3-mavzu. Kasbiy ma’naviyatning o’ziga xos prinsiplari reja: Madaniyat va uning kasbiy faoliyatga ta’siri
Bir qancha tajribadan o’tgan maslahatlar
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
3-mavzu. Kasbiy ma’naviyatning o’ziga xos prinsiplari reja Mada
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yodda saqlash lozim bo’lgan bazi jihatlar
Bir qancha tajribadan o’tgan maslahatlar. O’zimizga kiyim tanlar ekanmiz
dugonalarni emas, o’z didimizga tayanib ish tutganimiz ma’qul. Libosning ranginafaqat zamonaviy tusda, balki o’ziga tushadigan rang bo’lishi lozim. To’q rangdagi kiyimlarni afzal ko’rarkansiz, och rangdagilarda ham, to’qda ham kirlik bir xil hajmga ega ekanligini yodda tutish lozim. Uning farqi faqat och rangdagi yubka ko’zga tezroq tashlanishidadir. Kiyim tanlashda ansamblni ushlashga (birining ikkinchiga mosligi, monandligi) harakat qilish kerak. Kiyimni rangiga mos keluvchi jihatlar: sumka, tufli, kamar va b. ni tanlashda o’ta ideallikka erishishga harakat qilmagan ma’qul. Faqatgina bitta kiyim uchun qo’shimcha narsa olish – isrofgarchilik hisoblanadi. Libosni yanada ko’rkam qilib ko’rsatuvchi mayda narsalar: sharf, bijuteriya va boshqa narsalar muhim hisoblanadi. Aynan libos bilan bir xil tusda bo’lishi shart emas, bu bachkanalikni ham paydo qilish mumkin. Asosiy gap ranglarning uyg’unligi, andozalarning mutanosibligida. Barcha davrlarda erkaklarning kiyimidan farqli o’laroq ayollarning liboslarida odmi va jiddiylik kamroq, ularda o’z kamchiliklarini berkitgan holda hamda o’z afzallik jihatlarini alohida ta’kidlagan holda, o’z didini yanada yorqinroq ifodalash mumkin. Va shu bilan bir qatorda ayollarga ozodalik va pardozning qoidalari erkaklarga nisbatan qat’iyroq qo’yiladi. Jozibadorlikning yana bir siri – kostyumning qulayligidir, unda u o’zini erkin va o’ziga nisbatan ishonch va tabiiylikni his qilish imkoniyatiga egadir. Libos tanlayotganingizda yoningizda sizni kuzatib yuruvchi erkakning ham kiyimini inobatga olgan yaxshi. Yodda saqlash lozim bo’lgan bazi jihatlar: tashqi ko’rinishda mayda chuyda narsalar bo’lmaydi. Ularning hammasi ahamiyatga ega. Ziynatlar haqida bir necha so’z. Afsuski, hamma ham kostyumini bezashda doimo taqinchoqlardan to’g’ri foydalana olmaydi. Ba’zilar haddan tashqari zeb-ziynatlarga ko’milsa, ba’zilari esa o’ta oddiylashib ketadilar. Avalambor hech qaysi ayol bu borada tejamasligi lozim, ammo ularni ko’z ko’z qilish uchun chegaradan chiqib kyetish ham – «me’yordan chiqish» kabi didsizlikdir. Did bilan kiyinish kishining o’ziga tanqid bilan qaray olishini ham ifodalaydi. Inson o’z tabiiy nuqsonlarini sezib, uni boshqalarga sezilmaydigan qilib kiyinmog’i kerak. Kiyim tanlanayotganda yoshni ham unutmaslik kerak. Yoshlar sport kiyimi bichig’ida kiyinadilar. Ochiq rangli, guldor kiyimlar ularga ko’proq yarashadi. O’ttiz yoshdagi ayollar (shartli ravishda) didi modaga asos deb qabul qilingan. Bu yoshda ayol o’z qiyofasini yaxshi bilmog’i, husniga xusn qo’shiladigan kiyimlarni tanlay olmog’i lozim. Qirq yoshdan keyin o’tgan yillar oqibatida vujudga keladigan ayrim nuqsonlarni kiyim va pardoz bilan yashirish kerakligini unutmaslik lozim. To’liqqina yosh ayollar juda ham odmi kiyimlar bilan kifoyalanmasliklari kerak, chunki odmi kiyim semizlikbilan birga yoshlikni ham, latofatlikni ham yashirishi mumkin. Muhimi kiyimning shakli va rangi me’yorida bo’lsin. Atir bo’yi ayol kishiga alohida bir latofatni beradi, uning chiroyini qandaydir sirli qadimgi ayollik nazokati bilan o’raydi. Ammo... Hamma joyda kabi bu yerda ham oshirib yubormaslik muhim. Kerak bo’lmagan joyda atirdan foydalanmaslik maqsadga muvofiq: transportga chiqqanda (agar siz u yerda tiqilinchda uzoq qolishingizni bilsangiz). Ba’zi bir iforlar kattalarda, ayniqsa, bolalarda allergiyani qo’zg’atishi mumkin. Buni yoddan chiqarmaslik lozim. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling