chiroyli jihatlarini ta’kidlashni taqozo etadi. Bo’yanishni ko’paytirish hoh u o’n
besh yasharlik
qiz bola, hoh o’ttiz yoshlardagi ayol bo’lsin – barchaning yoshini katta qilib ko’rsatadi. Ma’lum
bir yoshga etgach ayollar pardozni kamaytirib, unchalik yorqin bo’lmagan ranglarga o’tishga
harakat qilishlari maqsadga muvofiq.
Kunduzgi pardoz kechki pardozga nisbatan tussizroq bo’lishni yodda tutish kerak.
Qo’llarga kelsak, ular – bizinng “tashrif qog’ozimiz”, desak mubolag’a bo’lmaydi Qo’llarni
parvarishda
nafaqat ayollar, balki erkaklar ham avvalo tozalik va ozodalik nuqtai nazardan
diqqatlilik bilan munosabatda bo’lishlari kerak. Lakning rangi lab bo’yog’i bilan uyg’un
bo’lmog’i lozim. Lak qoldiqlari bilan yurishga yo’l qo’ymaslik hamda
tirnoq lakini tozalash
vositalardan foydalanishni unutmaslik joiz.
Tantanali kechalarda ayollar. Eng yaxshi tanlov – ko’ylak, kostyum, yoki
yubka.
U har qanday vaqtda, har qanday jamoatchilikka to’g’ri kelaveradi. Agar
kostyum to’q tusda va hech bir koftasiz kiyilishi mumkin tarzda andozalangan bo’lsa, unga mos
tarzda e’tiborni tortadigan zamonaviy taqinchoqlar bilan bezatilsa, unda bu libosni ko’ngilochar
kechalarga ham kiysa bo’ladi.
Kokteyl libosi nomli ko’ylaklarni bayram kechalarida kiyish mumkin. Uni kechqurun
yoshlar kechalarida yoki restoranlar uchun kiyish mumkin. Kechki uzun ko’ylaklar
faqat
dabdabali vaziyatlar uchun mo’ljallangani durust. Nisbatan odmiroq bo’lgan kechki libos, o’ta
diqqatni o’ziga jalb qiluvchi
kiyimlardan yaxshiroqdir, ayniqsa, qiz bolalar uchun.
Do'stlaringiz bilan baham: