3-mavzu. Kasbiy ma’naviyatning o’ziga xos prinsiplari reja: Madaniyat va uning kasbiy faoliyatga ta’siri


Muomalada yuzaga keladigan ziddiyatlar


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/29
Sana23.09.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1686176
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29
Bog'liq
3-mavzu. Kasbiy ma’naviyatning o’ziga xos prinsiplari reja Mada

Muomalada yuzaga keladigan ziddiyatlar 
Taraqqiyot ziddiyatlarning paydo bo’lishi, rivojlanishi va bartaraf qilinishi jarayonidan 
iborat. Shunga ko’ra, ziddiyatlarning ko’rinishi ham har xil bo’lib, ular narsa-hodisalarning 
harakati va rivojlanishida turlicha ahamiyat kasb etadi. Ziddiyatlar ichki, tashqi, asosiy, asosiy 
bo’lmagan kabi ko’rinishlarga bo’linadi. Jumladan, ichki ziddiyatlar – narsa va hodisalardagi 
ichki jarayonlarning ifodasi, harakatlanishning manbai hamda rivojlanishning asosiy sababidir.
Tashqi ziddiyat - narsa va hodisalar o’rtasidagi munosabatlarning ifodasi hisoblanadi. 
Jamiyat rivojlanishining mazmuni va mohiyati ham asosan ichki ziddiyatlarning xal qilinishi 
bilan belgilanadi. Biroq, rivojlanishda tashqi ziddiyatlarning ishtiroki kamroq bo’ladi, degan 
fikrga bormaslik kerak. Zero, globallaShuv va integratsiya jarayonlarida tashqi ziddiyatlarning 
ham o’z o’rni bor. Narsa-hodisalarning mohiyatini, holatini, kelib chiqish va rivojlanish 
qonuniyatlarini belgilovchi ziddiyatlar esa asosiy ziddiyatlar deb ataladi. 
Muomala madaniyatida ziddiyatlar anglashilmovchilik, bir-birini tushunmaslik hamda 
o’zaro manfaatlar to’qnaShuvi natijasida kelib chiqadi. Shuningdek, ziddiyatlarni keltirib 
chiqaruvchi sabablarning xususityalariga qarab tavsiflash mumkin. R.L.Krichevskiy o’zining 
“Agar siz rahbarsiz” kitobida ziddiyatlarni keltirib chiqaruvchi omillarni 3 ta guruhga bo’ladi: 
Birinchi guruh – mehnat jarayonidagi ziddiyatlar. 
Ikkinchi guruh – insonlararo munosabatlarning psixologik xususiyatlari, ya’ni impatiya 
va antipatiya, madaniy-etnik xilma-xillik, rahbar hatti-harakatlari, psixologik moslasha olmaslik 
va hokazo. 
Uchinchi guruh – jamoa a’zolarining o’ziga xosligi. Masalan, o’zini boshqara olmaslik, 
ehtiroslarga berilish, tajovuz, do’q-po’pisa, haqoratlash-so’kinish,munosabatga kirisha olmaslik. 
Ziddiyatlar 
ma’muriy 
tashkilotlar 
va 
ishlab 
chiqarish 
korxonalari 
uchun 
ahamiyati hal yetish yo’llariga ko’ra farqlanadi, umumiy ma’noda konstruktiv va estruktiv 
ziddiyatlarga ajraladi.

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling