo’lishida qatnashadilar. Ingibitorlar fermentning ta’sirini susaytiradilar. Pasaytirish mexanizmi har xil bo’lib, ko’pincha 2 ta tipda amalga oshadi. Raqobatli va raqobatsiz pasaytirish deyiladi. Raqobatli pasaytirishda ingibitor substrat bilan strukturaviy o’xshash (izomeriya) bo’lib, ferment bilan birikib, substratni o’rnini oladi, u bilan raqobatlashuvi natijasida fermentning bir qismi ferment-ingibitor kompleksini hosil qilishga sarflansa, ferment-substrat kompleksining hosil bo’lishi kamayadi. Bunga misol qilib xolinesterazaning ta’sirini pasaytiruvchi diizopropilftorfosfatni olsak bo’ladi, u tuzilishi bilan antixolinga yaqin bo’lib, osongina uning o’rniga fermentga birikadi. F
O Diizopropilftorfosfat xolinesterazaning aktiv markazini berkitib, atsetilxolindek parchalanib, serinning radikalini fosforlaydi. Izopropilfosfoserin atsetilseringa nisbatan mustahkam bo’lib u parchalanmaydi. Natijada aktiv markaz o’z faoliyatini ancha vaqtgacha amalga oshira olmaydi. Raqobatsiz pasayishda esa ingibitor ferment oqsili bilan strategik guruh bilan o’zaro birikishi natijasida ferment aktivligi yo’qoladi. Fermentlarni og’ir metallar (olmos, qo’rg’oshin va boshqalar) bilan susaytirishda, ular sulfgidril guruhlarga (SH) birikib amalga oshiradilar. Allosterik ingibirlanish ham shu qatorga kiradi. Download 219.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling