2. Bir narsadan xafalanib, achchigingiz kelib turgan vaqtda hech kim bilan so’zlashmang,
gazabingiz bosilguncha sabr qilib turing. Odamlarning
kamchiliklarini kechiring, har ishda fikr
qilish va e’tibor berishni unutmang.
3. Odamlarga aralashmay bir chetda turmang. Kim uchrasa,
tekshirmay-ketmay darhol
do’st bo’lib ketmang, har ishda hur fikrli, to’gri so’zli bo’ling, tilingiz va dilingiz birdek bo’lsin.
4. Qo’pol muomalali kishilarning muomalalariga yaxshi muomala bilan javob qaytaring.
5. O’zingizdan kichiklarni xo’rlamang, aqlingiz va martabangiz bilan maqtanmang, har
kimning o’ziga munosib muomala qiling.
6. Hamsuhbatingiz go’zal muomala qilishini istasangiz, avval o’zingiz unga go’zal
muomala qiling, kishilarga muhabbatli bo’lishingiz sababli kamolotingiz hech bir zos ketmaydi.
7. Xalqqa yaxshi ishlarni so’zlang, yomon ishlarni yashiring.
Odamlar bilan
muomalangiz shunday bo’lsinki, hayotingizda sizni sevsinlar, vafot etganingizdan keyin sizni
eslab, qaygursinlar.
8. Juda zarur bo’lib qolgan vaqtdagina xalqdan yordam so’rash mumkin. Xalqqa o’z
ogirligingizni solmang, ularning
mollariga tama qilmang, o’zingiz ishlang, mehnat qiling rizq-
ro’zingizni o’z mehnatingiz bilan yarating.
9. Bir ishni bajarishga ahd qildingizmi, so’zingizning ustidan chiqing, va’dangizga vafo
qiling. Kim bilan do’st bo’lsangiz, do’stlikka sodiq bo’ling.
Odamlarning shodliklariga
shodlaning, qaygulariga qayguring. O’zingiz sevmagan narsani boshqalarga ravo ko’rmang.
10. Jamiyat manfaati uchun xizmat qiling, bu yo’lda sarflagan vaqtingizga achinmang,
chunki
boshqalarni sevish, ularga yordam bering, kamchiliklarini tugatish uluglik va
odamgarchilik belgisidir.
Do'stlaringiz bilan baham: