3-mavzu. Iqtisodiy tebranishlar. Ishsizlik docx


Ishsizlik darajasi =(ishsizlar soni / ishchi kuchi


Download 158.91 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana17.11.2023
Hajmi158.91 Kb.
#1782676
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3-MAVZU. IQTISODIY TEBRANISHLAR. ISHSIZLIK.docx

Ishsizlik darajasi =(ishsizlar soni / ishchi kuchi
soni)x100
Ishsizlikning quyidagi turlari mavjud:
Friksion ishsizlik. Unga ish qidirayotgan yoki
yaqin vaqtlar ichida ish bilan ta‘minlanishni
kutayotgan ishchi kuchi kiradi. Ishsizlikning bu turi
asosan ish yoki turar joylarni o`zgartirish, o`quv
yurtlarini 
tugatish 
va 
shuningdek, 
boshqa
sabablardan kelib chiqadi. U doimo mavjud bo`lib,
ma‘lum bir darajada kerakli hisoblanadi.
Tarkibiy ishsizlik. Tarkibiy ishsizlar guruhiga
ishlab chiqarish strukturasining o`zgarishi natijasida
ishchi kuchiga talab tarkibining o`zgarishi natijasida
ishsiz qolganlar kiradi. Unga asosan malakalarini
o`zgartirishi va oshirishi, ma‘lumot olishi, yangi
kasb egallashi lozim bo`lgan ishsizlar guruhlari
kiradi. Friksion ishsizlik bilan tarkibiy ishsizlikning
asosiy farqi shundaki, birinchisida, ma‘lum malaka
va tajriba mavjud bo`ladi va undan foydalanib, ish
joylarini tezroq topib olishadi, ikkinchisida esa,
ishchi kuchi darhol va tezroq ish joylarini topa
olmaydi.
Davriy ishsizlik asosan ishlab chiqarishning
pasayishi natijasida ishchi kuchiga bo`lgan talabning
kamayishidan paydo bo`ladi. Davriy pasayish tovar
va xizmatlarga bo`lgan yalpi talabning kamayishini,
shunga muvofiq, yalpi tatalabning kamayishini, va
oqibatda aholining ish bilan bandligi qisqarishi va
ishsizlikning o`sishini bildiradi.
To`la ish bilan bandlik ishchi kuchining 100
foiz ish bilan ta‘minlanganligini bildirmaydi.
Aksincha, friksion va strukturali ishsizlik ilojsiz hol
bo`lganligini hisobga olsak, biz mutlaq to`la ish
bilan bandlilikka erishib bo`lmasligini tushunamiz.
Agarda davriy ishsizlik bo`lmasa, u holda to`la
ish bilan bandlilikka erishiladi. To`la ish bilan
bandlik davridagi ishsizlik, ishsizlikning tabiiy
darajasi deyiladi. Bunga ish qidiruvchilar soni
bo`sh ish joylari soniga muvofiq kelsagina erishish
mumkin. Ishsizlikning tabiiy darajasi friksion va
tarkibiy ishsizlik yig`indisiga teng bo`ladi.
Ishsizlikning tabiiy darajasi doimiy emas, chunki u
iqtisodiy vaziyat, qonun va milliy an‘analar bilan
bog`liq holda o`zgarib turadi.
Ishsizlikning tabiiy darajasi mamlakatdagi oxirgi
o`n yilda mavjud bo`lgan haqiqiy ishsizlik darajasi
va keyingi o`n yil uchun prognoz qilib hisoblangan
ishsizlik darajalarining o`rtacha miqdori sifatida
belgilanadi. Umumiy holda ishchi kuchi ish bilan
band va faol ish qidirib yurgan ishsizlarga bo`linadi.

Download 158.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling