3-mavzu. Kasbiy ma’naviyatning o’ziga xos prinsiplari reja: Madaniyat va uning kasbiy faoliyatga ta’siri
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
3-mavzu. Kasbiy ma’naviyatning o’ziga xos prinsiplari reja Mada
- Bu sahifa navigatsiya:
- R. Xyusman va D. Xetfild
Ijtimoiy
adolat jamiyatda demokratiyaning mavjudligi, insonning ijtimoiy himoyalangani, barchaning qonun oldida tengligi, shuningdek fuqarolarning ish bilan ta’minlangani, tibbiy xizmat, uy-joy, ta’lim, madaniy ne’matlarga daxldorligini anglatuvchi ijtimoiy tizimdir. Ijtimoiy adolat real qadriyat bo‘lib, u fuqarolik jamiyatining uzviy qismi hisoblanadi. Shuningdek, insonning ijtimoiy himoyalangani ham fuqarolik jamiyatining barqaror rivojini ta’minlaydigan adolat omilidir. Barchaning qonun oldidagi tengligi fuqarolik jamiyati hayotidagi muhim omildir. Fuqarolik jamiyatida insonni inson qiladigan ijtimoiy adolatning asosi ta’lim, tibbiy xizmat, uy- joy, mehnat kabi ne’matlardan hamma uchun erkin foydalanish imkoniyatining mavjudligidir. Inson doimo jamiyat hayotida muhim o‘ringa ega bo‘lishga intilib yashaydi, bu – uning asosiy ehtiyojlaridan biri. Fuqarolar huquq va burchlarining o‘zaro mosligi ham fuqarolik jamiyatidagi adolatli munosabatlarni aniq izga soluvchi omildir. Bundan nafaqat jamiyat, balki shaxsning o‘zi ham katta manfaat ko‘radi. Ana shu moslik tufayligina inson boshqalardan hurmat va e’tirof kutishga haqli. Jinoyatga yarasha jazo tizimi bo‘lmagan sharoitda har qanday jamiyat taraqqiyot borasida qiyinchiliklarga duch kelishi tabiiy. Agar jinoyatni jazosiz qoldirmaydigan tizim ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish kuchiga ega bo‘lsa, mehnat va uning baholanishi o‘rtasidagi moslik iqtisodiy munosabatlarni tartibga soladi. Bugungi zamonaviy jamiyatni ana shunday moslik qoidalarisiz tasavvur etish mushkul. Bu moslik butun iqtisodiy tizimning poydevorini tashkil etadi. Shu bois jamiyatning iqtisodiy negizlarini turli tahdidlardan himoya qilish ichki ishlar idoralari xodimlarining asosiy vazifasidir. Adolat prinsipi masalaga qonun ustuvorligi, odillik nuqtai nazaridan xolis yondashish, haqiqatni bosh mezon deb bilish, shu yo‘lda beminnat xizmat qilishdir. Adolat prinsipiga amal qilib, mamlakatimizda inson, uning huquq va manfaatlarini eng oliy qadriyat sifatida ro‘yobga chiqarish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Tabiiyki, bu o‘zgarishlar yurtimizda ijtimoiy adolat va demokratik prinsiplarni chuqur qaror toptirish bilan uzviy va chambarchas bog‘liq. Adolat prinsipi alohida inson xatti-harakatidan tortib, mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy institutlargacha bo‘lgan keng miqyosdagi munosabatlar tizimiga bir xilda yondashishni taqozo etadigan noyob ijtimoiy hodisadir. U ba’zan qarama-qarshi va ziddiyatli holatlarga sabab bo‘ladi, lekin oxir-oqibatda haqiqatni yuzaga chiqaradi. Adolat prinsipi real ijtimoiy mexanizmga ega. U, avvalo, barqarorlik va ijtimoiy hamjihatlikni ta’minlashning eng muhim omilidir. Adolat prinsipi jamiyatning o‘ziga xos “asab tolasi” bo‘lib, odamlarning ijtimoiy kayfiyatini yaqqol ifoda etadi. Ayni paytda u jamiyatdagi ezgu niyatli kuchlarni yagona maqsad yo‘lida birlashtiradigan ta’sirchan va samarali qadriyatdir. Bugun jamiyatimiz o‘zining ijtimoiy adolat konsepsiyasiga ega bo‘lib, bunda xalqimizga azaldan xos bo‘lib kelgan adolatga ishonch va ehtirom tuyg‘usi ulkan ahamiyat kasb etmoqda. Iqtisodiyotda adolat prinsipining asosiy qoidasi – qo‘shilgan hissa va olingan ulush mutanosibligi, manfaatlar uyg‘unligini ta’minlash. Demokratik prinsiplar esa muvozanatga keltirish vositasi rolini bajaradi. Adolat prinsipining ratsional ahamiyatini oshirish uchun aniq me’yorlar, o‘lchovlar talab etiladi. Jamiyat boyligiga qo‘shilgan hissa va undan olingan ulush mutanosibligi demokratik me’yorlarga ham mos keladiki, bu iqtisodiyotda – mehnat va ish haqi; siyosatda boshqaruvdagi ishtirok va burch; huquqda – erkinlik va zarurat, huquq va burch, jinoyat va jazo; ijtimoiy sohada – insonning jamiyat hayotidagi o‘rni va nufuzi, ijtimoiy maqomining real mehnat natijalari, qobiliyat va salohiyatiga qanchalik mos ekanida namoyon bo‘ladi. Adolatning boshqa jihatlari ham demokratik mazmunga ega. Ular jamiyatning barcha a’zolari uchun umumiy va bir xilda tatbiq etilishi mumkin. Amerikalik sotsiologlar R. Xyusman va D. Xetfild “adolat omili” tushunchasini asoslab, uni amalga oshirishda qo‘l keladigan qoidalarni keltiradi. Bular quyidagilar: 1) inson o‘zgalar bilan munosabatini o‘zining jamiyat ishiga qo‘shgan hissasi va buning evaziga oladigan ulushini taqqoslash orqali baholaydi; 2) qo‘shilgan hissa va olingan ulushning nomutanosibligi norozilikka sabab bo‘ladi; 3) inson o‘ziga tegayotgan ulushdan qoniqmasa, o‘zicha adolatni tiklashga harakat qiladi. Xullas, ijtimoiy adolatning mazkur qoidalari jamiyatning barcha a’zolari uchun umumiyligi va bir xilda tatbiq qilinishi bilan ahamiyatlidir. Shuningdek, bu qoidalar ijtimoiy uyg‘unlikning zaruriy asosi hisoblanadi. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling