3 mavzu. Konsultatsiya bosqichlari


 Psixologik maslahat tashkiliy tizim sifatida


Download 82.5 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana07.02.2023
Hajmi82.5 Kb.
#1174046
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3-mavzu

 
3.2. Psixologik maslahat tashkiliy tizim sifatida 
Maslahatchi oliy psixologik ma’lumotga yoki Konsultant mutaxassisligiga 
ega bo‘lishi kerak. 
B.D.Karvarskiy tahriri ostidagi psixoterapiya ensiklopediyasidagi psixologik 
maslahatga berilgan ta’rif bo‘yicha psixologik yordamni nafaqat psixologlar, balki 
boshqa kasbdagi vakillar ham ko‘rsatishi mumkin. Bunday holatda oliy 
ma’lumotlilik psixologik maslahat sohasidagi mutaxassis-likning zaruratligi 
ta’kidlanadi. 
Konsultantning kasbiy tayyorgarligi bir qator nazariy kom-ponentlardan 
iborat:
Psixologik rivojlanishning umumiy qonuniyatlarini bilish; shaxs nazariyasi 
haqidagi asosiy tushuncha; shaxs turlarini bilish; shaxs rivojla-nishining 
bosqichlari va ushbu bosqichlarning har bir krizisli holat xusu-siyatlariga 
bog‘liqligi; mazkur bosqichlardagi psixologik tayanch xususiyat-lari. 
Bundan tashqari, har bir shaxs o‘zining mustaqil mehnat faoliyati 
boshlanishida ma’lum bir kasbiy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak. Bunda shaxs 
o‘zining shaxsiy psixologik muammolari yechimini topish maqsadida shaxs 
rivojlanishiga oid treninglar orqali “tozalanish” jarayonidan o‘ti-shi foydadan holi 
emas, chunki boshqalarni “davolashdan” oldin o‘zi kasal-dan forig‘ bo‘lishi kerak.
Shunday qilib, Konsultant nafaqat nazariy bilimlar, shu-ning bilan bir 
qatorda amaliy ko‘nikmalarni egallashi zarurdir. Kelajakdagi mutaxasssisligini 
shaklantirishda Konsultant yuqo-rida e’tirof etilgan ikki sohani uyg‘unlashuvi 
natijasida psixologik yo‘nalishdagi tanlov haqida aniq tasavvurga ega bo‘lishi 
kerak. Agar yo‘na-lish tanlovi haqida so‘z borganida, bu boshqa yo‘nalishlardan 
voz kechilishi emas, aksincha qo‘shimcha tarzda ularning birlashuvini 
irmoqlarning katta daryoga qo‘shilishiga qiyoslash mumkin. Bunda yo‘nalishning 
keng tarmog‘ini egallagan mutaxassisning so‘zsiz mijozlari ham ko‘p bo‘ladi. 
Psixologik maslahat markazini tashkil etish va uning faoliyatini boshlash 
uchun uchta savolga javob berish kerak: 1)Nima uchun?; “ 2) Nima hisobiga (yoki 
kimning mablag‘i hisobidan); 3) markaz joylashadigan binoga nisbatan bo‘lgan 
talablar. 


 Mablag‘ masalasini atroflicha o‘rganish muhim bir o‘rinni egallaydi. Shuni 
alohida ta’kidlash joizki ushbu markaz shaxsiy bo‘lishi mumkin, shuningdek 
tarmoqli va davlat mablag‘i hisobidan ham tashkil etilishi mumkin. 
Markaz binosiga nisbatan ikkita asosiy talablarni ko‘rsatish mumkin: 
binoning joylashuvi va jihozlanishi. 
Maslahat markazi joylashuvini tanlashda qo‘yidagi uchta “mumkin emas” ga 
rioya qilish zarur: 
1)
Maslahat markazini savdo tashkilotlari ichida va yonida joylash-tirish 
mumkin emas; 
2)
Yo‘lovchilar serqatnov va shovqin-suronli binolar yoniga joylash-tirish 
mumkin emas; 
3)
Markazga tashrif etilgan mijozlarga noqulaylik kayfiyatini tug‘diruvchi 
tashkilotlar yonida joylashtirish mumkin emas (masalan ichki ishlar, hushyorxona 
va boshqa tashkilotlar). 
Psixologik maslahat markazlarini quyidagi joylarda tashkil etish mumkin: 
1)
tinch joylarda; 
2)
transport yo‘nalishi qo‘lay bo‘lgan joylar; 
3)
uning joylashuvi va tashqi ko‘rinishi mijozlarda yoqimli kayfi-yatni 
ko‘tarish kerak. 
Agar maslahat markazi alohida bog‘ bilan o‘ralgan binoda joylashgan bo‘lsa 
maqsadga muvofiq bular edi.

Download 82.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling