3-mavzu. Ishlab chiqarish omillari va ishlab chiqarish jarayoni Reja
Download 69.28 Kb.
|
Ishlab chiqarish jarayoni Reja Korxonaning ishlab chiqarish tizi-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.3.Korxonaning ishlab chiqarish quvvati va uni xisoblash usuli
K
2 - shuning o’zi, tadbirlar amalga oshirilgandan so’ng; A - yangi tadbirlar amalga oshirilgandan boshlab tayyorlanadigan yillik mahsulot yoki ishlarning natura birligi. En - kapital xarajatlarning normadagi qiyosiy samaradorligi koeffitsienti. U yangi kapital qo’yilmalarning minimal darajadagi iqtisodiy samaradorligini hamda bir so’mlik kapital qo’yilma bir yilda mahsulot tannarxini necha tiyinga kamaytira olishni bildiradi. Masalan, soha tarmog’i uchun belgilangan samaradorlik koeffitsienti normasi 0,15 bo’lsa, bu shu tarmoqda har bir so’m kapital qo’yilmalar mahsulot tannarxining pasayishi hisobiga eng kami bilan 15 tiyinlik tejam, foyda berishi zarur. Samaradorlik koeffitsienti "0"dan "1"ga qancha tez intilsa, samaradorlik shuncha yuqori, xarajatlarning reja qoplanish muddati esa shuncha qisqa bo’ladi. Ishlab chiqarishning samaradorlik darajasi xilma-xil, bir-biriga bog’liq bo’lgan omillar ta’sirida tashkil topadi va shakllanadi. Har bir kompleks, tarmoq va korxona uchun uning texnik- iqtisodiy xususiyati sababli samaradorlikni oshirishning o’ziga xos omillari mavjud. 3.3.Korxonaning ishlab chiqarish quvvati va uni xisoblash usuli Asosiy ishlab chiqarish fondlari hajmi va ulardan foydalanish darajasi korxonaning ishlab chiqarish quvvati kattaligini belgilaydi. U ishlab chiqarish dasturini asoslashda katta rol o’ynaydi hamda korxonaning belgilangan nomenklatura va sifatli mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha ‘otentsial imkoniyatlarini tavsiflaydi. Bundan kelib chiqadiki, ishlab chiqarish quvvati – bu, ma’lum bir vaqt davomida ilg’or texnologiyalardan foydalanish, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishning ilg’or sharoitlarida ishlab chiqarish mumkin bo’lgan mahsulotlarning maksimal darajasidir. U qoidaga ko’ra, ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmining natural ko’rinishda, ushbu korxonaning ixtisoslashganligi va mahsulotning alohida turlari o’rtasidagi o’zaro nisbatiga ko’ra aniqlanadi. Korxonaning ishlab chiqarish quvvati ilg’or (asosiy) sexlar quvvati bilan, sexlar quvvati bosh uchastkalar quvvati bilan, uchastkalar quvvati esa bosh uskunalar quvvatiga asosan aniqlanadi. Korxona ishlab chiqarish quvvati kattaligini belgilab beruvchi ko’rsatkichlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: * uskunalar tarkibi va turlar bo’yicha soni; * uskuna, agregat va dastgohlardan foydalanishning texnik-iqtisodiy norma (normativ) lari; * uskunalarning ishlash vaqti fondi; * ishchilar soni; * ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi va assortimenti (turlari va xilma-xilligi). Korxona ishlab chiqarish quvvatining boshlang’ich (yil boshida), yakuniy (yil oxirida), Download 69.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling