3-mavzu. Kasbiy ma’naviyatning o’ziga xos prinsiplari reja: Madaniyat va uning kasbiy faoliyatga ta’siri
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
3-mavzu. Kasbiy ma’naviyatning o’ziga xos prinsiplari reja Mada
- Bu sahifa navigatsiya:
- Erkaklar haqida .
- Bir qancha aniq maslahatlar
Soch turmagi. Insonning eng go’zal va eng tabiiy ziynati bu – sochlardir. Sochimizning
chiroyi hamda salomatligi doimo berib qo’yilmaganligini yoddan chiqarmasligimiz zarurdir. Sochlarni chiroyli va e’tiborga tortarlik ko’rinishga ega bo’lishi uchun biz ularni har kuni parvarish qilishimiz lozim. Ayol kishi o’ta zamonaviy kiyingan, qimmatbaho taqinchoqlarga burkangan, yuz qo’llari go’zal ko’rinishga ega bo’lishi mumkin, ammo sochlarining ko’rinishi aytarli darajada yaxshi bo’lmasa – oxir-oqibat u istalgandek baribir hech bashanglik kasb etmaydi. Zamonaviy kosmetik ashyolar sochni sog’lom ravishda parvarishlashga ulkan va boy imkoniyatlar yaratdi. Masalan, kalta sochlar uzunga nisbatan ko’proq e’tiborni talab qiladi. Bo’yalgan sochlar ham xuddi shunga o’xshash talabga ega. Sochlarini to’liq bo’yaydigan (och rangni to’q tusga va to’q rangni och tusga) ayollar, sochlarning holatiga diqqatli bo’lish kerakligini unutmasliklari lozim, chunki tez o’sadigan sochlarning tubi ko’rinib xunuk ko’rinish kasb qiladi. Erkaklar haqida. Erkak kishining asosiy kiyimi – kostyum. Biroq doimo unda erkak kishi bashang ko’rinavermaydi. Kostyum jussa o’lchovlariga to’g’ri kelishi lozim, harakatlarni cheklab siqmasligi, yurganda xalaqit bermasligi, odmi rangda bo’lishi kerak. Ko’ylak, bo’yinbog’ va paypoq tanlashda ham diqqatli bo’lish lozim. Bularning hammasi, oyoq kiyimni istisno qilmagan holda yoshingiz, sharoit va boshqa ma’lum bir holatga monand bo’lishi zarur. Erkaklar bashang bo’lib tug’ilmaydilar. Bu avvalambor tarbiya va o’z-o’zni tarbiyalashdir. Bu kuzatuvchanlikdir. Bashang erkaklar kerakli darajada doimo batartibdirlar. U barcha tafsilotlarda diqqatlik va o’tkir zehn egasidir. Bir qancha aniq maslahatlar: Alohida kiyimning qismlari bir-biriga uyg’un bo’lishi kerak. Sport kiyimlariga laklangan tufli yoki galstuklar to’g’ri kelmaydi. Bayramda kiyiladigan ohorlik to’q qora kostyum-shimni oq ko’ylak, qora paypoq va qora tufli bilan kiyiladi. Tashqi ko’krak cho’ntakdan oq dastro’molning uchi chiqib turishi maqsadga muvofiq. Kombinatsiyalashgan kostyum bilan (kul rang chiviq chiviq shim, qora ustki kiyim) ikkita manjetli oq ko’ylak (manjetlar va yoqa kraxmallangan bo’lishi lozim), kul rang galstuk, qora tufli va to’q paypoqlar bilan kiyiladi. Zamonaviy va qimmatbaho kiyimni o’ziyetarli emas – bunga qo’shimcha tarzda o’zining yurishi va gavdasini tutishini doimo kuzatib yurish zarurdir. Yelkangizni doimo erkin tarzda, bo’yningiz va boshingizni cho’zmasdan tutganiz ma’qul. Bunda gavda va bo’yin doimo to’g’ri bo’lgani kishini yana ko’rkam ko’rsatadi. Viqorlilik bilan o’zni tutish, harakat va holatlardagi tabiiylik har bir insonga zeb beradi va albatta, bashang ko’rinishni istagan erkaklar uchun bu zarurdir. Shu sababli bunday maqsadga erishish yo’li – bu sport bilan shug’ullanishdir. Ertalabki jismoniy tarbiyaga erinchoqlik qilmaslik lozim. Ko’proq harakatda bo’lish zarur: yugurish, suzish, uzoq yo’llarga chiqish, sport o’yinlarini o’ynash. Bunday holatda biz maxsus zo’riqishlarsiz ham to’g’ri, tabiiy va chiroyli harakatlar qila olishga erishishimiz mumkin. Biroq hattoki ideal darajadagi sportcha gavdada ham suhbat chog’ida tavsiya etilmaydigan qoidalar mavjud: oyoqlarni chalishtirish; qimirlatish; tanishining tugmachalarida ushlab turish; qo’lini kissasiga solib olish; o’tirganda oyoqni yoyib olmoq; o’rindiqqa cho’zilib olish; o’rindiqni u yoqdan bu yoqqa qimirlatib o’tirish tavsiya etilmaydi. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling