3-mavzu. Kasbiy ma’naviyatning o’ziga xos prinsiplari reja: Madaniyat va uning kasbiy faoliyatga ta’siri
“Obro’-e’tibor” tushunchasi, uning mohiyati va ahamiyati. Kasbga va lavozimga
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
3-mavzu. Kasbiy ma’naviyatning o’ziga xos prinsiplari reja Mada
2. “Obro’-e’tibor” tushunchasi, uning mohiyati va ahamiyati. Kasbga va lavozimga munosib bo’lishni anglash Obro’-e’tibor ma’naviy tamoyil bo’lib, insonning ma’naviy sifatlari, mehnat faoliyati, nasl-nasabi, bilimi yoki kasbiy mahoratiga o’zgalartomonidan berilgan yuksak baho. Boshqacha aytganda, obro’ insonning ruhiy psixologik, intellektual va amaliy xatti-harakatini ko’pchilik tomonidan e’tirof etilishidir. Obro’ ma’naviyatga bevosita taalluqli bo’lishiga qaramasdan, uning pasayishi yoki ortishi ko’p omillar bilan belgilanadi. Ezgu maqsadlarni ko’zlab amalga oshirilgan ishlar inson obro’si oshishiga, buzg’unchi, yovuz maqsadlar esa uning obro’si pasayishiga zamin hozirlaydi. Katta-kichikligiga ko’ra obro’ o’ziga xos darajalarga bog’liq va uning shakllanishi shaxsning o’z oldiga qo’ygan maqsadlariga borib taqaladi. Shaxs maqsadlari va amalga oshiradigan ishlari guruh bilan bog’liq bo’lib, olinadigan obro’ ham shu guruh darajasida, jamiyatga tegishli bo’lgan jamiyat, davlatga tegishli bo’lgan davlat, tamaddunga tegishli bo’lgan tamaddun darajasida bo’lishi mumkin. Shuningdek, obro’ alohida yoki bir necha sohalarga tegishli bo’lishi mumkin. Masalan, tibbiyotda orttirilgan obro’ asosan shu va shu sohaga yaqin soha vakillari o’rtasida namoyon bo’ladi. Masalan, Nobel mukofotini olganlar orasida ko’p soha vakillari bor. Lekin ularni hamma ham bilmaydi, ular ma’lum soha mutaxassislari o’rtasidagina yuksak obro’ga ega. Biroq, ayrim mashhur shaxslar muayyan sohada jahon ilm-fani va madaniyatiga qo’shgan ulkan hissasi tufayli butun insoniyatning e’tirofiga sazovor bo’ladi, ularni barcha yaxshi biladi va hurmat qiladi. Masalan, Mirzo Ulug’bekning astronomiya sohasidagi kashfiyotlari, Alisher Navoiyning adabiyot, xususan, she’riyatdagi ijodi ularning jahon miqyosida obro’ qozonishlariga sabab bo’lgan. Bundan tashqari, obro’ guruh, jamiyat davlat, mintaqa, shahar darajasida ham namoyon bo’lishi mumkin. Masalan, tarixda Buxoro – “quvvatul din val islom”, Samarqand – “sayqali ro’yi zamin”, Shahrisabz – “qubbatul ilm val adab” deya e’zozlangan bo’lsa, Xorazm me’morchilik va san’at, Toshkent qurolsozlik, Farg’ona dehqonchilik madaniyati bilan obro’ qozongan. O’rta Osiyo esa madaniyatlar tutashgan mintaqa sifatida ma’lum va mashhur bo’lgan. Obro’ “nom qozondi”, “oti chiqdi”, “dovrug’ taratdi”, “hurmat e’tibor topdi”, “shon- sharafga erishdi”, “tillarda doston bo’ldi” kabi atamalar orqali ham ifodalanadi. Obro’ – inson xizmati tan olinganini ifodalovchi o’ziga xos mezon. Hozir G’arbda, odatda, zohiriy obro’ ko’rsatkichlari sifatida shaxsning moddiy farovonligi, turar joyi, avtomobil markasi, matbuotda tilga olinishi, oilaviy shifokori va ruhshunosining mavjudligi, kasbiy muvaffaqiyati va boshqalarga egaligi e’tiborga olinadi. Sharqda esa, bundan farqli o’laroq, shaxsning el-yurt oldidagi xizmati, ma’naviy yutug’i yoki xalq orasida topgan e’tibori, odamlarga ko’rsatadigan tarbiyaviy ta’siri kabilar obro’ning asosi bo’lib xizmat qiladi. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling