3-mavzu. Kasbiy ma’naviyatning o’ziga xos prinsiplari reja: Madaniyat va uning kasbiy faoliyatga ta’siri


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/29
Sana23.09.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1686176
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29
Bog'liq
3-mavzu. Kasbiy ma’naviyatning o’ziga xos prinsiplari reja Mada

Indamas (pismiq) – barcha alamlarini ichiga yutib yuradigan, biroq payti kelganda birdan 
portlaydigan odam.
“Sirli qasoskor” (ishkallar) biror-bir nayraglar yordamida noqulayliklarni 
yuza keltiruvchi, “noto’g’ri qilingan ish uchun o’zini alolat o’rnatuvchi” deb hisoblaydigan kishi.
Ikkiyuzlamachi yoki “Yolg’onchi g’amxo’r” o’zini sizga yaxshilik qilayotgan kabi 
ko’rsatadi, biroq qalbida boshqalarga nisbatan adovat, ko’rolmaslik mavjud bo’lgan odam. 
“Surunkali ayblovchi” doimiy ravishda o’zgalarning aybini qidiradigan (tirnoq 
orasidan kir qidiradigan), o’zini doimo haq deb hisoblaydigan shaxs. Hayotda uchraydigan bu 
kabi odamlarning toifalari talaygina. 
Shu munosabat bilan ziddiyatli holatlarda yoki tarbiyasi qiyin odamlar bilan muomala 
qilganingizda siz nafaqat do’stlik degan tushunchaning ma’nosini anglaysiz, balki muomalaning 
yuksak sifatlarini ham o’zlashtirib borasiz. Dialektikaning ahamiyati aynan mana shu jarayonda 
namoyon bo’ladi. Ko’rinib turibdiki, ziddiyatlar insonlararo muomala madaniyatida tez-tez 
hissiyotli holatlarni yuzaga keltiradi va ayni paytda munosabatlarni chigallashtirishga hamda 
murakkablashtirishga olib keladi. Ziddiyatli holatlarni yuzaga kelganda uning oldini olish uchun 
quyidagilarni tavsiya yetish mumkin: 
1. Ziddiyatli holatlarda insonning hatti-harakatini aql emas, balki hissiyotlar 
boshqarishini unutmang. Zero, aql yon bergan paytda inson o’zining so’zi va 
hatti-harakatiga javob bera olmaydi. 
2. Muomalaning ko’plab muqobil usullaridan foydalaning, suhbatdoshingizni “jerkib” 
tashlamang, o’zingizga “Men ham yanglishishim mumkinku!?” degan savolni bering. 
3. Ziddiyatning mohiyatini to’laqonli tushunishga harakat qiling va “Mabodo ziddiyat hal 
etilmasachi?” degan xavotirdan yiroq bo’ling. 
4. Agar suhbatdoshingiz qattiq hayajonda yoki g’azablanayotgan bo’lsa, uni 
«sovutishga” intiling, zinxor undan baland kelishga urinmang: o’zingiz jim bo’lingda, undan 
buni talab qilmang.
5. Suhbatdoshingizga o’zini sizning o’rningizga quyib ko’rishini so’rang, ya’ni “Agar siz 
mening o’rnimda bo’lganingizda qanday yo’l tutgan bo’lar edingiz?” degan savolni berib 
ko’ring. 
6. Qilgan xizmatingizni haddan ziyod maqtayvermang va minnat qilmang. 
7. 
Ziddiyatni 
yuzaga 
kelishiga 
sababchi 
bo’lgan 
hamkoringizni 
ha 
deb 
ayblayvermang.
8. Har qanday holatda ham o’zaro munosabatni saqlab qolishga harakat qiling. O’ylaymizki, 
ushbu maslahatlar sizning kelgusi faoliyatingiz uchun zarur bo’ladi. 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling