3-mavzu. Kasbiy ma’naviyatning o’ziga xos prinsiplari reja: Madaniyat va uning kasbiy faoliyatga ta’siri
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
3-mavzu. Kasbiy ma’naviyatning o’ziga xos prinsiplari reja Mada
Yaponiya. Yaponiya har doim o’zining an’anaviy yapon xushfe’lligi va xushmuomaligi
bilan tanilgan. Yaponiyada yoshu qari past ovozda gaplashadi. Yaponlarda birmuncha issiqlik bo’lmasa-da, juda xushmuomala xalq hisoblanadilar. Yaponlar uchun xushmuomalik va odob- axloq qoidalari deyarli muqaddas hisoblanadi. Yapon etiketi ma’nosini tushuntirish uning tamoyillaridan boshlanadi. Yaponlarning oilaviy kutubxonasida boshqa adabiyotlar bilan birga etiket bo’yicha ko’rgazmali kitoblar, xushfe’llilik qonunlarini o’rganish uchun amaliy qo’llanmalarni uchratish mumkin. Idoralar va hukumat muassasalarida yangi xodimni ishga qabul qilishdan oldin, uning etiket qoidalarini qay darajada bilishini tekshiradilar. Yapon etiketi insoning uyda, ko’chada, ishda qanday tuta bilishi kerakligini belgilaydi. Yaponlar choyni qanday uzatishni, qanday kiyinishni, bosh kiyimlardan qanday foydalanishni bilishlari shart. Yevropa etiketidan farqli o’laroq, yapon etiketi qoidalari bo’yicha zinadan harakatlanayotganda erkak kishi chap tarafda turishi, zinadan ko’tarilayotgan paytda erkak kishi ayol kishidan avval, zinadan tushayotgan paytda esa erkak kishi orqada bo’lishi kerak. Yaponlar xushmuomala va o’zini qo’lga ola bilgan insonlardir. Ular uchun boshqa dunyo xalqlari kabi etiket qoidalari juda muhimdir. Yaponlar o’zlarining an’analariga boshqalarning rioya qilishini majburiy deb hisoblamasalar-da, ularga rioya qilganlarga nisbatan samimiy minnatdorchilik bilan muomalada bo’ladilar. Yaponiyada bosh egib so’rashish an’anasi hali ham keng tarqalgan bo’lgani uchun mehmonlarga ham bunga javoban biroz boshini egib salomlashish tavsiya qilinadi. Xitoy. An’analarga alohida yondashish, tartib, o’rnatilgan qoida va an’analarga amal qilish uning xulq va odob ta’limotining asosi bo’lib qolgan. Hozirgi paytda konfutsianlik shartlari va insonlar o’rtasidagi munosabatlarning jiddiy vertikal tizimi ortda qoldi. Muomala qilish, xulq-atvor tamoyillari, kiyim shartlari jamoat ierarxiyasiga bog’liq bo’lmagan holda qat’iylik tusini yo’qotdi. Ayollar erkaklar kabi bir xil imtiyozlarga ega bo’ldilar. Shu bilan birgalikda, kattalarga hurmat va milliy madaniyat, tarix, adabiyotga nisbatan e’tibor tuyg’ulari saqlanib qoldi. Shuni yodda tutish kerakki, Xitoyda etiketning asosiy xususiyati xushmuomalalikdir. Xitoyda yoshi katta yoki notanishShaxslar bilan muomualada “siz”, deb muloqotda bo’lish, Yevropa davlatlariga nisbatan kam ishlatiladi. Xitoyliklar asosan muloqotda bo’lganda “sen”, deb muomalada bo’ladilar, bu, o’z navbatida, rus yoki, masalan fransuz kishilik olmoshiga to’g’ri keladigan to’liq analog bo’lib hisoblanmaydi. Muloqotda Shaxs hurmat yuzasidan ikkinchi Shaxsga nisbatan kishilik olmoshi o’rniga — janob (xonim) va familiyasini qo’shib murojaat qilishi mumkin. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling