3-mavzu. Iqtisodiy tebranishlar. Ishsizlik docx


Download 158.91 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana17.11.2023
Hajmi158.91 Kb.
#1782676
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3-MAVZU. IQTISODIY TEBRANISHLAR. ISHSIZLIK.docx

Yu
Z
= -2,5[ u –u*]
Bu 
yerda: 
u* 

ishsizlikning 
tabiiy
darajasi; u – ishsizlikning
haqiqiy darajasi.
YaIM uzilishini ifodalaydigan formula bilan
Ouken qonunini formulasini umumlashtirib
quyidagi formulani olamiz: Yh – Yp
------------- 100
= - β [ u –u*]
Yp
Ouken qonuni izohlagan miqdoriy bog`liqlikning
teskari jihatiga e‘tibor qaratamiz. Iqtisodiy
tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki YaIMning 2-3 foizga
o`sishi davriy ishsizlik darajasini 1 foizga
qisqarishini keltirib chiqarmas ekan. Ya‘ni dastlabki
1 foizlik iqtisodiy o`sish fan-texnika taraqqiyoti
natijasida resurslardan foydalanish samaradorligi
hisobiga erishilishi mumkin, shuningdek bu paytda
aholi sonining ko`payishi ham ishsizlik soninining
pasaymasligiga sabab bo`ladi. Dastlabki 2-3 foizdan
yuqori bo`lgan har 2-3 foiz iqtisodiy o`sish esa
davriy ishsizlikni 1 foizga qisqarishini keltirib
chiqaradi. Demak 1 foizlik davriy ishsizlikni
tugatish uchun yillik 4-6 foizlik iqtisodiy o`sish
ta‘minlanishi kerak.
3.4. O`zbekiston Respublikasida yangi ish
o`rinlar yaratish va aholining ish bilan
bandligini ta‘minlash siyosatining
xususiyatlari va yo`nalishlari.
Ishsizlik 
mehnat 
bozorining 
asosiy
muammolaridan biri bo`lib, biror bir mamlakat
iqtisodiyotning bu ―nuqsoniǁdan hali qutulganicha
yo`q.
So`nggi 
yillarda 
O`zbekistonda 
bu
ko`rsatkichning yillar bo`yicha o`zgarishi uning bir
me‘yorda bo`lmaganini ko`rsatadi. Jumladan, 2000-
2006 yillarda mamlakatimizda ishsizlik darajasi 0,3-
0,4 foizni tashkil etgan. Lekin, 2007 yildan boshlab
real ishsizlik darajasi o`rtacha 5 foiz atrofida
bo`lmoqda.
Bu holatni shunday izohlashimiz mumkinki,
O`zbekiston Respublikasida 2007 yilning 1
iyuligacha amal qilib kelgan mehnat resurslari
balansi shakli Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 31
yanvardagi ―Aholini ish bilan bandligini hisobga
olish tizimini takomillashtirish to`g`risidaǁgi 42 –
sonli Qarori bilan tasdiqlangan metodika asosida
hisoblab kelinar edi. Mazkur balans Prezident
farmon va qarorlari asosida mamlakatda ish bilan
bandlikning yangi noan‘anaviy shakllarining (uy
mehnati, kasanachilik, oilaviy biznes, shaxsiy
yordamchi xo`jaliklarda qoramol etishtirish, xizmat
ko`rsatish va servis) paydo bo`lishi natijasida o`z
qamrovini yo`qotdi. shuningdek, mazkur metodika
respublika aholisi va uy xo`jaliklari statistikasini
yuritish va ularning ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatlari
monitoringini amalga oshirishda xalqaro standartlar
va yangi talablarga javob bermay qo`ydi.
Shundan kelib chiqqan holda 2007 yil 24 mayda
Vazirlar Mahkamasining ―Ishga joylashtirishga
muhtoj ish bilan band bo`lmagan aholini hisobga
olish metodikasini takomillashtirish to`g`risidaǁ gi
106 – sonli qarori qabul qilindi va unga muvofiq
joriy yilning 1 iyulidan boshlab ―Ishga
joylashtirishga muhtoj mehnat bilan band bo`lmagan
aholini hududlar bo`yicha hisoblab chiqishǁ
metodikasi amaliyotga tatbiq etildi. Metodika
Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan belgilangan
normalardan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan
hamda O`zbekiston Respublikasining ish bilan
ta‘minlash va mehnat bozorining o`ziga xos
xususiyatlarini hisobga oladi.
Aholi bandligini ta‘minlash jamiyat ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishining eng muhim shartlaridan biri
hisoblanadi va u iqtisodiyotda alohida ahamiyatga
ega.

Download 158.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling