3 mavzu. Konsultatsiya bosqichlari
Download 82.5 Kb. Pdf ko'rish
|
3-mavzu
S
a n a M ij o zn in g fa m il iy a si v a i sm i M a ’l u m o ti M u a m m o si K el g a n v a q ti P si x o lo g i sm i sh a ri fi Q o ‘s h im ch a m a ’l u m o t Yuqori tashkilotlarga hisobot topshirishda qulaylik bo‘lishi uchun maslahatchining hohishiga ko‘ra ushbu jadvalga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. Jadvalning “Qo‘shimcha ma’lumotlar” bo‘limiga alohida e’tibor beri-lishi talab etiladi. Ushbu bo‘lim mijozning haqiqiy psixologik tavsif-larini to‘plashga xizmat qiladi. Psixologik maslahat sohasida tadqiqotchilar maslahat jarayonini bosqichlarning bir-biri bilan tartibli ravishda almashinuvi tarzida tasavvur qilishadi. Yu.Ye.Aleshina maslahat bosqichlarini to‘rt bosqichga bo‘ladi: 1) Mijoz bilan tanishuv; 2) Mijoz bilan surishtiruv ishlarini olib borish, maslahat taxmin-larini izohlash va tekshirib ko‘rish; 3) Korreksiyali o‘zaro ta’sir ko‘rsatish; 4) Suhbatning tugallanishi. V.Yu.Kenovщikov o‘zining “Psixologik maslahatga kirish” risolasida maslahat bosqichlari psixologik maslahatning asosiy usuli-intervyu jarayonlari bilan chambarchas bog‘liqligini ko‘rsatgan. Intervyu-ingliz tilidan interview- suhbat, uchrashuv ma’nosini bildiradi. Ushbu so‘z ko‘p ma’nolidir. Og‘zaki so‘rov yordamida ijtimoiy-psixologik ma’lumotlarni olish bo‘yicha psixologik amaliyotda qo‘llani-lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Intervyu jarayonlari quyidagilardan iborat: 1) Aloqani o‘rnatish; 2) Ma’lumotlarni olish (Muammo nimadan iborat?); 3) Kutilayotgan natijani anglash (Aynan nimani o‘zi hohlaysiz?); 4) Alternativ qarorlarni ishlab chiqish (Ushbu holat bo‘yicha yana nima qilishi mumkin?); 5) Natijalarni umumlashtirish. R.S.Nemov psixologik maslahatning quyidagi bosqichlarini tavsiya etadi: 1. Tayyorgarlik bosqichi-20-30 daqiqa. Bu bosqichda maslahatchi mijozning hujjatlarini o‘rganadi, muammo yechimiga doir adabiyotlarni tanlaydi va maslahat o‘tkazish rejasini ishlab chiqadi. 2. Taraddud bosqichi-5-7 daqiqa. Mijozni kutib olish, aloqani o‘rnatish. 3. Tashxis bosqichi-60 daqiqa. (boshqa holatlarda 4-6-8 soat ham bo‘lishi mumkin). Mijoz shaxsini tashxis qilish, muammo yechimiga qaratilgan ichki imkoniyatlar. 4. Tavsiyali bosqich. Ushbu bosqichda olingan ma’lumotlar asosida muammo yechimining yo‘nalishlari yuzaga keladi. Konsultant bilan mijoz hamkorligida ushbu yo‘nalishlar izlanish ishlarini amalga oshirish-ga 40-60 daqiqa vaqt ketadi. 5. Nazorat bosqichi- 20-30 daqiqa. Yo‘nalishlarni amalga oshirilishiga qaratilgan nazorat yo‘llarini topish maqsadida psixolog maslahatchi bilan mijoz o‘zaro kelishishadi. Shunday qilib, uchrashuvning umumiy vaqti ikki-uch soatdan o‘n-o‘n ikki soatgacha bo‘dgan oralig‘ni tashkil etadi. Yuqorida e’tirof etilgan tuzilmalar uyg‘unligida psixologik masla-hat quyidagi bosqichlardan iborat bo‘lishi mumkin: 1. Birinchi bosqich. Ishning boshlanishi. Ushbu bosqich tarkibiga mijozni kutib olish, tanishish aloqasini o‘rnatish kabi komponentlar kiradi. 2. Ikkinchi bosqich. Ma’lumotlarni to‘plash. Mazkur bosqichning maq-sadi mijozning shaxsiga tashxis qo‘yish (suhbat, kuzatuv, testlar), mijoz-ning resursini aniqlash, muammo mohiyatini aniqlash. 3. Uchinchi bosqich. Strategiyali: muammoning yechimi imkoniyatlarini aniqlash, harakat rejasini muvofiqlashtirish, belgilangan rejani amalga oshirish yo‘llarini aniqlash. 4. To‘rtinchi bosqich. Rejaning mijoz tomonidan amalga oshirilishi. Rejani bajarilishi mijoz tomonidan mutaxassisning ishtirokisiz musta-qil amalga oshiriladi. Har bir maslahatning bosqichi uchun tegishli jarayonlar taalluqlidir, ularning qo‘llanilishi psixologik maslahatda yuqori natijalar olishga omil hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda mutaxassis ham odam. Z.Freydning fikricha, har qanday ma’lumotli odam psixoterapevt bo‘lishi mumkin. O‘z-o‘zidan “har qanday” iborasi shubhasiz qarama-qarshi qarashlarni yuzaga keltiradi, ammo ushbu fikr asosiy g‘oyasining o‘zi qiziqarlidir. Agar hozir siz muto-alaga bir oz tin berib, xayollar og‘ushiga ketsangiz, sizning yoki yaqinlarin-giz hayoti davomidagi ba’zi lavhalarda bir suxan so‘zi, nazari yoki sukut saqlash ishtiroki bilan murakkab holatlarni yengishda yordam bergan kerakli odam eslanadi. Xo‘sh, bunday ajoyib “kerakli odam” qanday xususiyatlarga ega bo‘lgan? Vazifa. Savolga javob bering. 1.Uning davrasida psixologik o‘ng‘aylikni his qiladigan odam qanaqa shaxsiy xususiyatlarga ega bo‘ladi? 2.O‘zingiz qanaqa shaxsiy xususiyatlarga egasiz? 3.Qanaqa mashqlar, sizning fikringizcha, ushbu xususiyatlarni rivoj- lantiradi? Maslahat berish sohasidagi maslahat jarayonining samaradorligi uchun zarur bo‘lgan mutaxassisning shaxsiy xususiyatlariga ta’rif berish bo‘yicha bir necha tadqiqotlar o‘tkazilgan. Natijada quyidagi ruyxat hosil bo‘lgan: empatiya, hissiy yaqinlik, ijobiy munosabat (Karl Rodjers), sami-miylik (Rodjers K.,Trua), yumor tuyg‘usi, turmushning ayanchli tuyg‘usi, aniqlilik, o‘z-o‘zini anglash va refleksiya. Download 82.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling