Arab davlatlari Arab etiketi arab dunyosining yozilmagan urf-odat qonunlarini ajralmas
qismi hisoblanib, bajarilishi shartdir. Shu kunga qadar arablar jamiyat hayotining hamma
sohalarida arab etiketiga rioya qilib kelmoqdalar. Arab etiketi tipologik ravishda sharq xalqlari,
asosan islomiy xalqlar etiketiga o’xshab ketadi. Arab etiketining alohida xususiyatlari – bu
mehmondo’stlik, kattalarni hurmat qilish, kamtarlik, jasurlik, hamda yuqori shakllangan burch
va do’stlik hissidir. Arablar uchun eng muhimi bu jamiyatdagi obro’ e’tibordir.
Obro’-e’tiborga ega bo’lish uchun bir qancha xususiyatlarga ega bo’lish kerak, bu esa
xalqni burch va axloqiy anglash tushunchasi bilan aks etadi. Bu tushunchalar quyidagi
xususiyatlarni o’zida mujassam etgan: rostgo’ylik, jasurlik, kattalarni hurmat qilish va
saxiylikdir.Arablar insoniy xislatlar ichida samimiylikni yuqori qadrlaydilar. Inson va jamiyat
o’rtasidagi munosabatlarda burch, majburiyat haqidagi tushunchalar muhim rol o’ynaydi.
Arablar sergap, jiddiyatsizlik, yengiltaklik kabi xislatlarni qoralaydilar. Xulq-atvor qonunlarida
qo’shnichilik va mehmondo’stlik munosabatlariga alohida ahamiyat berilgan. Arablar uchun
mehmonni yaxshi kutib olish nafaqat majburiyat, balki muqaddas burchdir.
5. Muomala madaniyati, uning asosiy shakl va qoidalari
Kasb etika albatta insoniyatning turmushiga, insoniy ehtiyoji mohiyatiga bog’liq bo’ladi,
ammo ijtimoiy va individual ong darajasi bilan belgilanadi. Jamiyatda insonlarning xatti-
harakatini boshqa shakllar qatorida Kasb etika ham ko’plab individlarning faoliyatlarini
muvofiqlashtirishga, uni muayyan ijtimoiy qonunlarga bo’ysungan birlashgan umumiy
faoliyatga aylantirishga xizmat qiladi.
Muomala har qanday odam, jamiyat faoliyatining zaruriy va umumiy sharti, har
tomonlama rivojlanishining muhim omili, ongli odamni tabiatdan ajratib turuvchi mezonlardan
biridir.
Muomala juda murakkab jarayon bo’lib, u odamlarning o’zaro iqtisodiy, siyosiy,
huquqiy, ijtimoiy-ma’naviy munosabatlarini, aloqalarining yigindisidan tashkil topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |