3 mavzu. Konsultatsiya bosqichlari


Xonani jihozlanishi (interer)


Download 82.5 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana07.02.2023
Hajmi82.5 Kb.
#1174046
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3-mavzu

Xonani jihozlanishi (interer) 
Maslahatchi ixtiyorida ikki xona bo‘lishi kerak – bittasi maslahat va suhbat 
uchun, ikkinchisi psixodiagnostika, hujjatlarni yuritish va tadbir-larni o‘tkazishga 
tayyorgarlik ko‘rishga ajratiladi. 
Maslahat ishlari uchun ajratilgan xonada o‘rindiqlar, jurnal stoli va 
mijozlarning uyda mustaqil shug‘ullanishlari zarurati uchun ommaviy psixologik 
adabiyotlar javoni bo‘lishi kerak. 
Ikki xona ham yorug‘ rangda bo‘lishi shart. Xonani kelajakka ishonch va 
yaxshi kayfiyat ta’sirini beruvchi ko‘rgazmali rasmlar bilan bezatish mum-kin. 
Misol tariqasida xonani Zevsning qizlarni o‘ziga jalb etishi, Geraklning o‘n 
uchinchi jasorati haqidagi rasm-asarlar bilan bezatish mumkin.
Maslahatchining o‘zi uchun ajratilgan ikkinchi xonada yozuv stoli, maxsus 
psixologik adabiyotlar javoni, psixodiagnostika bo‘yicha kompyuter dasturlari
hujjatlar saqlanadigan seyfdan iborat bo‘ladi. 


 Psixologik maslahat markazini tashkil etish sabablari quyidagilar bo‘lishi 
mumkin: 
1) Aholining turmush darajasini ( ish o‘rinlari qisqaruvi, ishdan ozod 
etishlar, oylik maoshini o‘z vaqtida bermaslik) tushirishga olib keluvchi 
turg‘unsizlik; 
2) Biron-bir alohida tarmoq yoki ishlab chiqarish tizimidagi davomli va 
davriy asabiy holatlarning o‘sishi; 
3) Kasbiy xususiyatlar tarkibini tashkil etilishiga qaratilgan yuqori 
psixogenli faktor ( pedagoglar, shifokorlar, psixologlar); 
Maslahatni tashkil etish maqsadi – ishlab chiqarish, kasbiy sohadagi 
vakillardagi psixologik tanglik darajasini pasaytirib borish va psiholo-gik 
muammolarni yechishda yordam ko‘rsatish orqali psixosomatik holatlarni oldini 
olish bo‘yicha profilaktik ishlarni tashkil etishdan iborat. 
Ikki asosiy holatda yangi maslahat markazi tarkib topadi: 
1)
Psixologik yordam ko‘rsatish zaruriyatiga qaratilgan sabab bor, 
psixologik maslahatga esa – yo‘q; 
2)
Mavjud psixologik maslahatlarga nisbatan mijozlar soni ko‘pligi 
darajasining yuqoriligi. 
Albatta, ikkinchi holat bo‘yicha yangi maslahat markazlarini yaratish shart 
emas, chunki mavjud tashkilotdagi maslahatchining vazifalari va muta-xassisligini 
takomillashtirishda qayta taqsimlash mehnat samarasini imkoniyatini berishi 
mumkin. 
Bunday holatda vazifalarning qayta taqsimoti mutaxassis psixolog-larning 
ikki sohadagi funksional vazifalarini bo‘linishiga olib keladi: Psixodiagnostika, 
psixologik maslahat. Mutaxassisilikni takomillash-tirish-bu psixologik yordam ( 
shaxsiy, intim, oilaviy, psixologik-pedago-gik, ishchanlik ) sohasidagi 
maslahatchilar o‘rtasidagi taqsimotdir. 

Download 82.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling