3-mavzu. Kasbiy ma’naviyatning o’ziga xos prinsiplari reja: Madaniyat va uning kasbiy faoliyatga ta’siri
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
3-mavzu. Kasbiy ma’naviyatning o’ziga xos prinsiplari reja Mada
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kiyinish madaniyati va uning ichki ishlar idoralaridagi xususiyatlari.
to’rtinchidan, soch odam husnining bezagi hisoblanadi. Sochning chiroyli qilib
olinganligi va taralganligi ichki ishlar idoralari xodimlarining tashqi madaniyatidan dalolat beruvchi ko’rsatkichlardan biridir. Soch – husn va, ayni paytda, boshni issiq-sovuqdan saqlovchi vosita. Yuvib-taralmagan soch xizmat vazifasini bajarishga beparvolikni, o’ziga va tevarak- atrofdagilarga hurmatsizlikni aks ettiradi. Shuning uchun ham ichki ishlar idoralari xodimlarining soch-soqoli hamma vaqt batartib bo’lishi kerak. Bu kasbiy burch talabidir; beshinchidan, qo’llar yaxshi parvarish qilinishi, tirnoqlar o’z vaqtida olib turilishi lozim. Ovqatlanish, ovqat pishirish oldidan va ovqatdan keyin qo’llar, albatta, yuvilishi kerak. Ayniqsa, hojatxonadan chiqqanda va ko’chadan kirganda qo’llarni yuvish ham ozodalik, ham axloqiylik jihatdan muhim burchdir; oltinchidan, ichki ishlar idoralarining xodimlari qo’llariga, bo’yinlariga turli-tuman taqinchoqlar taqmasligi, yaltir-yultir kiyimlar kiyib, ularni har xil bezaklar bilan bezab tashlamasliklari kerak. Ayniqsa, badanga har xil tatuirovkalar chizdirish qat’iyan man etiladi. yettinchidan, odam tanasida uning tashqi go’zalligiga rahna soluvchi biron-bir o’zgarish sodir bo’lsa, uni, albatta, davolash, tibbiy kosmetika vositasida tuzatish chora-tadbirlarini ko’rish kerak; sakkizinchidan, erkak xodimlar sochlarini bo’yashlari mumkin, ammo yuzni yaltiratadigan upa-eliklardan foydalanishlari odobdan emas. Upa-elik surtish, lab, qosh va kipriklarni bo’yash faqat ayol xodimlarga ruxsat etiladi. Kiyinish madaniyati va uning ichki ishlar idoralaridagi xususiyatlari. Kiyim insonni hayvonot dunyosidan ajratib turuvchi turmush ziynati hisoblanib, quyidagi vazifalarni bajaradi: 1) odam tanasini boshqalar nigohidan yashirib turish; 2) turli tabiiy sharoitlarda – qishda sovuqdan, bahor va kuzda namgarchilikdan, yozda esa quyosh nurlaridan, chang va hasharotlardan himoya qilish; 3) yurish-turish va mehnat qilishda qulaylikni ta’minlash hamda sog’liqni saqlash; 4) ko’rkamlik, go’zallik bag’ishlab, odamni latofatli va nafosatli qilib ko’rsatish. Inson tug’ilishidan boshlab yo’rgaklanadi. Ammo hozirda dastlabki kunlardanoq kiyina boshlaydi. Kiyim insonning suratini emas, balki uning butun ichki dunyosini siyratini ham ko’rsatadigan omildir. Madaniyatlilikning asosiy belgilaridan biri ham, bu – kiyinish etiketidir. Kimning qanday kiyinishiga qarab, uning estetik didi, farosati, oddiy va ma’naviy darajasini, hatto kasbini ham aniqlab olish mumkin. Kiyinish etiketi kiyinish odobi kishilarning o’zaro muomalasiga, bir-biriga bo’lgan munosabatiga, yurish-turishiga ham ta’sir qiladi. Lekin kiyinish haqida aniq bir andoza mavjud emas. Kiyim uchun olinadigan turli narsalarning har biri kishining didi, bo’y-basti, yoshi, moddiy imkoniyatlari hamda jamiyatda tutgan o’rniga bog’liq. Inson kerak bo’lmagan xaridlardan o’zini asrash uchun doimo o’zini boshqarib turishi lozim va yangi narsalar uyingizda mavjud bo’lgan kiyimlarning uslubiga, gazlamaning rangiga mos keladimi-yo’qmi, uni boshqa narsalar bilan kiysa bo’ladimi, va h.k. larga e’tibor berishi lozim. Kiyinish shahsning o’ziga xos xususiyati bo’lib, hamma vaqt go’zallik, uyg’unlik, noziklik, odob, xushmuomalalik haqidagi tushuncha darajasining belgisidir. Insonning tashqi go’zalligi kiyim rangining bir-biriga mosligidir, tabiiyligi va soddaligidadir. Xushbichim va chiroyli kiyinishning ma’nosi nimada? Ko’zga tashlanmaydigan hamda kishiga tabiiy go’zallik beradigan va uning ayrim kamchiliklarini bilintirmaydigan ust- bosh, chiroyli, xushbichim, gavdaga, yoshiga va faslga mos kiyim kiyishdir. Ammo bu faqat axloqiy tarbiya bilan bog’liq emas. Balki estetik tarbiyaning qanday shakllaganligi bilan bog’liq. Rivojlangan estetik did insonni nafaqat kiyinish, yashash umuman turmush tarzini go’zallashtiradi, balki avvaldan qaysi andoza yoki qaysi ranglar rusm bo’lishini ilg’ash qobiliyatini paydo qiladi. Badiiy asarlar, san’at turlarini estetik idrok yetish, estetik anglashni shakllantirish didga juda yaxshi ta’sir qiladi. Bunda siz nafaqat boshqalar kabi chiroyli yashashingiz, balki o’z uslubingizni yaratib, ularning tanloviga ta’sir qilishingiz ham mumkin. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling