3-mavzu. Jahon dinlari: buddizm va xristianlik va ulardagi ta’limiy – tarbiyaviy qarashlar vaqt soat Reja
Download 104.86 Kb.
|
13-mav
- Bu sahifa navigatsiya:
- 13.1-ilova 1 3. 2-ilova 3-ilova
Evangeliya. Injil so’zi yunoncha «evangelion» so’zidan kelib chiqqan bo’lib, “xushxabar” ma’nosini anglatadi. Unda odamzodni qutqaruvchi yagona Najotkor hisoblanmish Iso Masihning er yuziga yuborilganligi haqida hikoya qilinadi.
Injil milodning birinchi asrida yozilgan, 27 bo’limdan iborat. Injil Iso Masihni ko’rib, uni yaqindan bilgan, uning ta’limotini sinchiklab o’rgangan mualliflar tomonidan yozilgan. Xristianlikda bu mualliflar xudoning ruhidan ilhomlanib, aynan xudoning buyurganini Injilda yozib qoldirganlar deb hisoblanadi. Injilning matni yozib tugatilgandan keyin undan ko’p nusxa ko’chirilib, dunyoning har tarafiga tarqatilgan. Xristianlikda YAngi Ahd tarkibiga kirgan Injil 4 qismga bo’linadi: Injilning dastlabki 4 kitobchasi Iso Masihning hayoti va ta’limotiga bag’ishlangan, ular Matto (Matfey), Marko, Luka, YUhanno (Ioann) bayon etgan Muqaddas xushxabar (Evangelie) deb ataladi. Bu 4 kitob muallifining har biri Iso Masih shaxsiyati va faoliyatining alohida xususiyatlarini tasvirlaydi, to’rtala kitob ham Isoning yo’li va qayta tirilishi bilan yakunlanadi. Bu Injil xushxabarining markaziy nuqtasi hisoblanadi. Aziz havoriylarning faoliyati (Deyaniya svyatыx apostolov) nomli kitobchada Iso Masihning alohida tanlagan shogirdlari – havoriylarning nasroniylik dinini tarqatish yo’lida qilgan ishlari, nutqlari, quvilishlari, xristian jamoalarining vujudga kelishi haqida hikoya qilinadi. Pavel, Iakov, Petr, Ioann, Iuda nomli havoriylarning turli mamlakat va podshohlarga xristianlik dinining aqidalarini bayon qilib yo’llagan maktublari ham Injilda jamlangan. Vahy (Otkrovenie) deb nomlangan kitob xudo tomonidan avliyo Ioannga yuborilgan bashorat hisoblanadi. Unda oxirzamonda yuz beradigan musibatlar, Iso Masihning dunyoga qaytishi, YA’juj-Ma’juj, Dajjol, qiyomat, jannat va jahannam tasvirlanadi. 4. Xristianlikning ham zardushtiylik, buddizm kabi O’rta Osiyo xalqlari tarixida o’ziga xos o’rni bor. Bu din O’rta Osiyoga, xususan, O’zbekistonga ikki yo’l bilan kirib kelgan: bunga, bir tomondan, xristianlikka da’vat etuvchi missionerlarning targ’ibotchilik faoliyati, ikkinchi tomondan, O’rta Osiyoning Rossiya tomonidan bosib olinishi va xristian diniga e’tiqod qiluvchi aholining bu hududga ko’plab ko’chib kelishi sabab bo’ldi. Bu din missionerlari O’rta Osiyoning turli viloyatlariga milodning III asrlarida kirib kelganlar. Masalan, 280 yilda Taroz (Merke) cherkovlari qurilib bo’lgan, Samarqandda (310 yildan), Marvda (334 yildan), Hirotda (430 yildan), Xorazmda va Markaziy Osiyoning boshqa shaharlarida episkoplik va missiyalar tuzilgan. Keyinchalik Samarqandda, Marvda (430 yillar), Hirotda (658 yillar) episkoplikdan iborat diniy hududiy jamoalar, birlashmalar tashkil bo’lgan. Xurosonliklar va sug’diyonaliklar zardushtiylar, monaviylar, buddistlar bilan bir qatorda xristianlar ham bo’lganlar. Ular Sosoniylar va Qoraxitoylarga qarashli erlarda yashaganlar. Markaziy Osiyo hududida islomning tarqalishi davrlarida islom bilan xristianlik o’rtasidagi ziddiyatlar, kelishmovchiliklar keskinlasha boshladi. Biroq X asrgacha Samarqand, Xorazm, Toshkent viloyatlarida xristianlarning manzilgohlari bo’lgan. Hatto Beruniy yashagan davrda ham (973-1056) Marvda pravoslav mitropoliyasi bo’lgan. XIX asrning 70-yillari O’rta Osiyo mintaqasiga, pravoslavie bilan bir qatorda boshqa oqimlarning tarafdorlari ham kirib kela boshladilar. Ular ortidan turli sektalarga mansub dindorlar, masalan, baptistlar, adventistlar, katoliklar va boshqalar ham paydo bo’ldi. 1879 yil 27 martda Rossiya imperatorining maxsus qonuni e’lon qilingach, bu jarayon yanada faollashdi. Rossiya armiyasi tomonidan Birinchi jahon urushida asr olingan nemis, polyak, eston, shved, litvalik, latish va boshqa g’arbiy evropalik askarlarning Turkiston o’lkasiga surgun qilinishi ular e’tiqod qiladigan din yoki oqimning kirib kelishiga sabab bo’ldi. Bu, o’z navbatida, evropalik asirlar orasida diniy jamoalar tuzish hamda cherkovlar paydo bo’lishiga olib keldi. Xorijliklarning bunday faoliyati asrimizning taxminan 20-30-yillariga qadar davom etdi. XX asr boshlariga kelib Turkiston general-gubernatorligida 6,03 million musulmonga 391 ming pravoslav yoki 5340 masjidga 306 cherkov to’g’ri kelgan. Bundan tashqari, e’tiqod jihatidan 10,1 ming pravoslav oqimiga mansub staroobryadchilar, 8,2 ming lyuteranlar, 7,8 ming katoliklar, 26 ming yahudiy diniga va 17,1 mingga yaqin boshqa oqimlarga mansub dindorlar bo’lgan. Pravoslav yo’nalishi O’zbekiston hududiga Rossiya orqali kirib kelgan. 1871 yil 4 mayda Rossiya imperatori tomonidan Toshkentda Turkiston (hozirgi vaqtda O’rta Osiyo va Toshkent) eparxiyasini ochishga qaror qilindi. 1880 yillarga kelib Rus pravoslav cherkovi (RPCH) o’zining yangi ibodatxonalari sonini ko’paytirishga harakat qildi. Ularning aksariyati Sirdaryo va Farg’ona viloyatlarida qurildi. 1916 yil 16 dekabrda imperator buyrug’i bilan Turkiston kafedral sobori Verniydan (hozirgi Almati) Toshkent shahriga ko’chirildi. 1990 yil 20 iyuldan O’rta Osiyo va Toshkent eparxiyasi episkop sifatida, 1991 yil 23 fevraldan e’tiboran arxiepiskop Vasiliy Zaxarovich Ikim (ruhoniylik ismi – Vladimir) rahbarligida boshqarib kelinmoqda. Uning tasarrufiga O’zbekistondan tashqari Qirg’iziston, Tojikiston va Turkmanistondagi rus pravoslav cherkovlari kiradi. Rus pravoslav cherkovining O’rta Osiyo va Toshkent eparxiyasi O’zbekistonning 11 ta hududiy tuzilmasida o’zining ibodatxonalari va markaziy boshqaruv organi hamda diniy o’quv yurtiga ega. Xristianlikning O’zbekistonda tarqalgan oqimlaridan biri katolisizmdir. Ayrim ma’lumotlarga ko’ra, XIX asr oxirlarida Toshkentda 2300 ga yaqin katoliklar bo’lgan. O’sha vaqtda rim katoliklari jamoalariga YUstin Pranaytis rahbarlik qilgan. Toshkentda birinchi katolik cherkovi 1912 yilda qurila boshlanib, 1917 yilda bitkazilgan. Hozirgi kunda bu bino tarixiy obida sifatida qayta ta’mirlandi. Vatikan davlati O’zbekistonning mustaqilligini 1992 yil 1 fevralda tan olib, shu yilning 17 oktyabr kuni diplomatik aloqalar o’rnatdi. 1994 yil 31 oktyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov Vatikan davlatining nunsiy elchisi Marian Olesdan Ioann-Pavel II ning ishonch yorlig’ini qabul qildi. SHundan so’ng Vatikanning Toshkentdagi elchixonasi rasman o’z ishini boshladi. M. Olesning qarorgohi Qozog’istonning sobiq poytaxti Almatida bo’lganligi sababli Toshkentdagi elchixona rahbarligini hozirgi vaqtga qadar K. Kukulka bajarib kelmokda. YUrtimizda faoliyat olib borayotgan Arman apostol cherkovi eng qadimiy xristian cherkovlaridan biri bo’lib, uning «Echmiadzin» jurnali hamda maxsus diniy o’quv yurti mavjud. Kilikiya katolikosati, Quddus va Konstantinopol patriarxatliklari, AQSH, Janubiy Amerika, Evropa, YAqin, O’rta va Uzoq SHarqdagi eparxiya boshqarmalari Echmiadzin katolikosatiga bo’ysunadi. O’zbekistonda tarqalgan xristianlikning uch asosiy yo’nalishidan biri protestantizmdir. Keyingi o’n yillikda mahalliy koreys millatiga mansub shaxslar orasida protestantizm yo’nalishiga qiziqish ortdi. Bunga, bir tomondan koreyslarning o’z qarindosh-urug’lari bilan diydor ko’rishish va boshqa maqsadlarda Janubiy Koreya, AQSH va boshqa rivojlangan davlatlarga borib kelishlari omil bo’ldi. 1976 yil 26 avgust kuni Toshkentda ilk bor adventistlar jamoasi davlat ro’yxatidan o’tdi. SHuningdek, adventistlarning Toshkent, Farg’ona, Samarqand, Surxondaryo va boshqa viloyatlarda norasmiy jamoalari tuzila boshladi. Ayrim ma’lumotlarga ko’ra 1967 yili Toshkentda V.A. SHelkov boshchiligidagi adventist-islohotchilar paydo bo’lgan. Ba’zi ma’lumotlarga ko’ra ularning faoliyati hozirgi davrga qadar davom etib kelmoqda. Adventistlar respublikaning besh hududiy tuzilmasida 9 ta cherkoviga ega. Turkiston o’lkalarida ilk baptistlar jamoasi 1891 yillarda paydo bo’ldi. Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan 1909 yil 2 iyulda 60 kishilik baptist jamoalari uchun ibodat uyi ochishga ruxsat berildi. 1911 yil oktyabr oyida ''Samarqand jamoasi'' tuzildi. 1946 yildan O’zbekiston hududida Evangelchi xristian-baptistlar (EXB) jamoasi sifatida qayd etildi, 1948 yil oktyabr oyidan esa T.Penkov Butunittifoq EXB kengashining O’zbekistondagi vakili etib tayinlandi. 1930 yillarga kelib baptistlarning 6 jamoasi rasman qayd etildi. 1958 yilga kelib O’zbekistonda baptistlar soni ikki ming kishini tashkil etdi. SHu davr ichida norasmiy 32 ta jamoa faoliyat ko’rsatgan. 1964 yilda bu jamoalar norasmiy O’rta Osiyo Evangelchi xristian-baptistlar cherkovlari kengashi markazini tuzdilar, keyinchalik «Osiyo janubi bo’yicha baptist birodarlar kengashi» deb nomlandi. Respublikamizda mavjud bo’lgan lyuteranchilik – lyuteranlar cherkovlari tomonidan e’tirof qilingan ta’limotdir. U protestantizmdagi eng yirik yo’nalishlardan biri hisoblanib, tarafdorlari taxminan 75 million kishini tashkil etadi. Iegova shohidlari sifatida O’zbekistonda 1994 yildan Toshkent hamda Farg’ona viloyatlarida rasmiy ro’yxatdan o’tdi. 1998 yil yangi tahrirdagi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida»gi Qonun qabul qilinganidan so’ng qayta ro’yxatdan o’tish uchun respublikaning 3 ta hududiy tuzilmasidagi tashkilotlari hujjatlarini joylardagi adliya bo’limlariga topshirgan. 13.1-ilova 1 3. 2-ilova 3-ilova Download 104.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling