3 mavzu. Konsultatsiya bosqichlari
Download 82.5 Kb. Pdf ko'rish
|
3-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yumor tuyg‘usi.
- Turmushning ayanchli tuyg‘usi.
- O‘z-o‘zini anglash va refleksiya.
Empatiya “boshqa odamning hissiy kechinmalaridagi hissiy holat-larni
anglash” deya ta’riflanadi. Biroq shuni yodda tutish kerakki, boshqa odamning ichki dunyosiga to‘liq kira olish mumkin emas. Boshqa odamning ichki dunyosiga o‘zimizning tajriba, fikr va qarashlarimiz aks etgan dunyo bilan kirish to‘g‘ri kelmaydi. Shunga o‘xshash munosabat o‘rniga psixologik maslahat jarayonida empatiya shartli ravishda har qanday (shaxsiy, oilaviy, ish yuzasidan) bosqichda muloqotdan afzal bo‘ladi. Hissiy yaqinlik.Ushbu xususiyat boshqa odamlarga nisbatan haqiqiy qiziqishni uyg‘otadi. Odamlar o‘rtasidagi iliq va ijobiy munosabatlar yo‘nalishlari nuqtai-nazaridan hissiy yaqinlik muhim o‘rinni egallaydi. Biroq, ba’zi bir odamlar ushbu tuyg‘uni odamni o‘z-o‘ziga ishonchsizligi deb qabul qilishlari ham ehtimoldan holi emas. Ijobiy munosabat. Karl Rodjers ta’biri bilan aytganda, ushbu xususiyat “shartsiz ijobiy munosabat”ga tenglashtiriladi. Uning nazarida bu xususiyat terapevtik o‘zgarishlarga zarur sharoitlar yaratadi. Samimiylik. Bu xususiyatni sun’iy tarzda yaratib bo‘lmaydi. Maxsus psixologik ko‘nikmalarsiz ham odam nosamimiylikdan samimiylikni bexato ajrata oladi, chunki samimiylik-bu avvalambor, niyatning to‘g‘riligi-dandir. Yumor tuyg‘usi. Ovidiyning “Muhabbat san’ati”da odam bir qator xususiyatlarga ega bo‘lishi bilan bir qatorda, unda yumor tuyg‘usi ham bo‘lishi zarur, bunda ushbu tuyg‘u hamma vaqt ham kerak bo‘lmasligi mumkin, biroq, uning mavjudligi insonni yetukligini bildiradi. Bu haqiqatdir, chunki mazkur tuyg‘u xavfli, murakkab va ilojsiz holatlardan chiqib ketish-da muhim ahamiyatga ega. Kulgu bo‘lmaganda insoniyat halokatga uchrashi ehti-moldan holi emas. Turmushning ayanchli tuyg‘usi. Ispan faylasufi Migel de Unamuno 1954 yilda “turmushning ayanchli tuyg‘usi” haqida yozib, uning fikriga ko‘ra, insonlar hayotni to‘laqonli his etishlari lozim. Aniqlilik. Psixoterapiya ifodasida aniqlilik nafaqat boshqa odamni tinglay bilish, eshitganlarini tahlil qilish emas, balki vaziyatga aniqlik kiritish ham muhim ahamiyat kasb etadi. O‘z-o‘zini anglash va refleksiya. Shaxsning o‘z-o‘zini anglashi-bir-lik va o‘ziga xoslikni his etishi, “qarama-qarshi tashqi dunyoni anglashda fikrlari, tuyg‘ulari, hohishlari bilan ajralib turuvchi mavjudotdir”. Refleksiya-“nimanidir o‘rganish va taqqoslash yordamida odamga xos fikrlash jarayonidir”. Qisqa ma’noda-“Men va uning kichik koinotni bilishga qara-tilgan “yangi burilish” bo‘lib, faqat shundagina shaxsda uni egallash imko-niyati paydo bo‘ladi. Ayniqsa shunday qobiliyatlar uyg‘unligida shaxsiy va kasbiy xususiyatlar rivojlanishiga erishish mumkin. Download 82.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling