3-Mavzu. Matematik analizga kirish


Funksiya grafigiga o’tkazilgan urinma va normal tenglamalari


Download 1.72 Mb.
bet22/55
Sana05.01.2022
Hajmi1.72 Mb.
#210242
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   55
Bog'liq
3-Mavzu

Funksiya grafigiga o’tkazilgan urinma va normal tenglamalari

Faraz qilaylik y=f(x) funksiya x0 nuqtada hosilaga ega, M(x0;f(x0)) funksiya grafigiga tegishli nuqta bo‘lsin. Funksiya grafigiga berilgan nuqtada o‘tkazilgan urinma tenglamasini tuzaylik.

Bu tenglamani y=kx+b ko‘rinishda izlaymiz. Izlanayotgan to‘g‘ri chiziq M(x0;f(x0)) nuqtadan o‘tishi ma’lum, shu sababli f(x0)= kx0+b tenglik o‘rinli. Bundan b=f(x0)-kx0 ekanligini topamiz. Demak, urinma tenglamasini y=kx+ f(x0)- kx0 yoki y= f(x0)+k(x- x0) ko‘rinishga ega bo‘ladi. Agar urinmaning k burchak koeffitsienti hosilaning x0 nuqtadagi qiymatiga tengligini e’tiborga olsak, y=f(x) funksiya grafigiga M(x0;f(x0)) nuqtasida o‘tkazilgan urinma tenglamasi quyidagicha bo‘ladi:

y= f(x0)+f’(x0)(x-x0) (1)

Ma’lumki, agar kurinma0 bo‘lsa, urinma va normalning burchak koeffitsientlari perpendikulyarlik sharti knormalkurinma=-1 bilan bog‘langan bo‘ladi. Bundan y=f(x) funksiya grafigiga M(x0;f(x0)) nuqtasida o‘tkazilgan normal tenglamasini



y= f(x0)-(x-x0) (2)

keltirib chiqarish mumkin.




Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling