Ish haqi tizimi. Ish haqi Yaponiyada 1 navbatda mehnat staji tizimiga qarab aniqlanadi. Yuqori ishdagi ishchilar ishga layoqatliligi yoki oʻz majburiyatlarini bajarmaganligiga qaramasdan, yuqori darajadagi ish haqi oladi. Statistikaga muvofiq 13,8 % kompaniyalarda 2000 yilda ish haqi mehnat va layoqatiga qarab aniqlanardi. Mehnat natijalari va mehnat stajini aniqlash asosida ish haqini toʻlash 80,6 % korporatsiyalarda tashkil etiladi. Yaponiyada ish haqini toʻlash oylik ish haqi va 1 yilda 2 marta bonuslarni toʻlashdan iborat. Ish haqi tizimi. Ish haqi Yaponiyada 1 navbatda mehnat staji tizimiga qarab aniqlanadi. Yuqori ishdagi ishchilar ishga layoqatliligi yoki oʻz majburiyatlarini bajarmaganligiga qaramasdan, yuqori darajadagi ish haqi oladi. Statistikaga muvofiq 13,8 % kompaniyalarda 2000 yilda ish haqi mehnat va layoqatiga qarab aniqlanardi. Mehnat natijalari va mehnat stajini aniqlash asosida ish haqini toʻlash 80,6 % korporatsiyalarda tashkil etiladi. Yaponiyada ish haqini toʻlash oylik ish haqi va 1 yilda 2 marta bonuslarni toʻlashdan iborat. Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda yapon iqtisodiyotining asosiy omili kadrlar tayyorlash tizimi deyish mumkin. Uning asosiy xususiyatlari firma ichida oʻqitishdir. Firma ichida oʻqitish tizimining muvaffaqiyatini quyidagi sabablar bilan izoxlash mumkin: 1. Yaponlarning maktabda oladigan fundamental bilimlarga asoslangan yuqori ta’lim darajasi. 2. Zarur boʻlganda korxonalarning kadrlarni “korxona ichida tayyorlash” an’anaviy amaliyoti. 3. Ish vaqtida oʻqitish (IVOʻ)ning tarbiyaviy ta’sirini oshiruvchi kadrlarni boshqarish tizimi. 4. Firma ichida oʻqitishni rivojlantirishga qaratilgan davlat siyosati.
Do'stlaringiz bilan baham: |