3-mavzu. Ishlab chiqarish omillari va ishlab chiqarish jarayoni Reja


O’timal ishlab chiqarish xajmi va sotish


Download 69.28 Kb.
bet13/15
Sana19.10.2023
Hajmi69.28 Kb.
#1709833
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Ishlab chiqarish jarayoni Reja Korxonaning ishlab chiqarish tizi-fayllar.org

3.4.O’timal ishlab chiqarish xajmi va sotish 

Mahsulot ishlab chiqarish va sotish tahlilida bir qator ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. 


Ulaming iqtisodiy mazmuni bo‘yicha quyidagi turlarini ajratish mumkin.
-
yalpi mahsulot; 

-
sof mahsulot


-
me’yoriy sof mahsulot; 

-
shartli sof mahsulot; 


-
tayyor mahsulot; 

-
tovar mahsuloti; 


-
sotilgan mahsulot; 

-
kritik hajmdagi mahsulot. 




Yap’i mahsulot
hisobot davrida jami ishlab chiqarilgan mahsulot 
hajmini ifodalaydi. U tayyor mahsulot (bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmat) va tugallanmagan
ishlab chiqarish qiymatidan iborat. Yal’i mahsulot asosida mikro darajada, ya’ni korxona bo‘yicha 
iqtisodiy rivojlanish darajasiga narx beriladi. Mazkur ko‘rsatkichdan foydalanib moddiy, mehnat
va moliyaviy resurslaming samaradorlik darajalari o‘rganiladi. 
Yangidan yaratilgan qiymat korxona darajasida sof mahsulot, deb yuritiladi.

Sof 

mahsulot
mehnat haqi hamda foyda qiymatidan iborat bo‘ladi. Yal’i mahsulotdan 
eskirish hamda moddiy xarajat sarflari ayirib tashlansa korxonada yangitdan yaratilgan qiymat -
sof mahsulot hisob- lab to’iladi. Ushbu ko‘rsatkich asosida mahsulot ishlab chiqarishning 
samaradorligini tavsiflovchi resuruslar samaradorligi ko‘rsatkichlarini
aniqlashda, asosiy vositalar qaytimini narxlashda, korxona faoliyat nati- javiyligi 
ko‘rsatkichlariga narx berishda foydalaniladi.
Sof mahsulotning qiymat ifodasi yangidan yaratilgan qiymatga teng deb olinadi. 


Me’yoriy sof mahsulot
yangidan yaratilgan qiymatning 
o‘zidan iborat. Faqat, bunda o‘zganrvchi (mehnat haqi) qiymat ham foyda summasi ham me’yorlar
chegarasida olinadi. Demak, me’yoriy ish haqi va me’- yorlashtirilgan foyda summasi me’yoriy 
sof mahsulotni ifodalaydi. Bu ko‘rsatkichdan foydalanib mehnat unumdorligi, resurslar samarasi
va boshqa samaradorlik ko‘rsatkichlari hisoblanadi. 


Shartli sof mahsulot
qiymati sof mahsulot qiymatiga yaqin 
bo‘ladi. Faqat shartli sof mahsulot yangidan yaratilgan qiymat (mehnat haqi va foyda) va
amortizatsiya xarajatlari (asosiy vositalar va nomoddiy aktiv- lar bo‘yicha) iborat boiadi. Ushbu 
korsatkich korxonaga zarur bo‘lgan pul oqimlarini bashoratlash hamda belgilashda muhim
ahamiyatga ega. 


Tayyor mahsulot.
Korxona ishlab chiqarish faoliyatida yaratilgan. 
belgilangan barcha texnologik jarayonlardan o‘tgan, o‘matilgan rasmiy talablarga muvofiq
boTgan, o‘z iste’mol qiymatiga ega buyumlar (ish, xizmatlar) tayyor mahsulot deb hisoblanadi. 
Tayyor mahsulot tovar hamda o‘z iste’moli uchun ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmidan iborat
bo‘ladi. Uning qiymat ifodasi korxona ulgurji narxsida, amaldagi bozor va taqqoslama narxlarda 

hisoblanishi mumkin. Tayyor mahsulot ko‘rsatkichi tahlilda asosiy va markaziy ko’rsatkichlardan


biri sanaladi. Uning asosida tahlilda turli xil vazifalar hal etiladi. 


Tovar mahsuloti.
Korxonada sotish uchun ishlab chiqarilgan mah-
sulot (ish,xizmat) hajmi tovar mahsulotini tashkil qiladi. Uning qiymat ifodasi korxona ulgurji
narxsida, amaldagi bozor va taqqoslama narxlarda hisoblanishi mumkin. Tovar mahsuloti 
mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan barcha xarajatlar summasidan va ushbu mahsulot bo‘-
yicha oladigan foyda summasidan iborat bo‘ladi. 


Sotilgan mahsulot.
Korxonada rasmiy jihatdan sotildi deb tan olin- 
gan mahsulot hajmi sotilgan malisulotni ifodalaydi. Sotilgan mahsulot qiymat ifodasida tayyor
hamda tovar mahsuloti hajmiga teng yoki ulardan kam bo‘lishi mumkin. Qachonki, korxonadagi 
tayy or yoki tovar mahsuloti to‘liq sotilsa, u holda ular toia ravishda sotilgan mahsulotni tashkil
etadi. Basharti, tovar mahsulotining bir qismi sotilib, boshqa qis- mi sotilmay qolsa, u holda tovar 
mahsulotining faqat sotilgan qismi sotilgan mahsulot deb tan olinadi.

Kritik hajmdagi mahsulot.
Ushbu ko‘rsatkich biznes-
rejada belgilangan mahsulot haimi turlaridan biri bo‘lib, mazkur hajmga erishil- ganda, korxona
mahsulot ishlab chiqarish hamda sotishdan foyda ol- maydi, ayni bir ‘avtda zarar ham ko'rmaydi. 
Kritik hajmdagi mahsulot miqdoridan ortiqcha mahsulot ishlab chiqarish korxona uchun foyda
kel- tiradi yoki aksincha. Mahsulot bozor narxlari (ulgurji) asosida reja- 
lashti riladi.
.
Mahsulot ish va xizmatlami sotish korxona ulgurji narxsi yoki chakana narxlarda amalga 

oshiriladi. Korxona ulgurji narxsining tuzilishi quyidagicha bo‘ladi. Ya’ni sotilgan


mahsulotlaming ishlab chiqarish tannarxi, sotilgan mahsulotlar bo‘yicha korxona foydasi, sotilgan 
mah- sulotlar bo‘yicha egri soliqlar summasi. Sotilgan mahsulotning chakana narxsi ulgurji
narxdan savdo qo‘shimchasi yoki chegirmalari summasiga farq qiladi. 


Download 69.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling