3-Mavzu: Fonetika vа fо


Matnni o‘qing. Nutq tovushlarining so‘zdagi o‘rinlariga diqqat qiling. Ularning o‘rinlarini almashtirsak, ma’noning butunlay o‘zgarib ketishi sabablarini tushuntiring


Download 200 Kb.
bet9/11
Sana16.06.2023
Hajmi200 Kb.
#1506648
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3-AMALIY MASHGULOT

3-mashq. Matnni o‘qing. Nutq tovushlarining so‘zdagi o‘rinlariga diqqat qiling. Ularning o‘rinlarini almashtirsak, ma’noning butunlay o‘zgarib ketishi sabablarini tushuntiring.
«Ey ... Ulug‘ Turon, arslonlar o‘lkasi! Senga ne bo‘ldi? Holing qalay­dir? Nechuk kunlarga qolding?
Ey ... Temurlarning, o‘g‘uzlarning ... shonli beshiklari! Qani u chiqdig‘ing yuksak o‘rinlar? Qullik chuqurlarig‘a nedan tushding?!
Dunyoni «urho»lari bilan titratgan yo‘lbars yurakli bolalaring qani? Yer tuprog‘ini ko‘klarga uchiraturg‘on tog‘ gavdali o‘g‘lonlaring qani? Nechun tovushlari chiqmaydir?
Yer yuzining bir necha polvonlari bo‘lgan botir turklaring qani? Nechun chekindilar? Nechuk ketdilar? Kurash maydonlarin o‘zgalarga nechun qo‘ydilar? Nechun... nechun...nechun..?
Gapur menga, ey Ulug‘ Turon, arslonlar o‘lkasi! Senga ne bo‘ldi?
Yer yuzining buyuk saltanatlarini sen qurmadingmi? Hindistonning, Eronning, Ovro‘poning ulug‘ xoqonlarini sen yubormadingmi? Ey, xoqonlar o‘chog‘i? Ey qahramonlar tug‘oyi! Qani u chaqmoq chaqishli botir xoqonlaring? Qani avvalgi o‘q yurushli, otli beklaring? Nechuk «urho»lari eshitilmaydur?
Dunyo xalqini bo‘ysundirmagan saltanatlaring nechun buzuldi?
Insonlik olamini qanotlari ostinda olgan xoqonlig‘ing nechun kuchi o‘ldi? Kuchingmi ketdi? Kimsasizmi qoldi?
Yo‘q... yo‘q... Tangri haqi uchun, yo‘q!.. Sen kuchsiz emassan, sen kimsasiz emassan! Bugun yer yuzida sakson millo‘n bolang bor. Bularning tomirlaridagi qon Chingizlarning, Temurlarning qonidir.
Bularning kuchlari sening kuchingdir!
Ey Ulug‘ Turon, arslonlar o‘lkasi! Qayg‘urma! Eski davlating, eski saltanating, eski yigitlaring, eski arslonlaring hammasi bor, hech biri yo‘qolmamishdir.
Yolg‘iz...Oh, yolg‘iz... tarqalamishdur».
(Abdurauf Fitrat)


Mavzu yuzasidan savollar
1. Fonetika nimani o`rganadi?
2. Tovush va fonemaning farqini ayting.
3. Fonologiya haqida nimalarni bilasiz?
4. Fonema qanday belgilarga ega?
5. Fonetik akustika haqida qanday ma’lumotga egasiz?
6. Nutq tovushlari artikulyatsiyasi deganda nimani tushunasiz?
7. Nutq a’zolarining vazifalari nimalardan iborat?
8. O`zbek tilining fonetik vositalariga nimalar kiradi?
9. Nutqning fonetik bo‘linishini izohlang.
10. Supersegment unsurlar haqida ma’lumot bering.



Download 200 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling